Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
40
library.ziyonet.uz/
nnsonni anglatadi.
10. Jaloliddin Rumiy (1207—1273)—shoir va mutafakknr. Ismi Muhammad, laqabi
Jaloliddin. Jaloliddin Rumiyning otasi Bahouddin Valad Chingizxon yurishi arafasida
Balxdin Nishopurga koʻchadi va shoir Shom, Halab va Arzanjonda ilohiyot, fiqh,
riyoziyot (matematikaga oid fanlar), tarix va boshqa ilmlarni oʻrganadi. Davrning
mashhur shayxlaridan Burhoniddin qoshida 1232 yildan sufiylik tariqati va shariatdan
tahsil oladi. Quniyada esa Shams Tabriziy bilan uchrashadi va uni ma’naviy ustoz deb
tanlaydi. Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» nomli asari uni dunyoga mashhur
qiladi. Unda ilohiyot, falsafa, tasavvufga oid masalalar oʻz aksini topgandir. 6 mustaqil
daftardan iborat bu asarda koʻplab rivoyatlaru hikoyatlar, masalu latifalar oʻrin olgan.
11. Tarj.: Tabrizda bir Sayyidzoda bor edi.
12. Tarj.: Fe’l, sifat, zot va ismlaring bilan hamma yashirin va oshkor narsalarning asli
oʻzingsan.
13. Jorubkash—masjid, madrasa, xonaqo va mozorni supuruvchi xizmatkor. Navoiy bu
yerda Jom viloyatidagi Xarjurd degan joydagi mozorda dafn etilganlarga, jumladan
Qosim Anvorga oʻz hurmati va e’tiqodini nzhor etadi.
14. Xamsa va salosina va samona mia — arabcha: 835 y.ni anglatadi. Milodiy hisobda
1431—32 y. ga toʻgri keladi.
15. Mir Qosim Anvor koʻzda tutilat.
16. Imom Ali Muso ar-Rizo — Ali Ibni Muso, laqabi Ali Rizo. Islom aqidalariga koʻra
sakkizinchi imom. U avval Madinada yashagan, 816 y. da Xalif Al-Ma’mun tomonidan
Xurosonga keltirilgan va 817 y. da Marvda 33 ming odam qatnashgan yigʻinda valiahd
deb e’lon qilingan. Imom Rizoning nomi Ma’mun nomidan keyin tangalarda zarb etila
boshlagan. Ma’mun hatto unga oʻz qizi Xabibani beradi. Ali Rizo Eronda qadimgi Tus
shahri yaqinidagi Nukon degan qishloqda toʻsatdan vafot etadi. Ma’mun uni gʻoyat katta
dabdaba bilan Sanobod degan Xorun ar-Rashid maqbarasi joylashgan bogʻda dafn qiladi.
Keyinchalik bu yerda Mashhad shahri paydo boʻladi. Hozir Mashhaddagi Imom Rizoning
hashamatli maqbarasi musulmonlarning ziyoratgohidir. Navoiy vazirlik davrida Imom
Rizo maqbarasining janubiy qismida goʻzal bir ayvon qurdirgan va undagi ustunlarning
biriga Husayn Boyqaro nomini oʻydirgan. Bu yerda shoir Mir Maxdumning otasi
Makkadan Mashhadga Ali Rizo maqbarasi ziyoratiga kelganli bayon etiladi.
17. «Man xadima xudima» — arabcha: kim birovga xizmat qilsa, unga ham kimdir
xizmat qiladi, demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |