Aflotun akademiyasi; perepatetiklar (sayr qilmoq) va boshqalar vujudga keladi.
Yunon olimlari va faylasuflarining matematika, geometriya, mexanika va boshqa fanlar sohasidagi xizmati juda ulkan ahamiyatga ega. Lekin shunday bo’lsa-da, hozirgi zamon fanining asosi faqat eramizning XV-XVII asrlaridagina ko’riladi va bu avvalo Galiley va Nyuton nomlari bilan bog’liq. Qadimgi Yunoniston fani bu vazifalarni yecha olmasdi, chunki u hayotdan uzoqlashgan, juda ham mavhum (abstrak) tasavvurga ega edi.
Qadimgi Yunoniston fani va texnikasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlari quyidagicha:
Masalan uzoq davrlar mobaynida Yunoniston ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatlarda bo’lingan edi, ya’ni Yunoniston yagona markazlashgan davlat bo’lmay, u har biri mustaqillikka intilayotgan shahar-davlatchalardan iborat edi. Bu shahar-davlatchalarning har biri o’ziga xos siyosiy va ma’naviy hayotiga ega bo’lib, bu albatta Qadimgi Yunonistonning falsafiy va tabiiy fanlar sohasidagi g’oyalarga ta’sir etmasdan qolmadi.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, ya’ni o’sha davrda tabiiy fanlar va falsafa endi kurtak otayotgandi. Falsafa va tabiat haqidagi fan bir butun qarashlar sistemasidan iborat edi va uning ijodkorlari faylasuf-tabiatshunoslar edi. Shuning uchun ham qadimgi yunon fani abstraktlikka moyil edi. Bu qadimgi yunon fanining kuchsiz tomoni bo’lsa, shu bilan birga uning kuchli. ijobiy tomoni ham bo’lib, bu fikrlar va qarashlarning mustaqil va o’ktamligida edi.
Eramizdan avvalgi VI asrlarga kelib quldorlik shahar-davlatlarining shakllanishi asosan tugallanadi. Bu davrda Qadimgi yunon sivilizasiyasi Kichik Osiyoga, O’rtayer dengizi qirg’oqlaridan Rona daryosi quyi oqimlarigacha, Sisiliya va kora dengiz qirg’oqlarining bir qismiga tarqalgan edi. Bu davrda Kichik Osiyodagi – Milet, Apenin yarim orolidagi Komi va Neapol, Sisiliya orolidagi Naksos va Sirakuza, Rona daryosi quyi oqimidagi – Messaliya, Kora dengiz sohillarida Olviya, keyinchalik Xersones, Pantikapey, Fanagoriya, Feodosiya kabi bir qator polislar ( yunon manzilgohlari) vujudga keladi.
Eramizdan avvalgi VI asr Qadimgi Yunon fanining tug’ilish davri bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishini birinchi ioniy bosqichini tashkil etadi. Kichik Osiyoning g’arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan edi. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan xabardor bo’lib, o’sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.
Qadimgi Yunon falsafasining eng dastlabki bosqichlaridanoq, ikki asosiy qarama-qarshi pozisiyalar kurashi, ya’ni – idealistlar va materialistlar oqimi vujudga keladi.
Birinchi ioniy faylasuf manbalarda Fales (taxminan er.av. 625-547 yillar) hisoblanadi. U Milet maktabining asoschisi bo’lib, qaysikim bu maktab antik davr falsafasining ilk kurtagi bo’lib hisoblanadi. Fales tug’ilgan Milet shahri o’sha davrda yirik savdo va hunarmandchilik markazi edi. Falesning hayot va qarashlari to’g’risida kam ma’lumot saqlangan. Bu ma’lumotlarni Aflotun va Arastu asarlaridan topish mumkin. Fales fikri bo’yicha suv-butun borlikning asosidir, ya’ni yer, havo va barcha jonivorlar suvdan paydo bo’lgan. Falesning faylasuf, matematik, astronom, injener, siyosiy arbob, va hatto savdogar bo’lganligi manbalarda eslatiladi. Fales quyosh tutilishining sabablarini kashf etgan, piramidalarga va unga o’xshash baland binolarning soyalariga qarab, balandligini aniqlagan deb hisoblanadi.
Falesning ko’plab shogirdlari va o’quvchilari bo’lgan. Shulardan biri Anaksimandr (er.av. 610-546 y.) hisoblanadi. Anaksimandr butun borliqning asosi Fales aytganidek, suv emas, balki konkret shaklga ega bo’lmagan materiyadir deb hisoblaydi va bu materiyani u «apeyron» deb atadi.
Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Geraklit Effesskiy (er.av.530-470 y.) qadimgi Yunon dealektikasining tashkil etuvchisi bo’lib, u Milet maktabining materialistik qarashlarini rivojlantiradi. Geraklit olamning asosi olov deb hisoblaydi. (Yemu prinadlejat slova: «Na ogon obmanivayetsya vse, i ogon-na vse, kak na zoloto-tovari-i na tovari-zoloto»). Geraklit birinchilardan bo’lib bilimlarning nisbiyligiga e’tibor bergan. U aytganidek: «Daryoda har doim yangi-yangi suvlar oqadi. O’sha bitta daryodagi suvga xech qachon ikki marta kirish mumkin emas».
Qadimgi Yunon fanida alohida o’rinni egallagan yana bir olim bu Pifagordir. (er.av. 582-500 y.) Pifagor va uning shogirdlari matematika, geometriya, astronomiya va fizika sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirganlar. Matematikadagi irrasional tushunchasi, Pifagor teoremasi o’sha davrlardan hozirgacha qo’llaniladi. Pifagor yerning shar shaklida ekanligi va uning o’z o’qi atrofida aylanishini aytgan. Pifagor va uning shogirdlari Pifagor idealistik maktabiga asos solganlar.
Qadimgi Yunon fannining ikkinchi – Afina bosqichi shahar-davlatchalarning gullab yashnagan davri bilan bog’liq bo’lib, u er.av. V-IV asrlarga to’g’ri keladi. Bu davr shahar-davlatchalar orasida Afinaning qudratga erishuvi bilan Aleksandr Makedonskiy tomonidan yunon polislarining bo’ysundirilishi oralig’idagi davrga to’g’ri keladi. Bu davrda forslar bilan urushda g’alaba qilgan Afina iqtisodiy, savdo va harbiy flot sohasida katta yutuqlarga erishadi. Bu ko’tarinkilik ilm-fan rivojiga ham turtki berdi.
Qadimgi Yunon materializmining vujudga kelishi er.av. 460-340 yillarda yashab o’tgan Demokrit nomi bilan bog’liq. Demokrit Frakiyadagi savdo shaharchasi Abderada tug’iladi. Yirik savdogar va quldorning o’g’li bo’lgan Demokrit bir qator mamlaktlarga sayohat qilib, Misr, Mesopatamiya, Hindistonda bo’lib, so’ngra Afinaga ham tashrif buyuradi va Suqrot bilan uchrashadi.
Demokrit fanga atom tushunchasini kiritadi. (atom-yunoncha bo’linmas). Butun koinot atom zarrachalaridan tashkil topib, u eng kichik va bo’linmasdir. Demokrit fikricha butun borliq atomlardan va bo’shliqlardan tashkil topgan. Demokrit ham Geraklit kabi tabiatni abadiy o’zgaruvchan deb hisoblaydi. Demokrit koinotni «Abadiy mavjuddir, uning na boshi va na oxiri bor» – deb aytdi. Shuningdek Demokrit falsafa, etika, psixologiya, matematika, fizika, tibbiyot, san’at va texnika sohasida ham faoliyat ko’rsatgan. U dialektik faylasuf bo’lib, haqiqat qarama-qarshi fikrlar to’qnashuvi natijasida vujudga keladi deb hisoblardi.
Eramizdan avvalgi 481-411 yillarda Abderada yashagan faylasuf, yirik davlat arbobi bo’lgan Pratogor ham Demokrit qarashlari yo’lidan boradi. pratogor ateist bo’lib, xudosizlikda ayblanadi. Uning «O bogax» «Xudolar haqida» nomli asari yoqib yuboriladi. Bu asarning bizgacha yetib kelgan fragmentlarida quyidagi so’zlar yozilgan:
«O bogax ya ne mogu znat ni togo chto oni sushyestvuyut, ni togo chto ix net; ni togo, kakovы oni po vidu. Ibo mnogoye prepyatstvuyet znat eto: i neyasnost voprosa, i kratkost chelovecheskoy jizni».
" Men xudolar haqida ularning borligini ham, ularning yo’qligini ham va ularning qanday ko’rinishda ekanligini ham bilmayman. Chunki masalaning noaniqligi va inson hayotining qisqaligi buni bilishga to’sqinlik qiladi". (Istoriya filosofii. M., 1957 y, T. 1, s.103).
Taxminan ea.av. 460-370 yillarda kichik Osiyoga yaqin Kos orolida Qadimgi Yunonistonning buyuk vrachi afsonaviy Gippokrat yashagan. Gippokrat faoliyati natijasida Kos medisina maktabi tashkil topadi. Gippokrat bemorlarni kuzatish va o’rganish sistemasini tashkil etadi, davolashning bir qator yangi usullarini yaratadi. Uning "Gippokrat tuplami" yoki «Korpus Hippokratikum» nomli tibbiy asari 72 kitobdan iborat bo’lgan. Uning asarlarida dorivor o’simliklarning 236 ta xili tasvirlanib, xususiyatlari bayon etilgan. Buyuk shifokor qalamiga mansub «Gippokrat qasamyodi» hali ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. «Gippokrat qasamyodi»da tabib bilan bemor orasida bo’ladigan munosabat bayon etilgan. Gippokrat er.av. 375 yilda 85 yoshida vafot etgan.
Eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan Suqrot – Qadimgi Yunonistonning yetuk faylasufi va oratori edi. Suqrot Afinada tosh kesuvchi (kaminotes) safronik oilasida tug’ildi. Yosh Suqrot dastlab otasining kasbi bilan shug’ullanadi. Keyinchalik bir qancha vaqtlar skulptor - haykaltarosh bo’lib ishladi. Afina akropoli yonidagi go’zallik ma’budalari –Aglaya, Yevfrosiniya va Taliya haykallarini Suqrot yasagan deyiladi. Bizgacha Suqrotning biron bir yozma manbalari yetib kelmagan, demak u o’z fikrlarini og’zaki bayon qilgan. Suqrot o’z ta’limini to’g’ri kelgan joyda, ko’chalarda, maydonlarda targ’ibot qilib, yurgan. Suqrot va uning ta’limoti haqidagi barcha bilimlarni biz uning o’quvchilari Aflotun va Ksenafont asarlaridan bilishimiz mumkin.
Suqrot qarashlarining asosini o’zligini anglash yo’li bilan baxtga erishish, jahlga ixtiyor bermaslik, bilim va aql birligi tashkil etadi. Masalan: «Ma’lumot va tarbiya-aql bilan foyda keltiradi», «Xotirjamlik – bu kuchdir».
Eramizdan avvalgi 399 yilda Suqrot xudolarga hurmatsizlik va yoshlarni buzishda ayblanib, Afina sudining qarori bilan zaharlab o’ldiriladi. U o’z qarashlarida Suqrot idealist bo’lgan, chunki u tabiatni ilmiy o’rganishga qarshi bo’lib, bu ishni xudosizlar ishi deb hisoblagan.
Suqrotnig shogirdi va izdoshi, qadimgi Yunonistonning yirik faylasuflaridan biri – bu Aflotun edi. (er.av. 428-347 y.) Aflotun birinchi klassik obyektiv idealizm namoyondalaridan hisoblanadi. O’zining siyosiy karashlariga ko’ra Aflotun Afina reaksion aristokratlarining himoyachisi edi. Suqrot o’limidan so’ng Aflotun vaqtincha Afinani tark etib, bir necha bor Janubiy Italiyaga bordi.
Aflotun tomonidan Afinada falsafa maktabi ochildi. «Aflotun akademiyasi» deb nom olgan bu maktab ming yillarcha faoliyat ko’rsatdi. Aflotunning falsafa maktabi bog’da joylashgan bo’lib, unga afsonaviy qahramon «Akadem» nomi berilgandi. Shuning uchun ham bu maktab akademiya deb atalgan edi. Taxminan 40 yillar davomida Aflotun akademiyada tanlab olingan o’quvchilar guruhiga o’z ta’limoti haqida dars o’tdi. Shuni ta’kidlash joizki Aflotun o’z fikrlarini o’ta mahorat bilan chiroyli va ishonarli tarzda bayon kiluvchi orator bo’lgan.
