2.Matematika. Qadimgi Misrda, ayniqsa O’rta Podsholik davrida matematika bilimlarining rivojlanganligidan o’sha zamondan qolgan juda ko’p matematik tekstlar, xususan Moskvada saqlanadigan «Matematika papirusi» dalolat beradi. Misrda matematika sohasida erishilgan katta muvaffaqiyatlardan biri o’nlik sanoq sistemasining taraqqiy qilganligidir. Misr yozuvida, 1, 10, 100, 1000, 10000, 100000 va hatto millionni ham bildiruvchi alohida alomatlar bo’lgan; hayron bo’lib qo’lini ko’tarib turgan kishi surati millionni bildirgan. Misrliklardagi uzunlik o’lchovining o’ziga xos birligi misrliklar matematikasi uchun juda xarakterlidir. Barmoq, kaft, tovon, tirsak ana shunday uzunlik o’lchovi birligi bo’lib, Misr matematigi ular orasida ma’lum munosabatlar belgilagan. San’atda matematika bilimlaridan keng ravishda foydalanilgan. Misr rassomi tekislik yuzasiga kishining rasmini chizmoqchi bo’lsa, dastlab to’rt burchak qilib to’r chizgan va matematikadan foydalanib, kishi tanasidagi a’zolar uzunligining nisbatini aniqlagandan keyin, shu asosda haligi tur ustiga kishining rasmini chizgan. Arifmetikada sodda to’rt amalni qo’llanish usuli misrliklar matematikasining bir qadar primitiv bo’lganligini ko’rsatadi. Masalan, ko’paytirishda amallarni ketma-ket bajarish usulidan foydalanilgan. Chunonchi, misrlik sakkizni sakkizga ko’paytirmoqchi bo’lsa, sakkizni paydar-pay to’rt marta ikkiga ko’paytirgan. Bo’luv ko’paytirish yo’li bilan qilingan. Masalan, 77 sonini 7 ga bo’lganda, 77 sonini hosil qilmoq uchun 7 ga ko’paytiriladigan sonni topish lozim bo’lgan. Misrda amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan geometriya juda ham taraqqiy qilgan. Misr matematiklari to’g’ri to’rt burchak uch burchaq xususan teng yonli uch burchak trapesiyaning yuzini va hatto doiraning yuzi P ga teng bulib, u 3,14 qiymatni qabul qilishini ham hisoblay bilganlar. Moskvada saqlanadigan «Matematika papirusi» da kesik piramida va yarim sharning hajmini hisoblab chiqarish yuzasidan ishlangan murakkab masala saqlangan. Qadimgi misrliklar algebradan ham ba’zi bir eng oddiy bilimlarga ega bo’lganlar, ular bir noma’lumli tenglamani hisoblab chiqara bilganlar; noma’lumni misrliklar «uyum» («don uyumi» bo’lsa kerak) so’zi bilan ta’riflaganlar. P-belgisi ulkan inshootlar piramidalar bunyod etishda qo’llanilib, P-belgisi mil.avv 1700 yil oldinoq qo’llanila boshlangan. Zero P-belgisi uchragan Rinda papirusi ham shu davrga oid bo;lib u 1855 yilda shotland arxeologi Genri Rinda tomonidan topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |