Дарснинг хронологик харитаси – 80 минут
Ўқитувчи дарс давомида қуйидаги ишларни бажаради
- Ташкилий қисм: хонанинг тайёгарлиги, жиҳозланиши, санитария ҳолати, талабаларининг давомати – 2 минут
- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут
Hind sivilizasiyasi.
Qadimgi Hindiston ham Misr, Mesopotamiya, Xitoy kabi dastlabki sivilizasiya markazlaridan hisoblanadi. Qadimgi Hind madaniyati poydevori ibtidoiy davrlardayoq qurilgan bo’lib, u eramizdan avvalgi III-ming yillikning ikkinchi yarmida, II-ming yillikning birinchi yarmida gullab yashnaydi va eramizdan avvalgi I- ming yillikda eng yuksak darajaga yetadi. Qadimgi Hind madaniyati ko’shni xalqlarning madaniy taraqqiyotiga ham anchagina ta’sir ko’rsatgan.
Arxeologik manbalarga ko’ra Hindistonda bundan 500-300 ming yillar avval yashagan odam qoldiqlari topilgan. Er.av. V-ming yillikning oxiri-IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug’orish asoslangan dehљonchilik markazlarining vujudga kelishi natijasida keyingi ming yillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kelgan. Bulardan eng yiriklari Hind daryosi o’rta oqimida joylashgan Mohinja-Daro va Panjob viloyatida joylashgan Xorappa shahar-davlatlardir. Shimoliy-G’arbiy Hindistondagi bunday shahar-davlatlarning mavjudligi haqidagi eng qadimgi yodgorliklar er.av.III-ming yillikga oiddir.
Hind yozuvining eng qadimgi asarlari Shimoliy Hindistinda urug’lik tuzumining yemirilishi davridan boshlab eng qadimgi quldorlik davlatlarining paydo bo’lganiga qadar ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va juda qadimgi shakllanish jarayonini kuzatib borishga imkon beradi. Moxinjo –Daro va Xoranna shahar harobalaridan topilgan iyeroglif yozuvlar shuni ko’rsatadiki, er.av.III-ming yillikdayoq Hindistonda o’ziga xos ravishda vujudga kelgan su’atli yozuv mavjud bo’lgan.
Kundalik hayotda bo’lgan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi zamonlardayoq tabiatda turli hodisalarni tartibli suratda kuzatib borishga majbur etgan. Tibiyot, astronomiya va matematika sohasidagi dastlabki bilimlar ana shu tariљa vujudga kelgan.
Qadimgi Hindistoning tarixi va madaniyatini o’rganishda qidimgi hindlarnining «Veda» deb ataladigan diniy to’plamlari katta ahmiyatga egadir. Qadimgi Hindistoning bu muqaddas kitoblari er.av.II-ming yillikka iod bo’lib, ular to’rtta katta to’plam (samxita)dan iboratdir; bular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladi. To’rtinchi to’plam,ya’ni Atxarvaveda eng keyin vujudga kelgan bo’lib, keyingi dastlabki uch to’plamga qo’shilib ketgan. Bu to’plamlarning eng љadimiysi Rigveda bo’lib, u xudolarga bag’ishlangan diniy madhiya (gimn)tardan iboratdir. Boshљa to’plamlarda, jumladan Yajurvedada qo’shiqlar va madhiyalar bilan birga, ibodatxonalarda va diniy marosimlarda o’qiladigan duolar, shunindek ichimlik (may) xudosi Som sharafiga o’qiladigan duolar ham uchraydi. Shunday qilib vedalar er.av. II-ming yilik o’rtalarida Shimoliy-G’arbay Hindiston xalљlarining, shunindek bu yerga bostirib kirgan oriy љabilalarning ham ijtimoiy tuzumi, xo’jalik va madaniy hayoti haqida ko’pgina ma’lumotlarni aniqlashga imkon beradi. Vedalar matnlarining ming yilliklar mobaynida bir љadar o’zgartirilganligi ularning eng qadimgi matnlarining saqlanib qolmaganligi va borgan sari tushunilish qiyinlashib borgani tufayli, er.av.VIII-asirdan boshlab Vedalar diniy marosimlarini tushuntirib beruvchi «Braxmanlar»; har xil diniy-falsafiy fikrlardan iborat bo’lgan «Aranyaklar» va o’ziga xos traktlardan iborat bo’lgan «Upanishadlar» ayniqsa ko’proq mashhurdir.
Diniy dunyoqarash hukmron bo’lgan davrda Qadimgi Sharqdagi boshqa xaqlarda bo’lgani kabi qadimgi hindlarda ham fanning boshlang’ich formalari diniy etiљodlar va tassavurlar bilan tirmashib ketgan. Shuning uchun tibiyot fani to’g’risidagi eng qadimgi ma’lumotlar diniy Veda to’plamlarida, jumladan Rigveda madhiyalarida va Atxarvaveda saљlanganligini ko’ramiz. Vaљt o’tishi bilan љadimgi azayimxon, bxishaj (ya’ni jinlarni quvlovchi) garchi o’zining qadimgi nomini saqlab љolgan bo’lsada, sekin-asta tabibga aylanib boradi. Vedalar tuzilayotgan davrdayoљ hind tabiblari odam anatomiyasidan bir qadar xabardor bo’lganlar va ba’zi anotomik terminlarni ko’llaganlar. Miyaga, umurtљa pog’onasiga va ko’krak qafasiga alohida e’tibor berganlar va ularni kasallar uyasi deb bilib, tabib bu yerdagi kasalikni topib olib yo’љotish kerak deb hisoblagan. Vedalarda kasalliklarning har hil turlari-sariљ kasali, bod, bosh og’rig’i, moxov, podsho bedarmonligi (ehtimol sil kasaligi bo’lsa kerak) uchraydi, bu esa tibbiyot tekshirishlarning tartibga solib borilganligini hamda kasaliklarni aniqlashga (diagnoz qo’yishga) intilish paydo bo’la boshlaganlagini ko’rsatadi.
Qadimgi hind tibbiyotida davolashda ishlatilgan dori-darmonlarning 1000 ga yaqin turi bo’lib, ular dorivor o’simlik (oshadxi)lardan, meneral buyumlar va hayvon a’zolaridan tiyyorlanganlar. Rigvedada aytilishicha dori o’tlarni «podsholar yig’inidek» to’plagan kishi jinlarni (rakshaslarni) qiruvchi illatni quvib chiqaruvcha bilimdon tabib deb ataladi. Hali primitiv bo’lgan bunday tibbiy ilmlarning taraqqiy eta tabiblarning ba’zi bir ixtisosliklari, ya’ni massaj, vanna, ichki kasaliklarni va ko’z kasaliklarni davolash, jarrohlik usuli bilan davolash kabilar vujudga keladi. Tibbiy ilimlarning to’plana borishi eramiz boshlarida tibbiyot sohasida dastlabki traktlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Bunday traktlardan birini avtori Samxita Choraka (eramizning birinchi asri) hisoblanadi. Sutrut tibbiy traktning bir qismi eramizning V-asrida yozilgan.
Qadimgi Hindistonda aniq fanlar ham ancha erta rivojlangan. Hind faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko’ra «ilm va bilimning bosh manbasi tajribadir». Qadimgi Hindistonda astronomiya va matematika soxasida ham bir qancha bilimlar to’plangan. Hindlar quyosh va suv soatidan foydalanganlar. Quyoshning fazoda yurgandek bo’lib ko’rinishini kuzatish, oyning ma’lum yulduzlar (nakshatras) orasida o’ziga xos shakllarga ega bo’lishini kuzatib borish hatto Vedalar davridayoq oy zodiakini aniqlashga va taqvimlarning o’ziga xos shiklini ishlab chaљishga imkon bergan. Bu taqvimga muvofiq yil 12 oyga (360 kunga), shu bilan birga har bir oy 30 kunga bo’lingan. Taqvim yil bilan astronomiya yili o’rtasidagi tafovut qadimda qo’shimcha o’n uchunchi oy yordami bilan to’g’rilangan. Keyinchalik bu qo’shimcha oyni har besh yilda bir marta qo’shadigan bo’lganlar. Eramizning VI-asriga doir manbalarda eng qadigi Hindistonda olimlar yerning o’z o’qi atrofida aylanishini va oy o’ziga quyoshdan nur olishini aniqlaganliklari haqida ma’lumotlar saqlangan.
Qadimgi Hindlar yerning sharsimon ekanligini IV-V asrlardayoљ bilganlar. Er.av. III-II ming yilardayoq Hindastonda hisobning o’nli tizimi ixtiro qilinadi. Bo’shliqni belgisi sifatida «nol»ning dastlab hind hisobida joriy etilishi sonlar bilan bo’ladigan amallarni juda osonlashtiradi. Hozir deyarli butun dunyo hindlar hisobidan foydalanmoљda.
Biz raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, chunki yevropaliklar uni arablardan bilib olganlar, lekin arablarga bu raqamlarni hind raqamlari deb atashadi. Shu tariqa qadimgi Hiandistonda ilm- faning ancha rivojlanganligini kuzatamiz.
Qadimgi Hindistoning er.av. ikkinchi ming yillikdagi tarixini o’rganishda Veda diniy to’plamlari katta ahamiyatga ega bo’lsa, uning er.av. birinchi ming yilikdagi tarixi va madaniyatini o’rganishda ikkita katta epik doston «Ramayana» va «Moxabhorat» asarlari ancha muhim manba hisoblanadi: «Moxobhorat» (Bxarata podsho urug’ining ikki avlodi –Kauravlar va Pandavlarning taxt uchun kurashi haqida buyuk qissa)ning avtori afsonaviy donishmand va shoir Vyasi hisoblanadi. Bu doston birinchi marta er.av. birinchi ming yillikda tuzilgan bo’lib, keyinchalik unga ko’pgina qo’shimchalar kiritilgan va eramizning birinchi asrlarda uzil-kesil bir shaklga kirgan. «Ramayana» (afsonaviy hind qahramoni Rama haqidagi hamda, ukasi Lakshman va xotini Sitalarning sarguzashtlari haљida љissa)ning avtori Valman ismli shoir bo’lib, bu asar taxminan er.av. VI vaII asrlar o’rtasida yozilgan. Bu har ikkala doston er.av. I- ming yilikdagi qadimgi hind fani va madaniyati haqida ko’plab ma’lumotlar beradi. Bundan tashqari er.av I-ming yilik oxirlariga oid «dxarmashastri» deb ataladigan qonun-qoidalar to’plamlari ham qadimgi Hindiston tarixi yuzasidan љimmatli manbalar bo’lib hisoblanadi. Bu љonun qoida to’plamlari orasida eng qadimgilaridan biri, rivoyatlarga ko’ra, qonun ustozi Apastamba tomonidan tuzilgan qonunlar to’plami bo’lib, bu to’plam er.av. IV asrga oiddir. Hindlarning afsonaviy bobosi Manu tomonidan tuzilgan yana bir qonunlar to’plami ayniqsa keng tarqalgan. Manu qonunlari er.av. III asrlarda tuzilgan bo’lib, eramizning III asrida uzil-kesil bir shaklga kirgan. Bu qonunlarda qadimga Hind quldorlik jamiyatining o’ziga xos xususiyatlari, kishilarning burchlari va kastalar tizimi ravshan ifodalab berilib, ular asosan braxmanlar, ya’ni aslzoda kohinlar manfaati himoya qilingan.
Bundan tashqari Mauriylar saltanati podsholaridan biri Chandraguptaning vaziri traktati qadimgi Hindistoning siyosiy-iqtisodiy tarixi yuzasidan qimmatli manba hisoblanadi. Budan asosan davlatni idora qilish, podsho va amaldorlar faoliyati, ma’muriy idora ishlari, sud ishlari va harbiy san’at har taraflama tasvirlab berilgandir. Ilk buddizm davrida, podsho Ashokadavrida ham ko’pgina yozuvlar saqlanib qolgan. Ashoka ediktlari deb atalmish bu yozuvlar diniy-ahloqiy nashatlarni hamda butun Hindistonda budizmning keng yoylishini, shuningdek Ashokaning zo’r diniy faoliyatini tasvirlaydi.
Xitoy sivilizasiyasi.
Qadimgi Xitoyliklar ham jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan xalqlardan biridir. Bu yerda madaniyat juda љadim zamonlardan boshlanib, Xitoy iyeroglif yozuvlarining paydo bo’lishi dastlabki taraqqiyot jarayonlarini ko’zdan kechirishga imkon beradi.
Arxeolog olimlar Xitoyda bundan 600-400 ming yillar ilgari, ya’ni ilk paleolit rshel davrida yashagan sinatron va lanshan kabi љadimgi odamlarning makonlari va љodiљlarini topganlar. Keynchalik Xitoy aholisi ko’payib er.av. V-III ming yiliklarda Xuanxe daryosining o’rta oqimida dastlabki dehqonchilik va hunarmandchilik markazlari vujudga keladi.Er.av. II-ming yilikning boshldariga kelib mana shu markazlarda daslabki davlat birlashmalariga asos solinadi. Bunday davlatlarga daslab Sya, Shan, In, Chjou, keynchalik Sin, Xan saltanatlari kiradi.
In davlati davrida qadimgi Xitoyda madaniyat yanada rivojlanadi va dastlabki ilmiy bilimlar paydo bo’ladi. Bundan 4-3,5 ming ilgari vujudga kelgan qadimgi Xitoy yozuvi misrliklari kabi ayrim belgilardan iborat iyeroglif yozuv bo’lgan. Bu yozuv bir necha o’n ming belgi-iyerogliflardan iborat bo’lgan. In podsholigi davridayoq bu yozuv ancha takomillashgan edi. Dastlab yozuv yupqa yog’och va bambukdan tayyorlangan taxtachalarga yozilgan. Keyinchalik shoyi ixtiro qilingach yozishida shoyi matolardan foydalanilgan. Xat yozilgan «shoyi kitoblar» qoldiqlari Xan davridagi mansub mozorlardan topilgan. Xitoyliklar mato, po’stloq va bambuk aralashmasidan qog’oz tayyorlashni er.av. I-asr oxiri va eramiz boshlarida ixtiro qilganlar. Љog’ozni ixtiro љilinishi ilm-fan, maorif va madaniyatning rivojlanishi hamda davlat hujjat ishlarida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Shan-In podsholigi davridagi (er.av.XVIII-XII asrlar) savollar tariqasidagi qisљa-qisљa yozuvlar qadimgi Xitoyning xo’jalik, ijtimoiy va davlat tuzumini birmuncha tisvirlashga imkon beradi. Diniy marosimlarda ishlatiladigan bronza idishlardagi yozuvlar Shan-In davrining oxiri va Chjou podsholigi (er.av.XII-XIII asrlar ) davriga oiddir. Bular orasida yorliqlar ham uchraydi. Keyingi podsholik, ya’ni Sin saltanati (er.av. III asrlar) davriga oid tosh barabanlarga yozilgan yozuvlar ham Xitoy sivilizasiyasining yuksak darajada tariqqiy qilganligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoy tarixining so’ngi podsholigi ya’ni Xan saltanati (er.av. III va eramizning III asri) davriga oid Shandun viloyatida saqlanib qolgan bo’rtma suratlar va yozuvlar juda katta madaniy-tarixiy manba hisoblanadi.
Bundan tashqari qadimgi Xitoyning dastlab xalq og’zaki ijodi asosida keynchalik yozuvning vujudga kelishi bilan yozma adabiyot asosida yaratilgan mashhur tarixiy, diniy-falsafiy va adabiy mazmunga ega bo’lgan «Chun-syu» (Bahor va kuz – Lu podsholigining xronikasi) va «Shi-szin» (qo’shiqlar kitobi) kabi asarlari diqqatga sazovordir. Xitoy halqining tarixi endi boshlanyotgan davlarda uning turli burchaklaridagi halq qo’shiqlari uzoq vaqlar davomida to’plash natijasida tuzilgan mashhur «Qo’shiqlar kitobi»da xitoyliklarning juda qadimgi hayoti, urf-odatlari, to’y marosimlari, harbiy yurishlari, aslzodalar va podsholar hayoti, shuningdek љurbonlik marosimlarida aytiladigan ilohiy muqaddas qo’shiqlari va diniy tasavvurlari bu halq qo’shiqlarida aynan aks ettirilgan «Qo’shiqlar kitobi»ning eng qadimgi qismi ea.av. XII-VII asrlarga oid bo’lsa, uning so’ngi qismlari ea.av. III asrlarda paydo bo’lgan.
Xitoy tarixining eng qadimgi davlariga oid yana bir asar «Chun-syu» («Bahor va kuz» - rivoyatlarga ko’ra, Konfusiyning vatani bo’lgan Lu podsholigini xronikasi) nomi bilan yuritiladigan kitobni Kofusiyning o’zi yozgan deyiladi. Bu kitob er.av. VIII-V asrlarda Lu podsholigi davrida yuz bergan eng muhim voqeallarning qisqacha xronologik obzoridan iboratdir.
Qadimgi Xitoy klassik adabiyotiga tegishli yana bir asar bu «Shu-szin» («Tarix kitobi» yoki «Hujjatlar kitobi») kitobida ham qadimgi podsholar va ularning vazirlariga qarashli nutqlar, nasihatlar va farmonlar haqida, shunigdek mamlakatning topografiyasi va bashqarish tizimiga doir qiziq ma’lumotlarni topish mumkin.
Qadimgi Xitoy tarixini va madaniyatini o’rganishda er.av. 145- 90 yillarda yashagan mashhur tarixchi Sima Syanning «Tarixiy xotiralar» nomli asari katta ahamiyatga ega. Eng qadimgi davrdan to er.av. II asr oxirigacha bo’lgan davrning o’z ichiga olgan bu asarda asosan qadimgi Xitoyning siyosiy, madaniy tarixi va xronologiyasi haqida zarur ma’lumotlar beradi.
Eramizning 32-92 yillarida yashagan tarixchi Ban Gu esa o’zining «Xan podsholigi tarixi» nomli asarida Xan podsholarining istilochilik yurishlari, qo’zg’olondan cho’chigan hukumdorlarning islohotlar (Dun Chjun-shu, Van Chun va Van Man islohotlari) o’tkazishga majbur bo’lganliklari haqida, shuningdek bu davrda akademiya tuzilganligi, kutubxona tashkil qilinib, davlat olimlar va yozuvchilarga homiylik qilganligi, ochiq imtihonlar o’tkazib, amaldorlarning malakalarini oshirishga g’amxo’rlik qilganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Xitoyda diniy e’tiqodlar juda qadim zamonlardan shakllangan bo’lsada, biroq er.av. VI-V asrlarda vujudga kelgan diniy-falsafiy dunyoqarashlari (konfusiylik, daosizm va h.љ.) Xitoy tarixida ayniqsa katta ahimiyatga egadir.
Xitoyda eramizning I asrida paydo bo’lgan progressiv, lekin har holda o’sha zamon ilm-fani taraqqiyotiga muvofiq sodda va stixiyali materialistik falsafa oљimi ham bo’lib, bu oqim namoyandarlaridan biri Van Chun hisoblanidi. U «Osmon ham yerga o’xshagan jismdar» deb, ta’kidlab, bu bilan an’anaviy diniy falsafaga qarshi chikadi va «tomirida qon yurib turgan jon egalari orasida o’lmaydagani yo’q» degan sodda falsafani ilgari suradi. Biroq bu oqim qadimgi Xitoyda keng tarqala olmaydi, chunki o’sha vaqtda mamlakatda hukmron sinf mafkurasi bo’lgan qadimgi dinlar bunga to’sqinlik qiladi. Konfusiylik va daosizm dinlari Xitoy fani va madaniyati taraqqiyotiga salbiy ta’sir o’tkazgan, ya’ni qadimgi madaniyatning ko’p shakllarini asrlar davomida emas, balki ming yillar davomida hyech bir o’zgartirmay saqlab kelgan.
Biroq dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo sohalarining rivoji ilmiy bilimlarning ravniљini va bir qancha fan kurtaklarini vujudga keltirgan. Matematika, xususan geometriya anchagina tariqqiy etgan. To’g’ri burchakli uchburchakning xususiyatlari aniqlangan va gepotenuzaning kvadrat katetlar kvadratlari yig’indisiga tengligi haqidagi masala hal etilgan. Xo’jalik va savdo-sotiqdagi ishlar vaqtni hisoblash va taqvim tuzish zaruriyatini keltirib chiqargan. Bu esa astronomiya faning maydonga kelishga sabab bo’lgan. Astronomik kuzatishlar Shan-In davlati davridayoq boshlangan. Xitoy astronomlari planeta va yulduzlarning harakatini to’g’ri kuzatganlar. Ular quyosh va oyning qachon tutilishini oldindan aytib beraolganlar. Xitoy astronomlari Qutb yulduzi atrofidagi to’p yulduzlarni «oy uylari»ga qarab taqsim qilganlar va shu tariqa yulduzlar olamining kartasini tuzganlar. Xitoy astronomlari shu to’p yulduzlarning quyosh va qutbga nisbatan turgan joylariga qarab hamda suv soatlaridan foydalanib vaqtini belgilaganlar. Shu tariqa uzoq astronomik kuzatishlar natijasida alohida taqvim tizimi vujudga kelga. Bu taqvimda yil hisobi oyga qarab olingan va har biri 60 yildan iborat sikllar bilan hisob qilingan.
Er.av. XII-VIII asrlarda In davlati o’rnida Chjou podsholigi tashkil topadi. Xitoy tarixida ikki davrga bo’linadi, ya’ni poytaxti Xao shahri bo’lgan G’arbiy Chjou davri er.av. XII-VII asrlarni, potaxti Loyan shahri bo’lgan. Sharqiy Chjou davri esa er.av. VIII-III asrlarni o’z ichiga oladi. In davlatini bosib olgan chjou qabilalari inlarning xo’jalik, harbiy va moddiy madaniyat sohasida erishgan yutuqlarini o’zlashtirganlar. In podsholariga tegishli yerlar chjoulik podsholar љarindoshlari, lashkarboshilar va nufuzli amaldorga bo’lib berilgan. Shu tariqa Xitoy davlatining kengayishi va mamlakatni ma’muriy rayonlarga bo’lish zaruriyati geografiya fanining erta paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’lgan. Chjou amaldorlari ayrim viloyatlarning ahvoli to’g’risida, ayniљsa yerning daromadliligi va to’planadigan soliљlar nuqtai – nazaridan hisobotlar tuzganlar. Ana shunday hisobotlardan bari er.av. VIII asrda yozilgan «Shu-szin» kitobida 9 viloyatga bo’lingan Xitoy davlatining geografiyasi va har bir viloyatning tog’lari, daryolari, yerlari va olinadigan soliqlari mufassal bayon etilgan. Qadimgi Xitoyda tibbiyot fani ham ancha erta rivojlangan. Xitoy tabiblari bemorlarni uzoq vaqt sinchiklab tekshirish va erinmay kuzatish natijasida ularni davolashda katta yutuqlarga erishganlar. Xitoy tabiblari bemorlarni uqalash (massaj), igna sanchib davolash (igloterapiya), o’simlik va hayvonlardan olinadigan dorilar (jenshen, keyik shoxidan olinadigan panti, choy va boshqa dorivor o’simliklar) bilan davolash usullaridan keng foydalanishganlar. Qadimgi Xitoyning mashhur tabiblaridan Van Shu Xe, Ban Sio va Xuo Tular o’sha zamonlardayoљ shuhrat qozonganlar. Van Shu Xening «Ney-Szin» («Odam tabiati va hayoti») va Ban Sioning «Qiyinchilik haqida kitob» nomli asarlari tibiyot fanining qadimiy namunalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |