Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
36
library.ziyonet.uz/
aning uchun deb erkin? Faqir taajjub qildim, ammo lutfi yoʻq erdiki, ul gʻarib yigitkim,
bu she’rni oʻtkarib erdi, degaymenkim, — bu baytni men aytibmen. Chun iqror
qilmadim. Mubolagʻa bila soʻruldi, ul hazratqa chun ravshan boʻlub erdi, inkor qila
olmadim. Dedimkim, muborak xotirgʻakim, mavridi fuyuzi gʻaybiydur, chun zohirdur ne
nav’ tongʻaymen. Bagʻoyat munbasit boʻlub, hukm boʻldikim, Qabuliyni topib
keltursunlarkim, bu bobda aning bila mutoyaba qilali. Filhol ani topib Oliy majlisda hozir
qildilar. Hazrat julus hukmi buyurub, iltifot zohir qilib, she’rini tahsin qildilar. Faqir
mutaraddidkim, ta’rif bunyod boʻldi, anga ajab sharmandaligʻ boʻlgʻusidur va faqirgʻa
andin ortugʻroq. Ul bobda hech soʻz demadilar. Muddate oʻlturdi va soʻz oʻzga taraflar
tushti, to ulki, majlis nihoyatqa yetti va el tarqaldilar. Oz kishi mahramlardin qoldi.
Navvobdin biri arz qildikim, Qabuliyni kelturdilar va ul bayt bobida aning bila mutoyaba
qilmadilar, hamonoki unutuldi. Hazrat buyurdilarkim, unutulmadi, ammo ul soʻz zikrida
anga uyat boʻlur erdi, tilamadukki, gʻarib yigit majlisda el arosida uyatligʻ boʻlgʻay, ul
sababdin aning she’ri va ul bayt bobida soʻz deyilmadi. Bu faqir yer oʻpub arz qildimkim,
bu rahm yolgʻuz anga voqe’ boʻlmadikim, manga dagʻi boʻldi.
Subhonolloh! Ofarin ul sone’gʻakim, bir sohib davlatqa muncha husni xulq va kamoli
fazl va baland idrok va tab’ va zehni pok karomat qilibdurki, bu afsonalarni yasab,
birovga bogʻlasalar, eshitgan kishi inona olmagʻay, balki ja’liydur deb, aytquchining
takallumigʻa quloq solmagʻay.
Bu Sultoni Sohibqironning eramoyin suhbatlarida va firdavstazyin xilvatlarida bu nav’
gʻarib latoyif va ajib zaroyif har lahza mutaoqib va mutavotir va har lahza mutazoid va
mutakosir zohir boʻlur, to sipehr shabistonining sham’i zarrin lagani badri munir boʻlgʻay
va aflok shahristonining mash’ali anjumani mehri olamgir oʻlgʻan, bu adolat avjining
toʻlun oyigʻa kamlik yuzlanmasun va bu saltanat-burjining xurshidi olamoroyi kamol
darajasidik aylanmasun!
Ul humoyun tab’ning bu nav’ diqqatsozligʻ va nuktapardozligʻlarini sipehr dabiri yillar
bitisa tamom etmas va xiradi xurdadon xush taqriri qarilar aytsa itmomigʻa yetmas. Avlo
ulkim, ixtisor bila tamom qililgʻay va duo bila ixtitom berilgʻay:
Yo rab, bu zamona shahlarining shohi,
Kim, koʻngli erur sirri nihon ogohi,
Bergil anga avj mohdin to mohi,
Balkim neki bor esa aning dilxohi.
Koʻk arsasi bazmgohi oʻlsun, yo rab,
Kun shamsasi chatri johi oʻlsun, yo rab,
Kavkab adadi sipohi oʻlsun, yo rab,
Do'stlaringiz bilan baham: |