Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
49
library.ziyonet.uz/
73. Tarj.: Oʻlgan pashsha(lar) oshim yuzidagi qayla; tirik bit(lar) nonim ustidagi kunjutlar
edi.
74. Tarj.: Pokiza xilqatli podshoh madhida Siymiy bir kunda ikki ming bayt aytdi va
yozdi.
75. Tarj.: Nozik ma’nodan xoli she’r butun umr boʻyi bir qoralik boʻlib qoladi (yoki bir
qoralama boʻlib qoladi).
76. Boysungʻur Mirzo (tugʻ. 1397, Hirot — vaf. 1434, oʻsha shahar) Temurning nabirasi,
Shohruxning oʻgʻli. Avval Mozandaron, Astrobod va Joʻrjon hokimi, keyin otasining
vaziri boʻlgan. Boysungʻur Mirzo gʻoyat ma’rifatdoʻst shaxs boʻlib, Hirotda juda boy
kitobxona tashkil qilib, kotibu musavvirlar, naqqoshu sahhoflarni, zarkor ustalarni yigʻib,
ijodlariga madad bergan. Boysungʻur Mirzoning tashabbusi va ishtiroki bilan Hirotdagi
kitobat san’ati ahllari va matnshunos olimlar Firdavsiy «Shohnoma»sining 40 ta
qoʻlyozma asosidagi mukammal matnini yaratganlar va uni goʻzal nasta’liq xatida
koʻchirib, nafis miniatyuralar, naqqoshlik lavhalari bilan bezaganlar. Hozirgi kunda bu
moʻ’tabar va nodir qoʻlyozma Tehronda, «Koxi Guliston» muzeyi fondida Navoiyning
tabarruk dastxati («Navodir un-nihoya» matni) bilan bir yerda saqlanadi.
77. Tarj.: Quyosh kabi yuzingdan agar parda koʻtarsang, mushtariy (sotib oluvchi,
xaridor ma’nosini ham anglatadi) sayyorasi jonu dil bilan xaridoring boʻladi.
78. Tarj.: Ey soqiy, mayga shu qadar gʻarq boʻldimki, agar tuprogʻimdan biror gul unib
chiqsa, undan may tomib turadi.
79. Tarj.: Samo shipidagi oltinsuvoq quyosh gʻishti Sulton Ali Muso Rizo maqbarasining
farshi (maqbarasiga yotqizish) uchundir.
80. Tarj.: Evoh! La’l (qip-qizil) labingning shirinligi mening abadiy hayotimdir; Labni
tishlab, mening jonimdan, nima istaysan?!
81. Tarj.: Goʻzallar, xudo uchun men bilan boʻling; Xudoni bilaman (aynan: menda xudo
bor), keyin sizlarni.
82. Bobo Savdoiy — «Majolis un-nafois» tarjimoni Faxriy Hirotiy bu shoirning vafot
etgan yilini 853 (1450—51) deb koʻrsatadi. Navoiy yozishicha, shoir 80 dan oʻtganda
vafot etgan boʻlsa, taxmin 773 (1372—1374) yillarda tugʻilgan boʻladi. Ikkinchi tarjimon
Muhammad Qazviniy esa shoirning Boysungʻur Mirzo bilan qilgan ajonib hazl-
mutoyibalarini keltiradi: Kunlarning birida tomda ikkovlari suhbatlashib oʻtirgan ekanlar,
Mirzo soʻrabdi: Agar meni sevsang shu tomdan oʻzingni pastga tashla. Bobo Savdoiy
darhol turib, tezlik bilan tom chetiga qarab yuguribdi va yetgach toʻxtabdi va debdi: Men
Do'stlaringiz bilan baham: |