Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети


- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут



Download 1,27 Mb.
bet96/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут

Mesopotamiya madaniyati qadimgi zamonda Old Osiyoning hamma xalqlari o’rtasida keng yoyilgan va antik dunyoning madaniy taraqqiyotiga zo’r ta’sir ko’rsatgan. Eng qadimgi Shumer-Akkad zamonidagi, eramizdan avvalgi IV-ming yillik boshlaridagi madaniyatning davomi bo’lgan Bobil madaniyati to’rt ming yil davomida nasldan-naslga o’tib, rivojlanib borgan va nihoyatda gullab-yashnagan. Shumer va Akkad shaharlari hamda Elamning Mesopotamiyaga yondoshgan va Ikki daryo oralig’i bilan šadimdan juda yašin madaniy-tarixiy aloša qilib kelgan oblastlari bu madaniyatning eng qadimgi markazlari bo’lgan.


Yozuvning ixtiro qilinishi shumer xalqining eng katta madaniy yutuqlaridan biri bo’lgan; Shumer yozuvi Uruq davrida, eramizdan avvalgi IV-ming yillikning boshlaridayoq paydo bo’lgan. qadimgi zamondagi boshqa xalqlarning o’ziga alohida yozuv sistemasi paydo bo’lganidek Shumer yozuvi ham dastavval surat yozuv tariqasida vujudga kelgan, bunda ayrim surat belgilar aytilmoqchi bo’lgan so’zni rasm bilan ifoda etgan.
Biroq ko’zga ko’rinadigan narsalar va hodisalarning eng qadimgi belgi-rasmlari yordami bilan bu oddiy surat yozuvda murakkab tasavvurlar va mavhum tushunchalarni tasvirlab bo’lmagan. Shu sababdan mirza bunday so’zlarni ifoda qilish uchun bir qancha turli xil belgilarni bir-biriga qo’shishi kerak bulgan. Masalan, «yig’lash» so’zini yozish uchun «ko’z» hamda «suv»ni bildiradigan belgilarni šo’shib ko’rsatish lozim bo’lgan. «Yomg’ir» suzi «yulduz» (osmon) va «suv» belgilarini bir-biriga qo’shish orqali bildirilgan. «Tug’ish» so’zi odatda «qush» va «tuxum» belgilarini bir-biriga qo’shish bilan ifodalangan. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday yozuv murakkab, qo’pol va noqulay bo’lgan. Tilning murakkablashib borishi hamda juda ko’p xilma-xil so’zlarning va grammatik formalarning paydo bo’lishi yozuv sistemasini soddalashtirishni talab qilgan. Shu munosabat bilan qadimgi surat yozuvga (piktografiyaga) asos bulgan tasviriy prinsip yuqola borib, uning o’rnini so’zning tovush tomoni (fonema)ni yozma belgilar orqali ifoda qilish sistemasi asta-sekin ola borgan.
Turmush sharoitlari, biror hujjatni tez yozish zaruriyati eng qadimgi zamonlardayok, shumeriylarning bu juda qadimgi surat yozuvini soddalashtirishni talab qilgan. Shu sababdan biror narsaning butunicha rasmini chizish urniga uning faqat eng xarakterli qismini chizib, sekin-asta rasmni chiziqli sxemaga aylantira borganlar. Misol uchun «ho’kiz» so’zini, odatda, ho’kiz kallasini tasvirlovchi sodda chiziq /sh rayem •h, bilan ifoda qilganlar. Zamonlar o’tishi bilan belgilar «Blau lavhalari» deb atalgan lavhalardagi qadimgi Shumer yozuvlari sopol lavhalarga alohida usul bilan tushiriladigan bo’l­gan, shu munosabat bilan tez yozish zarurati tug’ilgan va natijada yozuv belgilari yanada ko’proq sxemalashtirilgan hamda mixxat sistemasi ishlab chiqilgan. Belgilar hali qotmagan loy lavhalar ustiga uyib tushirilgan, bu belgilar bora-bora ilgarigi surat shaklini yuqotgan va zamonlar o’tishi bilan vertikal, gorizontal va egri tushirilgan pona mixlar yig’indisidan iborat turli xil formalar tusini olgan.
Bobilliklar Shumer madaniyatining asosiy elementlari bilan birga, shumeriylar mixxatini ham qabul qilganlar, keyin esa Bobil savdosi va madaniyatining keng rivojlanishi tufayli, bu mixxat butun Old Osiyoga yoyilgan- Qadimgi Akkadda, Ossuriyada, Xett davlatida, Urartuda, Suriya va qadimgi Eronda ham mixxatdan foydalanilgan. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalarida mixxat xalqaro diplomatik yozuv sistemasiga aylangan. Hatto Old Osiyo podsholari bilan hamda Suriya va Finikiya knyazlari bilan juda ko’p xat yozishib turgan Misr fir’avnlari va amaldorlari ќam mixxatdan foydalangan.
Filologiya sohasida ba’zi bilimlar orttirish yo’lidagi dastlabki intilishlar ham, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan. Qadimgi Mesopotamiyada tillari butunlay boshqa-boshqa bo’lgan va o’zaro doim aloqa qilib turgan shumeriylar bilan Akkad semitlaridan iborat ikki šabilaning mavjudligi bu tillarni o’rganish uchun turli maktab šo’llanmalari tuzishni talab šilgan. Mixsimon burinli belgilar (sillabarlar)ning ruyxatlari shu maqsad bilan tuzilgan bo’lib, unda bu belgilarni shumer va akkad tillarida qanday o’qitish kerakligi ham kursatilgan. Shumer va akkad tillarida tegishli izohlar berib tuzilgan mixsimon ideogrammalar (butun-butun tushunchalarni ifodalaydigan ma’noli belgilar) ning ro’yxatlari ham shunday ahamiyatga ega bo’lgan. Shu bilan birga, atoqli otlar yozilgan juda ko’p ro’yxatlar, tog’lar va mamlakatlarning nomlari, xudolar va ibodatxonalar, toshlar, o’simliklar, yog’och va teridan yasalgan narsalar va boshqalarning nomlari yozilgan ro’yxatlar xilma-xil sohalarda bilim orttirishga bulgan intilishni ko’rsatadi. Shuningdek bu ruyxatlar oddiy tarzda va ko’pin­cha amaliy suratda sistemaga solishning eng qadimgi boshlang’ich usullarini hamda bularni shumer yoki akkad tilini o’rganish maqsadida ishlatilganligini ko’rsatadi. Xattot (kotib)larning ana shu faqat spravka tariqasidagi qo’llanmalari bilan bir qatorda, maktablarning grammatik mashqlari ham saqlanib qolgan. Bunday grammatik mashqlar qa­dimgi Shumer shahridagi Nippur ibodatxonasining kutubxonasidan topilgan.
Maktablar, Ibodatxonalar qoshidagi maktablar ana shu hamma bilimlarni tarqatadigan markaz bo’lgan. O’sha maktablar xattotlarni kelgusida qiladigan ishlarga tayyorlagan. Hattotlar ayni vaqtda kohin xam bo’lganlar. Bu maktablarda umumiy bilim berish bilan bir qa­torda, birmuncha yuqoriroq maxsus ma’lumot ham berilgan. Umumiy ma’lumot yozuv va til o’rganish, arifmetika, geometriya va astronomiyadan elementar bilim olish shuningdek yulduzlarga qarab fol ochishdan iborat bœlgan. Nihoyat, din, huquq, me­disina va muzikaning turli sohalarini o’rganish maxsus ta’lim sistemasiga kirgan. O’qitish sistemasi juda oddiy bo’lib, o’qituvchi bergan savollarga o’quvchilarning javobi, bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, yozuv mashqlari va yodaki takrorlash bilan cheklangan. Marida o’tkazilgan qazishlar vaktida o’quvchilarga mahsus skameykalar qo’yilgan maktab binosi topilgan edi.
Mesopotamiyada diniy-sehriy dunyoqarashlar chuqur singib ketgan bo’lishiga qaramay, kundalik turmush ehtiyojlari odamlarni tabiat hodisalarining ichki mazmunini obektiv ravishda tushunib olish uchun bu hodisalarni diqqat bilan kuzatib borishga majbur etgan. Buning natijasida abstrakt fikrlashning dastlabki, hali juda oddiy formalari asta-sekin paydo bo’lgan. Odam tabiatdagi bir-biriga o’xshash hodisalarni kuzatar ekan, hali ularni sistemalashtirishga dadil kirisha olmagan, asosan amaliy maqsadlarni ko’zda tutibgina hayvonlar, o’simliklar va toshlarning ro’yxatlarini tuzgan.
Xo’jalik ehtiyojlaridan asta-sekin eng qadimgi fan kurtaklari, xususan matema­tika va astronomiya kurtaklari o’sib chiqqan. Mahsulot va mollarning miqdorini, og’irligini o’lchash, ish kuchlari miqdorini aniqlash, binolar hajmini belgilash, dalalarning er yuzasini hisoblab chiqarish zaruriyati eng qadimgi matema­tik hisoblarning paydo bo’lishiga va bu sohada tegishli bilimlarning to’planishiga hamda arifmetika va geometriyaning tug’ilishiga olib kelgan.
2.Mesopotamiyada yashagan qa­dimgi xalqlarning matematika sohasidagi bilimlarining asosi eng qadimgi shumeriylar zamonida yaratilgan, jumladan asosi 5, 6, 10 sonlari hamda ularning ko’paytmalari 30 va 60 bo’lgan sanoq sistemalari ham o’sha qadimgi shume­riylar zamonida maydonga kelgan. Qo’l panjasiga qarab sanash, ya’ni birdan beshgacha sanash hisoblashning eng oddiy usuli bo’lgan. Birinchi beshta sonning shumeriycha atalishi buni ko’rsatib turadi. 6, 7, 8 va 9 sonlarining nomlari beshni tegishli qo’shimcha songa qo’shish natijasida tuzilgan (6= 1+5; 7 = 2 + 5; 8 = 3 + 5; 9 = 4 + 5). Hisoblashning oltmishlik sistemasi ham shumeriylar davrida yaratilgan, bu sistemaning asosiy birligi 60, 602 = 3600 va 603 = 216000 bul­gan. O’nlik sistemasining kurtaklari shumeriylar davrida, ya’ni 10 ni ifodalovchi alohida suz va mixxat paydo bo’lgandan keyin vujudga kelgan. Akkadda va Osuriyada 100 va 1000 ni ifodalash uchun alohida belgilardan foydalanganlar, bu esa o’nlik sistemasining rivojlanganini ko’rsatadi. Hisoblashning o’nlik va oltmishlik sistemalarining uziga xos usul bilan qo’shilishi 10,600 va 36000 raqamlarini, shuningdek bu raqamlarni ifodalovchi belgilarni ajratish zaruriyatini tug’dirgan. Hisoblashning turli xil sistemala­rining o’ziga xos bir tarzda birga ishlatilishi va kombinasiyalari yilning 360 kunga va doiraning 360 bo’lakka bo’linishida o’z ifodasini topgan. Matematika tekstlari shumeriylar davridayoq matematikaning ancha taraqqiy qilganligini ko’rsatadi. Bu tekstlarda alohida formulalar bilan darajaga ko’tarish, kvadrat va kub ildizlar chiqarish va hatto hajmlarni hisoblash ham tilga olinadi. Progres­siya prinsipi ham ma’lum bo’lgan, deb o’ylash mumkin, 16 ga ortib boradigan arifmetik progressiya va 2 ga kamayib, boradigan geometrik progressiyaning tilga olinishi shu prinsipning mavjud bo’lganligidan darak beradi. Hisoblashlarda kasrlar, ko’pincha surati birga teng bo’lgan kasrlar qo’llanilgan. Ammo 2/3, 5/ye kasrlar, shuningdek 3/6, 4/b va 5/6 kasrlarni belgilash uchun ishlatilgan shumeriycha nomlar ham uchraydi.
180 ming raqamigacha (ko’paytishda) ko’paytirish, qo’shish va olish yuzasidan tayyor jadvallar bo’lganligi bu qadimgi matematikaning sof amaliy xarakterda ekanligini ko’rsa­tib turadi, bu jadvallar arifmetik amallarni tezda hal etishda mirzaga yordam bergan. 2/3 dan 81 gacha bo’luvchilari bo’lgan buluv jadvallari ham saqlanib qolgan. Akkad dav­ridan qolgan dala planlarida er bo’laklarining yuzi aniq o’lchab ko’rsatilganligi geometriya sohasidagi birinchi ma’lumotlar qishloq xo’jaligining rivojlanishi munosabati bilan va er uchastkalarini tez-tez o’lchab turish zaruriyati orqasida paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Egri-bugri bo’lgan dala yuzasini xisoblab chiqarish uchun bu er maydoni bir qator to’g’ri burchaklar, uch burchaklar hamda trapesiyalarga bulingan va har bir shaklning yuzasi alohida o’lchangan va keyin hosil bulgan sonlar quo’ilib, uchastkaning umumiy yuzasi aniqlangan.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish