Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
55
library.ziyonet.uz/
8. Maklubi mustaviy —she’riy san’at. Biror jumla yoki biror misra’ she’rni oʻngdan ham,
chapdan ham bir xil oʻqiladigan qilib tuziladi. Xoja Fazlulloh Abullays.
10. Murod dorom (murodim bor) va — baroyad yorab (Iloho yetilgusi) soʻzlari har ikki
tarafdan bir xil oʻqiladi.
11. Abu Hanifa (815—895) — adib va tarixchi, jugʻrofiya, ilmi nujum, riyoziyot va
tabiat fanlarining puxta bilimdoni boʻlgan. «Kitob ush-she’r va ash-shuaro» (She’r va
shoirlar haqida kitob), «Kitob ul-fasohat» (Chiroyli uslub haqida kitob) kabi asarlari
adabiyot ilmida noyob sanalgan.
12. Ibn Hojib — Jamoliddin Abu Amr Usmon Ibn Umar ibn Hojib (1175—1249) arab tili
boʻyicha mashhur olim. Uning nahv— sintaksisga bagʻishlangan «Al-qofiya» va
marfologiyaga oid «Al-shofiya» darsliklari asrlar mobaynida madrasalarda asosiy
qoʻllanma boʻlgan.
13. Sayid Sharif — Ali ibn Muhammad as-Sayyid ash-Sharif al-Jurjoniy (tugʻ. 1339,
Astrobod — vaf. 1413, Sheroz) Sheroz madrasasida va Samarqandda mudarrislik qilgan.
Falsafa, ilmi nujum va fiqhga oid asarlarga sharhlar yozgan. Uning atamalar lugʻati va
she’riyat sirlariga oid asarlari keng tarqalgan.
14. Tarj.: Sening sarv kabi qadding mening uchun jondir, balki ravondir. Ey sarv, men
tomonga ravon boʻl, senga jonimni fido aylay.
15. Muhammad Tabodgoniy — mashhur shayxlardan. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»
asarida bu shayxning fazilatlari haqida yozadi va asarlarini sanab oʻtadi. («Majolisda»
berilganlardan tashqari «Asmoulloh» (Ollohning ismlari), «Tazkirat ul-habib» (Doʻstning
tazkirasi) va «Vasoyo» (Vasiyatlar), zikr bobida «Arba’in» (Qirq) va faqr va suluk
(xudoga yaqinlashish yoʻli) yana bir «Arba’in»). Navoiy oʻziga Muhammad
Tabodgoniyning alohida iltifoti boʻlganligini e’tirof qiladi. Shayx 891/1482—83 y.da
Hirotdagi Chilgaziy mahallasida vafot etgan. jumlasi bilan uning vafotiga ta’rix
tushirilgan ekan. Abjad hisobida undagi harflar yigʻindisidan 891 raqami kelib chiqadi.
Shayx 87 yoshda vafot etgan ekan, demak u 804 (1401—1402) y. da tavallud topgan.
16. Shayx Zayniddin (Abu Bakr) mashhur shayxlardan, ilohiyot ilmida dong taratgan.
Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da yozishicha, Mashhad ziyorati Tusdagi muqaddas
mozorlar tavofiga musharraf boʻlgan, 791 (1388—89) yilda vafot etgan.
17. Hoja Abdulloh Ansoriy — Abu Ismoil Abdulloh ibni Abu Mansur Muhammad (tugʻ.
1006, Hirot, Quhandiji — vaf. 1088 Hirot, Kozurgoh). Shoir, olim, tasavvuf
nazariyotchisi, faqih. «Piri Hirot» laqabi bilan ham mashhur. Balx, Nishopur, Tus,
Bistomda yashagan. «Ilohiynoma» (Munojot» ham deb ataladi), «Ganjnoma», «Sad
Do'stlaringiz bilan baham: |