Aflotun idealist faylasuf bo’lib, butun borliqni ikkita olamga: g’oyalar olami va buyumlar olamiga bo’lgan. Uning fikricha «abadiy va o’zgarmas g’oyalar» – bu haqiqat hayotdir, moddiy olam buyumlari esa – bu g’oyalar aksining soyasidir».
Aflotun dialektikasi «qalb» va «sof sevgi» tushunchalarini ham o’z ichiga olib, bunda Aflotun «qalb»ni g’oyalar dunyosiga yaqin va o’lmasdir. Shuning uchun ham inson olamni qalbida yashiringan bilimlari bilan o’zining sezgi organlari bilan bilib oladi, anglab yetadi deb tushuntiradi. Aflotun o’zining «Davlat va Qonun» asarida ideal davlat qurish haqida so’z yuritadi. Uning fikricha yangi takomillashgan davlat quyidagi sinflarga bo’linishi shart: hukumdorlar va faylasuflar, (U jamiyatni boshqarishda faylasuflar ahamiyatiga juda katta e’tibor beradi), harbiylar hamda aholining quyi tabaqasi bo’lgan, hunarmadlar va dehqonlar. Aflotunning aytishlaricha jismoniy mehnat – bu qullar, hunarmandlar va dehqonlar ishi bo’lib, hukumdorlar va faylasuflar alohida sharoitlarda yashash lozim bo’lgan.
Qadimgi Yunon fani shakllanishi va rivojlanishida Plotonning xizmati kattadir. Ayniqsa Aflotun qarashlarida antik davr kosmosining klassik ravishda tushunilishi muhim ahamiyatga egadir. Aflotunning aytishicha (kosmos zrem osyazayem i materialem - on sushyestvoval ne vsegda, a poyavilsya v rezultate tvorcheskogo akta) kosmos har doim ham mavjud bo’lmagan, ya’ni u ijodiy akt natijasida paydo bo’lgan. Kosmos yer shari atrofida aylanuvchi Quyosh va boshqa planetalardan iborat yettita osmon doirasidan iboratdir. Shuningdek Aflotun matematika va astronomiya bilan ham shug’ullanib, akademidagi o’z o’quvchilaridan matematikani yaxshi o’rganishni talab kilgan.
Shunday qilib, Aflotun akadimiyasini oliy o’quv yurtlarining ilk kurtagi deb aytish mumkin.
Eramizdan avvalgi 404-323 yillarda yashagan Sinoplik faylasuf Diogen haqida ham aytib o’tmaslik mumkin emas, chunki Diogen hayotning barcha lazzatlaridan voz kechib, o’ta asketik (zohidona) hayot kechirgan, ya’ni u o’ta primitiv kiyim kiyib, faqat suv ichib, to’g’ri kelgan joyda tunab ketavergan. Diogen ibtidoiy hayotga qaytishni targ’ib qilgan. U biron-bir progressiv ijobiy dasturni ilgari surmagan.
Qadimgi Yunonistonning yirik faylasufi va tabiatshunosi bo’lgan Arastu (er.avv. 384-322 y) qadimgi yunon fanining ensiklopedist olimi bo’lgan, chunki bizgacha yetib kelgan Arastu asarlari o’sha davr fanining barcha jabhalarini: tabiiy fanlar – matematika, mexanika, fizika, astronomiya, biologiya, tibbiyot, mantik, psixologiya, tarix, iqtisod, falsafa va boshqalarni o’z ichiga oladi. Arastu yunon koloniyasi bo’lgan Frakiyada, vrach oilasida tug’iladi. Eramizdan avvalgi 367 yilda 17 yoshidan Arastu Aflotun akademiyasiga ma’lumot olish uchun keladi va shu yerda faoliyat ko’rsata boshlaydi.
Aflotun o’limidan so’ng Arastu akademiyada 20 yilcha bo’ldi, so’ng uni tashlab mustakil faoliyat ko’rsata boshladi. Er.avv. 343 yilda Makedoniya podshosi Filippning o’g’li Aleksandrga o’qituvchilik va ustozlik qildi. Er.av. 335 yilda Arastu Afinada o’zining Likey maktabini tashkil etdi. Uning bu maktabi - peripatetik maktab deb ham atalardi. (yunoncha - peripatio – proxajivatsya-sayr qilmoq). Arastu o’z leksiyalari va suhbatlari vaqtida o’quvchilar bilan sayr qilib yurishni yoktirardi.)
Er.avv. 323 yil A.Makedonskiy o’limidan so’ng Arastu Afinani tashlab ketishga majbur bo’ladi va bir yildan so’ng Evbeya orolidagi Xalqida shahrida 62 yoshida vafot etadi.
Sharq dunyosida uni “ birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g’oyat keng bilimga ega bo’lgan. Uning “Metafizika” (yoki “Birinchi falsafa”), “Fizika”, “Jon to’g’risida”, “Analitika”, “Kategoriyalar”, “Siyosat”, “ Ritorika” va boshqa asarlari bizgacha yetib kelgan.
Arastu antik davrda yig’ilgan bilimlarning buyuk to’plovchisi va tizimlashtiruvchisi (sistematizator) bo’lgan. Uning fandagi va bilimlarni tasniflashtirish (klassifikasiyalash) sohasidagi xizmatlari ham juda buyukdir.
Uning “Fizika” nomli asarida tabiat falsafasi muammolari, hayot, materiya, harakat, zamon va makon, borliq va vaqt muammolari muhokama qilinadi.
Arastu Aflotunning “g’oyalar” nazariyasiga qarshi chiqib, u tabiatni moddiy asosga ega bo’lgan narsalar yig’indisidan iborat, u har doim harakatda va o’zgarishdadir deb hisoblaydi. Arastu o’zining “Osmon haqida”, “Meteorologika” asarlarida yer va osmon o’rtasidagi hodisalarni, planetalar, kometalar, meteorlar masalasi, hamda rangning hosil bo’lishi, kamalak hodisalari kabi muammolar ustida so’z yuritadi.
To’rtinchi kitobda, aniqrog’i Arastuning shogirdi Strabon tomonidan yozilgan bu kitobda dastlabki kimyoviy tasavvurlar haqidagi hikoyani bilib olamiz. Arastu tabiiy fanlar sohasida biologiyada ham katta yutuqlarga erishgan. U zoologiyani uch qismga bo’lgan: anatomiya, umumiy fiziologiya va embrologiyaga. O’zining izlanishlarida Arastu 500 dan ortiq hayvonlar haqida aniq va to’la ma’lumot beradi. Ayrimlarini hatto o’zi o’z qo’li bilan kesib, operasiya qilib o’rgangan. Hayvonlar klassifikasiyasida (tasnifida) Arastu ilgarigi dixotomiya prinsipini (yunon: - dichotomia - razdeleniya nadvoye) rad qiladi. Bunga ko’ra hayvonlar yerda va suvda yashovchi, qanotli va qanotsiz kabi qarama-qarshi guruhlarga bo’linadi. Arastuning aytishicha bunday prinsip bir-biriga juda o’xshash hayvonlarni ham ajratib qo’yishga olib keladi, masalan qanotli va qanotli bo’lmagan chumolilarni ajratib qo’ygandek.
Arastu sillogizmlari (ikkita mustaqil fikrdan kelib chiqadigan xulosa Mas: barcha metallar elektr o’tkazuvchi, mis-metal, demak mis elektr o’tkazuvchi) uning mantiq sohasida ham faoliyat ko’rsatganidan dalolat beradi. Xozirgi nuqtai nazardan qaraganda Arastu fizika va astronomiya sohasida kamroq yutuqqa erishgan. Chunki Arastu yerni shar shaklida ekanligini tasdiqlasada, ammo u yerni butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar yer atrofida aylanadi degan geosentrik nazariyani ilgari surgan.
Aleksandr Makedonskiyning shahar davlatlarni bo’ysundirishidan to Rimning kuchayishigacha bo’lgan vaqt, taxminan er.avv.330 yildan to er avv. 30 yillargacha bo’lgan davr qadimgi Yunon fani rivojining uchinchi ya’ni ellinistik davri bo’lib hisoblanadi. Qadimgi Yunon fanining bu bosqichi birinchi navbatda matematika, mexanika, astronomiya fiziologiya fanlarining rivojlanishi bilan xarakterlanadi, shu bilan birga falsafa sohasida bu davrda ancha kam ish qilinadi.
Mustaqil polislar va davlatlarning A.Makedonskiy imperiyasiga qo’shib olinishi yunon savdosi uchun yangi imkoniyatlarni, yanada kengroq bozorlarni ochilishiga olib keldi. Bu o’z navbatida hunarmandchilik ishlab chiqaruvchi va shaharlar o’suviga, dengiz transport savdosining rivojlanishiga olib keldi. Shuni ta’kidlash joizki bu jarayon, ya’ni savdoning rivojlanishi va harbiy-texnika vositalariga bo’lgan ehtiyoj sababli hunarmandchilik ishlab chiqaruvining yangidan texnik takomillashuviga bo’lgan zaruriyat Makedoniya hukmdorlarining: Aleksandr, Ptolomey va ular avlodlarining yunon faniga alohida e’tibor va hurmat bilan qarashga majbur etdi. Shu bilan birga ularning alohida topshiriqlari bilan amaliy fan bilan shug’ullanishga keng imkoniyatlar yaratildi. A.Makedonskiy tomonidan er.av. 332 yilda qurilgan Misrning yangi poytaxti bo’lgan Aleksandriya shahri Ptolomeylar davrida (er.av. 305-30 yillar) ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi. Balkim, xuddi shu Makedoniya hukmdorlari birinchilardan bo’lib fanni davlat miqyosida tashkil qilish va moddiy ta’min etishga uringan bo’lishlari mumkin.
Er.av.III - asr boshlarida Aleksandriyada museyon (yunoncha-museion-ruscha-xram muz, o’zbekcha-muzalar saqlanadigan joy) tashkil etiladi. Museyon fan rivoji uchun ham katta ahamiyat kasb etib, bir vaqtning o’zida ilmiy muassasa, muzey va ilmiy maktab rolini ham o’ynagan. Museyon Arastu tashkil etgan Afinadagi Likey maktabi bilan ham bog’liq bo’lib, unga Likeyda xam, Aleksandriya museyonida ham dars beruvchi mashhur olim Strabon boshchilik qilardi.
Qadimgi yunon fani ellin bosqichining yirik matematik olimlaridan biri er.av. III asrda Aleksandriyada yashagan Yevklid hisoblanadi. Uning yirik va mashhur asarlaridan biri "Nachala" bo’lib, unda o’sha davr matematika ilmining barcha yutuqlari jamlangan va sistemalashtirilgan. "Nachala"dagi hamma ishlar faqat Yevklidga tegishli emas, balki boshka yunon olimlari, shuningdek er.av. 406-355 yillarda yashagan mashhur antik davrning matematik va astronom olim Yevdoksga ham tegishli. "Nachala" 15 kitobdan iborat bo’lib, uning XIV-XV kitoblari Yevklid tomonidan yozilmagan bo’lib, keyinchalik shu to’plamga qo’shilgan. "Nachala"da antik davr matematikasi va geometriyasi asoslari, maydonlar, turli figura va jismlar hajmini aniqlash, son-sanoq nazariyasi, aksioma usuli (Yevklid tomonidan tuzilgan bo’lib-axioma-yunonchada, ruschada-polojeniye, prinimayemoye bez dokazatelstvo vsledstviye yego ubeditelnosti.) va boshqalar haqida yozilgan.
Qadimgi Yunoniston fani rivojining ellinistik davrida mexanika sohasida ham katta yutuqlarga erishilgan. Bu davr mexanik - olimlari orasida alohida obro’ga va sharafga erishgani er.av. 287-212 yillarda yashagan Arximed hisoblanadi. Bu buyuk olim Sisiliya orolidagi Sirakuza shahrida tug’iladi. U Rim va Karfagen o’rtasida O’rta yer dengizida hukmronlik kilish uchun bo’lib o’tgan birinchi va ikkinchi Puni urushlari davrida yashagan. Arximedning otasi matematik va astranom Fidiy bo’lib, u o’z o’g’liga yaxshi ma’lumot beradi. Arximed o’sha vaqtda Aleksandriya ilmiy markazining ko’pchilik olimlari bilan yaqindan tanish edi. Arximed Sirakuza shohi Giyeron II ning qarindoshi va yaqinlaridan edi. Ikkinchi Puni urushi ( er.av. 218-201 yillar) davrida Arximed Sirakuza mudofasiga rahbarlik qiladi. Uning boshchiligida o’sha davr uchun mukammal hisoblangan otiladigan snaryadlar yasaladi, natijada rim legionlari shaharni shturm bilan ololmay uni qamal qilishga majbur bo’lishadi. Nihoyat er.av. 212 yilda Sirakuza rimliklar tomonidan egallanib, Arximed o’ldiriladi( taxminlarga qaraganda Rim qo’mondoni Marsellning buyrug’isiz u o’ldirilgan) . Ma’lumotlarga ko’ra Arximed o’limi oldindan Rim soldatiga "Mening chizmalarimga tegma" deb aytgan.
Arximed og’irlik markazi tushunchasini fanga kiritadi va uni turli jismlarda aniqlashning usullarini yaratadi." Day mne, gde stat, i ya sdvinu Zemlyu"-degan so’zlar Arximedga tegishli. Arximedning ilmiy yutuqlari amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lib, u hayotda o’sha davrning barcha mashina va texnikalarida, irrigasiya va harbiy sohalarda qo’llanilgan. Arximed tomonidan ko’plab kashfiyotlar qilingan. Masalan suvni balandlikka chiqaruvchi qurilma uchun - arximed vinti, juda og’ir yuklarni ko’tarish uchun polistpastlar va vintlar, snaryad otuvchi harbiy mashinalar va hokazo injenerlik qurilmalari.
Arximed falsafiy qarashlarining ham ilg’or xarakterda ekanligini aytib o’tish zarur. Bu sohada u materialist tabiatshunos - faylasuf Demokrit pozisiyasini qo’llab - quvvatlaydi va taxminan er.av. 320-250 yillarda yashagan Aristarx Samosskiy fikrlariga qo’shiladi. Aristarx birinchi bo’lib geliosentrizm g’oyasini ilgari surgan, ya’ni - Kuyosh Yer atrofida emas balki Yer Quyosh atrofida aylanadi - deb hisoblagan. F . Engels uni Qadimgi dunyo "Koperniki" deb atagan edi. Shuni aytish kerakki, ya’ni Demokrit ta’limoti va Aristarx Samosskiy qarashlari o’sha vaqtlarda rasmiy tanqidga va muhokamaga uchragan edi. Xato bo’lmasa kerak, agar biz Arximedni so’ngi yirik tabiatshunos va shu bilan birga birinchi muhandis - olim deb aytsak, chunki uning ishlari tabiiy fanlarni mustaqil sohaga aylanishini boshlab berdi. Keyingi yillarda uning ishlari uzoq vaqt davomida o’z bahosini topmadi va amalda qo’llanilmadi.
Fakat Uyg’onish Davriga kelibgina Arximed ishlari o’z qiymatini topdi va yanada rivojlantirildi. Arximed asarlari birinchi bor 1543 yilda (lotin tiliga) tarjima qilinadi. Shu yili N.Kopernikning "Ob obrasheniyax nebesnix sfer" nomli mashhur asari nashr etildi.
Agar Arximed qadimgi yunon tabiatshunoslarining so’ngi buyuk vakili bo’lsa, Qadimgi Yunonistonning so’ngi yirik faylasufi bu er.av. 342-270 yillarda yashagan Epikur hisoblanadi. O’z qarashlarida Epikur materialist bo’lgan. U "hyech narsa yo’qdan vujudga kelmaydi va olam abadiydir" deb hisoblaydi. Epikur ham demokrit kabi olam atomlardan va bo’shliqlardan iborat deb hisoblaydi. Epikurning dinga bulgan munosabati ham qiziq, chunki u xudolarning borligini tan olsada, lekin xudolar odamlar hayotiga aralashmagan va hyech qanday ta’sir o’tkazmaydi, deb hisoblaydi. Keyingi yuz yillikda Epikur xudosiz - faylasuf deb hisoblangan.
Shunday qilib Qadimgi Yunonistonda fan yunon shahar - davlatlarining savdo-sanoat va madaniy markaz sifatida rivojlanishi uchun muhim omil bo’ldi.
Shuni ta’kidlash joizki, ya’ni Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo xalqlarining bilimlari, ya’ni qisqacha qilib aytganda, Qadimgi Sharq fani Yunon dunyosida ilm-fanning rivodlanishiga barakali ta’sir etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |