Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети


Mavzu: Kirish: FAN TUShUNChASI



Download 1,27 Mb.
bet94/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

1 Mavzu: Kirish: FAN TUShUNChASI.
Reja:

  1. Fan tushunchasi.

  2. Fan tarixi kursining predmeti va asosiy vazifalari.

  3. Fanning vujudga kelishi va fan rivojining tarixiy shart- sharoitlari hamda bosqichlari.

  4. Fan aspektlari.



Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish.
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar


Tayanch iboralari:

Fan, texnika, taraqqiyot, sivilizasiya, malaka, tajriba, ixtiro, ilk sivilizasiya markazlari, Misr, Mesopatamiya, fanning to’rt bosqichi, fan aspektlari: institut, metod, bilimlarni to’plash, taraqqiyot faktori, olam va odam o’rtasidagi faktor, jamiyat va fan.




Дарснинг хронологик харитаси – 80 минут
Ўқитувчи дарс давомида қуйидаги ишларни бажаради
- Ташкилий қисм: хонанинг тайёгарлиги, жиҳозланиши, санитария ҳолати, талабаларининг давомати – 2 минут
- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут

O’zbekiston xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadini qo’ygan va bu yo’lda dastlabki, lekin juda muhim qadamlar qo’yayotgan jarayonda fanga bo’lgan e’tibor kundan kunga ortmoqda. Negaki dunyoning bugungi rivoji shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy qudratda emas, balki intellektual salohiyatda, fikrda, aqlda, fan va ilg’or texnologiyalardadir. Chunki fan va texnika olga siljigan sayin beto’xtov yangilanib boradigan jarayondir. Shu borada Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan lutf etilgan: “Kuch - bilim va tafakkurda hamda uning rivojida” degan hikmat aynan bugun va ertangi kun uchun aytilgandir.


Yurtboshimiz I.A.Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida fan to’g’risida shunday degan edilar:
“Umuman men fanni ilg’or, taraqqiyot, progress degan so’zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotining olg’a siljituvchi kuchi, vositasi bo’lmog’i lozim.” (“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.” Muloqot jurnali, 1998 y 3 sentyabr).
Darhaqiqat jamiyat taraqqiyotining asosiy faktori bu - fan hisoblanadi. Iqtisodi rivojlangan, demokratik jamiyat qurishning yangi strategiyasi - bu fanning ham mazkur tizimda tutgan o’rni va rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish zaruratini ilgari suradi. Ana shu zaruriyat bugungi xalqimiz oldida turgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun kerakli ilmiy xulosalar chiqarish uchun fan va texnikaga, uning vujudga kelish tarixini o’rganishga, uning rivojlanish bosqichlari, jamiyat taraqqiyotida roli va ahamiyatini o’rganishga bo’lgan talab va ehtiyojning oshib borishiga sabab bo’lmoqda.
Biz o’rganayotgan “Fan tarixi” predmetining maqsad va vazifalari ham O’zbekistonning bugungi salohiyati va iqtisodini yanada takomillashtirish, el-yurtimiz omonligi, faravonligi va baxtli kelajagini yaratish uchun zarur bo’lgan ilmiy xulosalar chiqarish yuzasidan xizmat qilmogi lozim.
Shunday qilib jamiyat taraqqiyotining asosiy faktori bo’lgan fan va uning rivojlanishi har doim konkret-tarixiy sharoitlar jarayoni bilan bog’liq. Bu tarixiy sharoitlar jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish usullari bilan aniqlanadi.
Fan oldidagi vazifalar, fanga bo’lgan munosabat va sharoitlarning barchasi jamiyat taraqqiyotining bosqichlari, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan, bog’liqdir. Chunki tarixda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari erishgan darajaga javob bermasligi natijasida fanning rivojiga va uning yutuqlarini jamiyatda qo’llashga bo’lgan to’sqinlik holatlari juda ko’p uchraydi. Shuning uchun fanning rivojlanishi insoniyat tarixida juda notekisdir. Fanning eng tez rivojlangan bosqichlari hatto ayrim holatlarda turg’unlik va tushkinlik bosqichlari bilan almashilgan. Ammo jamiyat hayotida fanning ahamiyati va unga bo’lgan e’tibor umuman olganda doimiy o’sib borgan. Chunki insoniyatning butun kelajakka bo’lgan umidi fan progressi jarayoni bilan bog’liqdir.
Biroq har qanday ilmiy taraqqiyot jarayoni jamiyat nazorati ostida bo’lishi kerak. Fanni boshqarish kerak. xuddi shuning uchun ham bugun fan taraqqiyoti nazariyasini qurish vazifasi o’ta muhimdir. Fanni boshqarish va uni tashkil qilish uchun amaliy tavsiyanoma bo’lgan umumiy fan nazariyasini yaratish kerak. Shuning uchun ham hozirgi kunda fan tarixi va uning rivojlanishi predmetining maxsus fan sifatidagi aktualligi oshib bormoqda.
Qadimgi dunyoning eng yirik ilmiy markazlari bo’lib Misr, Mesopatomiya, Hindiston, Xitoy so’ngra Yunoniston va Rim hisoblanadi. Biroq «Fan tarixi»ning o’zi hozirgi kunda o’z tarixiga ega. Uning mustaqil ilmiy fan sifatida tan olinishi 1892 yilda bo’lib o’tdi, chunki shu yili Fransiyada «Fan tarixi» bo’yicha birinchi maxsus kafedra ochildi. Hozirgi kunda dunyoda 100dan ortiq shunga o’xshash kafedralar, 40 dan ortiq ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy jamiyatlar mavjud. Fan tarixi bo’yicha shug’ullanayotgan olim soni ham doimiy o’sib bormoqda.
Fan tarixi yana o’zining ilk tarixiga, ya’ni vujudga kelishi tarixiga ham ega. Chunki insoniyat tarixi bizdan ancha uzoq bo’lgan o’tmishga borib taqaladi. Inson hayvonat dunyosidan ajralib chiqqan vaqtlardanoq tabiatning tayyor mahsulotlarini, ya’ni yesa bo’ladigan boshoqlar, o’simliklarning barglari va ildiz-mevalarini o’zlashtirish uchun turli usullardan, qurollardan foydalanganlar. Bu esa ibtidoiy odamlarni yaxshi yashash uchun kurash zaruriyatidan kelib chiqqan holda tabiatni, atrof-muhitni kuzatish, o’rganish va shundan xulosa chiqarishga majbur qilardi. Toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan mehnat qurollarini takomillashtirish, ov va termachilik usullarini o’rganish, bir so’z bilan aytganda – o’z imkoniyati darajasidagi barcha ishlar bilan shug’ullanish jarayoni insoniyat tarixining ancha keyingi bosqichlarida fan va texnika degan buyuk nomni oldi.
Arxeologik davriy tizimda insoniyat tarixining dastlabki bosqichi bo’lgan «tosh asri» ancha uzoq davrni, ya’ni bundan 3-2 mln yillar avval boshlanib to eramizdan avvalgi 4-3 ming yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ana shu davr ichida ibtidoiy odam tabiatning tayyor mahsulotlarini o’zlashtirish, mehnat qurollarini va olovni, ovchilik va termachilikni, o’q-yoyni, qoya toshlarga rasm chizish va ayollar statuetkalarini yasashni, dehqonchilik va chorvachilik, kulolchilik va kemachilik kabi buyuk kashfiyotlarni amalga oshirdi.
Inson hayotidagi har qaysi yangi qadam o’tmishdoshlarimizdan yanada ko’proq tajribani, malakani va bilimlarni talab qilardi. Shunday qilib asta-sekin malaka va bilimlar yig’indisi to’planib borgan va avloddan-avlodga o’tgan.
Eramizdan avvalgi 3-1 ming yilliklarni o’z ichiga olgan «bronza asri»ga kelib dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlandi. Bu orada toshga nisbatan ancha mustahkam bo’lgan bronzadan yangi mehnat qurollari motiga, plug, g’ildirak va boshqalar kashf qilindi. Faqat ovchilik hisobiga kun ko’ruvchilar uchun xo’jalikning bu turiga bo’lgan ehtiyoj qisqarib, hayotiy zaruriyatning yanada ishonchliroq bo’lgan manbai, ya’ni qishloq xo’jaligi vujudga keldi. Bu davrda Misr, Mesopatamiya va O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik vujudga keldi.
Faqat g’ildirak kashf etilishining o’zigina sivilizasiya rivojining muhim dvigateli bo’ldi. Chunki g’ildirakning keng qo’llanilishi suv tegirmoni, chig’ir, charxpalaklarning va ularda qo’llaniladigan gidravlik dvigatellar va richaglarnin kashf etilishiga olib keldi.
Birinchi sivilizasiya markazlaridan biri bu Misr hisoblanadi. Misrda dastlabki primitiv kema va qayiqlar qurish oqibatida keyinchalik yanada tez va ishonchli bo’lgan (parusli) yelkanli kemalar kashf qilingan. Parusning kashf etilishi shamol energiyasidan foydalanishda birinchi qadam bo’ldi. Keyinchalik shamol tegirmonlari kashf etildi.
Dastlabki sivilizasiya markazlarida shaharlar, saroylar, xramlar va ulkan piramidalar qurilgan. Biz hali ham o’sha davr fan va san’atining bu me’moriy obidalariga hayratlanib qaraymiz.
Dj. Bernalning ta’kidlashicha ilk sivilizasiyalar texnika sohasida katta progressga erishganlar. Masalan: bundan 5 ming yillar ilgari yasalgan ayrim buyumlar o’zining daslabki ko’rinishini deyarli o’zgartirmaganlar. Bizning stol va stullarimiz – deydi Bernal – o’zining o’sha misr hunarmadlari birinchi bor yasagan dastlabki ko’rinishini o’zgartirmagan. Masalan: kreslo bundan 4500 yil avval ( er.avv. 2500yil) yasalganligi ma’lum. Biz hali ham o’sha ilk sivilizasiya davrida ishlatilgan tarelkalarga o’xshash shakldagi tarelkalardan foydalanamiz. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. (Bernal . Dj. Nauka istorii obshestva. Moskva, 1956 g. s 81- 82).
Shunday qilib dastlabki sivilizasiyalarning gullab-yashnagan davrlaridanoq fanning ahamiyati muhim o’rin tutgan. Shuning uchun biz fan tarixini o’rganishda insoniyat tarixini uning eng ilk davrlaridan boshlab kuzatib, o’rganib chiqishimiz kerak. bu esa fan tarixi bilan birgalikda butun sosial—iqtisodiy tarixni ham o’rganishni taqozo etadi.
Chunki «FAN» (science) so’zi insoniyat tarixining butun evolyusiyasi davomida juda ko'p o’zgarishlarni o’z boshidan kechirdi.
Fan tarixi – bu texnika, fan va falsafa o’rtasidagi har tomonlama o’zaro bog’liqlik yig’indisidir. Bir tomondan tartibga olingan texnika yig’indisi bo’lsa, ikkinchi tomondan rasionalllashgan mifologiyadir. Chunki fan hunarmandlar tajribasi va kohinlar targ’iboti asosida vujudga kelib yozuv paydo bo’lganga qadar uzoq vaqtlar davomida jamiyatda faoliyat ko’rsatdi. Bernal aytganidek – fan yozuv paydo bo’lgach va undan keyingi yillarda ham ko’proq yuqori tabaqa uchun, ruhoniylar va savdogarlar uchun xizmat qildi.
Faqat keyingi uch yuz yillikda fan o’z huquqiga, adabiyotiga va tashkilotiga ega bo’lgan mustahkam professiya sifatida qaror topdi. Biz yuqorida aytganimizdek, yuqori templarda rivojlangan sivilizasiyalar uzoq davom etgan turg’unlik va tushkunlik holatlari bilan almashganlar. Vaqt davomida ilmiy faoliyat markazlari ko’chib turgan yoki savdo-sanoat markazlari kayerda rivojlansa, fan o’sha joyda rivojlangan. Misol tariqasida «Buyuk geografik kashfiyotlar» tufayli Sharq sivilizasiyasining Yevropaga ko’chishini keltirishimiz mumkin.
Bobil, Misr va Hindiston qadimgi dunyo fanining markazlari edi. Yunoniston esa bu markazlarning merosxo’ri bo’ldi. Shuni ta’kidlash joizki, ya’ni xuddi shu Yunonistonning o’zida birinchi marta fan uchun rasional bazis ishlab chiqildi. Rimda fanga kam e’tibor berilardi. Meros keyinchalik Yunonistondan yana o’sha Sharqqa qaytib, Suriyada, Forsda, Bog’dodda va Hinditonda, O’rta Osiyoda, shuningdek uzoq Xitoyda ham yangi fan markazlari shakllandi. Va faqat shu yerlardan – deb yozadi Dj.Bernal fan va texnika O’rta asrlar Yevropasiga kirib keldi. Bu yerda fan o’zining dastlabki kuchsiz va sekin, keyinchalik buyuk faollik bilan rivojlanib hozirgi zamon fani vujudga keldi.
Uyg’onish davrida fan rivojining to’rt asosiy bosqichga bo’lish mumkin:
Birinchi bosqich: - ilmiy markazlar Italiyada jamlandi. Leonar da Vinchi, Vezamey va Kopernik olimlar yetishib chiqib, bu davrda antik davr olimlarining odam va olam haqidagi doktrinalari tanqidiy o’rganilib, mexanika, anatomiya va astronomiya fanlari vujudga keldi.
Ikkinchi bosqich: - ilmiy markazlar Nederlandiya, Fransiya va Angliyaga o’tib, bu davr olimlari Bekon, Galiley, Dekart va Nyutonlar olamning yangi matematika-mexanik modelini yaratdilar.
Uchinchi bosqich: - biroz tanaffuzdan so’ng ilmiy markazlar sanoat Angliyasida va inqilobiy Parijda jamlana boshlandi. Bu davrda elektr sohasida bir qator eksprimentlar, tajribalar o’tkazildi, qaysikim yunon olimlari bu sohaga e’tibor berishmagandilar. Xuddi shu davrda elektr yordamida ishlab chiqarish va transport sohasida katta o’zgarishlar qilindi.
To’rtinchi va eng muhim bosqich – bizni davrimizda bo’lib o’tgan fan inqilobi bo’lib, bu davrda jahon fani vujudga keldi va u inson hayotining barcha jabhalariga kirib bordi. Shu bilan birga bu davr fani bevosita dahshatli urush girdobini keltirib chiqaruvchi sohalarga ham xizmat qilmoqda.
Qadimgi Yunonistonda fan quldorlik tuzumining tovar-pul xo’jaligi shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy hayotini aks ettirdi. O’rta asrlarda fan feodalizm natural ekonomikasining rivoji va tushkunlik holatlarini aks ettirib, bu davrda fan yutuqlaridan kam foydalanildi.
Faqat feodal munosabatlar yemirilib, kapitalistik ishlab chiqarishning vujudga kelishi bilan fan rivoji uchun keng imkoniyatlar ochildi va bu rivojlanish yuqorida aytganimizdek hozirgi zamon fanini vujudga keltirdi.
Shunday qilib, «Fan nima, uning maqsadi va ahamiyati qanday?» degan savolga turli davrlarda turlicha javob berib kelingan.
Insoniyat faoliyatining mahsuli bo’lgan fan – o’zgaruvchandir: Sivilizasiyalar arafasida fan faqat hunarmandlar, oshpazlar, kohinlar, temirchilar faoliyatining ayrim jihatlarini aks ettirib kelgan. Faqat XVII asrga kelibgina fan o’zining mustaqil faoliyatiga ega bo’la boshladi. (Dj.Bernal «Aspekti nauki» – 18 str.).
Fan o’z taraqqiyoti davomida ijtimoiy hayotning barcha tarmoqlariga kirib borgan. Shuning uchun ham hozirgi zamon fanining bir qancha asosiy aspektlari mavjud va ular quyidagicha: 1) fan-institut; 2) fan-metod; 3) bilimlarni to’plash an’anasi; 4) ishlab chiqarish rivojining muhim faktori; 5) olam va odam o’rtasidagi munosabatlarning eng muhim faktori;6) jamiyat va fanning o’zaro bog’liqligi.
Fanning institut sifatidagi va ishlab chiqarish faktorlari sifatidagi jihatlari hozirgi zamon bilan bog’liq bo’lsa, uning metod sifatidagi aspekti qadimgi Yunonistonga borib taqaladi.
Fanning bilimlarni to’plash va uzatish aspekti, ya’ni ota-onalarning farzandlarga, ustalarning shogirdlarga to’plagan malakalari va tajribalaridan iborat bilimlarini uzatish fanning eng dastlabki manbalari bo’lib hisoblanadi hamda eng qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Fanning keyingi aspektlari esa albatta jamiyatning juda ko’p qirrali muammolarini qamrab oladi. Shunday qilib fan va texnika sivilizasiyaning yetakchi kuchi va taraqqiyotining qudratli omili bo’lishi bilan birga u doimiy yangilanib boradi. Yangi kashfiyotlar va bilimlarning paydo bo’lishi ilgari hech qurilmagan sur’atlarda yuzaga chiqaveradi.
Fan va texnikaning jadallashib borayotgan rivojlanish jarayoni ilmiy – texnika, to’g’rirogi, ilmiy – texnologiya inqilobi (ITI) nomini oldi.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish