Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети



Download 1,27 Mb.
bet97/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

Astronomiya Vaqtni hisoblash zaruriyati kalendar sistemasining belgilanishiga sabab bo’l­gan, bu esa astronomiya sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. Birqancha astronomik ma’lumotlar Shumer-Akkad davridayoq to’plangan. Bu davrdan qolgan katta astronomik asarda ancha-muncha astronomik kuzatishlar, xususan dunyoning to’rt ikanii to’g’risidagi tasavvur keltirilgan. Bu astronomik ma’lumotlar o’sha davrda juda keng tarqalgan. Masalan, ba’zi nomlarning tarkibiga planetalarning nomlari kiritilgan. Shumer va Bobilning astronom-kohinlari o’z observatoriyalarining tepalaridan turib quyosh, oy va yulduzlar harakatini kuzatganlar; observatoriyalar odatda ibodatxonalarning etti pog’onali minora-zikkurati tepasidagi maydonchada joylashgan. Bunday minoralarning xarobalari Ikki daryo oralig’ining barcha qadimgi shaharlaridan: Ur, Uruq Nippur, Akkad, Bobil va boshqa shaharlardan topilgan. Ko’p asrlar davomida olib borilgan astronomik kuzatishlar natijasida juda ko’p bilim to’plangan. Bobil kohinlari yulduzlarni beshta planetadan ajrata bilganlar va bu planetalarning alohida nomlari bulgan. Planetalarning orbitalari am ma’lum bo’lgan. Butun yulduzlar osmoni zodiakning bahordagi nuqtasidan boshlab 15 qismga bo’lingan. Yulduzlar yulduz turkumlariga bo’lingan. Eklip­tika ham aniqlanib, 12 bo’lakka va shunga muvofiq 12 zo­diak yulduz turkumlariga bo’lingan. Bularning nomlari keyingi vaqtlargacha saqlanib kelgan. Planetalar, yulduz­lar, kometalar va meteorlar hamda quyosh va oy tutilishi yuzasidan olib borilgan kuzatishlar rasmiy hujjatlarda qayd etilgan. Turli yulduzlarning kulminasion paytlari kuzatilganligi va ular qayd etilganligi, shuningdek kulminasion davrlar o’rtasidagi vaqtning hisoblab chiqarilganligi astronomiyaning yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Bobil astronomiyasining eng yuksalgan zamoni eramizdan avvalgi VIII—VI asrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda Bobilning astronom - kohinlari juda ko’p astro­nomiya bilimi to’plaganlar, preqyessiya (tun va kun baravar bo’ladigan vaqtni oldindan bilish) haqida tasavvurlari bulgan va hatto quyosh hamda oy tutilishini oldindan ayta bilganlar.
Astronomiya sohasidagi elementar bilimlar Bobil kohinlarining o’ziga xos kalendar sistemasi tuzishlariga imkon bergan. Bu kalendar sistemasi qisman oy fazalarini doim kuzatib borish natijasida hosil qilingan ma’lumotlarga asoslangan. Vaqtni hisoblashda sutka (bir kecha-kunduz), qamar oyi hamda 354 kundan iborat yil asosi kalendar birligi qilib olingan. Bir sutka uch qorovullik kechaga va uch qorovullik kunduzga bo’lingan, bunda sutkaning boshlanishi odatda kun botgan vaqtdan hisoblangan. Shu bilan birga, har bir sutka 12 soatga va har bir soat 30 minutga bo’lingan. Shunday qilib, sutka 12 ta katta va 360 ta kichik bo’lakka bo’lingan. Bu esa Bobil matematikasi, astronomiyasi va kalendari sistemasiga asos qilib olingan oltilik sanoq sistemasiga mos keladi. Doira, sutka va yilni 12 ta katta va 360 ta kichik bo’lakka bo’lishga urinish kalendarda ham aks etganligi ko’rinib turibdi. Har bir qamar oyining boshlanishi va shunga muvofiq ravishda uning davom etish muddati har gal tajriba asosida, maxsus astronomik kuzatishlar natijasida belgilangan, chunki har oy albatta yangi oy tug’ilgan kundan boshlanishi lozim bo’lgan. Kalendar yili bilan tropik yili o’rtasidagi tafovut 11 kundan sal oshiqroq (to’g’risi, 11 kunu 5 soat 48 minut 46 sekundga baravar) bo’lgan. Bu hatto vaqt-vaqti bilan qo’shimcha oy qo’shib borish yuli bilan to’g’rilanib borgan, yilga qo’shimcha oy qo’shish esa Xammurapi davrida markaziy davlat hokimiyatining maxsus buyrug’i bilan amalga oshirilgan.
3. Medisina va veterinariya sohasida ham sekin-asta bilimlar ham to’plana borgan. Bo­bil medisinasi Xammurapi zamonidayoq maxsus tarmoqlarga- xirurgiya, ko’z og’riqlarini davolash va hokazolarga bo’lingan. Anatomiya juda past darajada bo’lgan; hakimlar (vrachlar) kasallik alomatlarini aniqlash yordamida diagnozni qo’yishda faqat eng muhim a’zolardagi, masalan, yurak, jigar, buyrakdagi kasalliklarnigina aniqlay olganlar. Lekin vrachlar kasalning hamma alomatlarini belgilash yuli bilan kasalga aniq diagnoz quyish zaruriyatini juda yaxshi tushunish bilan birga, kasalliklarni obektiv ravishda urganishga va kasalliklarga qarshi samarali kurashga urina boshlaganlar. Chunonchi, Bobil kohinlari kasal joydagi ogriqni «boglab quyish bilangina tuxtatib bulmaydi va agar vrach kasallikning qanday kasal ekanligini bila olmasa... bemorni ulim changalidan qutqaza olmaydi deb xisoblaganlar. Asosan keyingi zamonlarga oid bulgan medisina tekstlarida qorin va ichak yullaridagi, nafas olish a’zolaridagi turli kasalliklar (tumov, balgam tashlash, burundan kon oqish) ning alomatlari va bod kasali (burinlarning zirqirab oђrishi) alomatlari bayon qilingan. Kupincha bezgakning alomatlari: isitma, junjish, qaltiroq bosish, sovuq ter bosishi bayon kilinadi. Falajga olib kelgan «sanchiq» alomatlari juda obrazli qilib bayon etiladi: «falaj odamning lablari qiyshayib ketgan, ko’zi yumilgan bo’ladi... og’zini ocha olmaydi va gapira olmaydi». Bobil vrachlari boshqa kasalliklarni: ko’z, quloq og’riqlari, shish, teri kasalliklari (moxov), yuraq buyrak kasalliklari, sariq suv kasalliklari, siydik yo’li-tanosil kasalliklari va xotin-qizlar kasalligi, hatto asabiy yoki «baxtsizlik tufayli ruhiy tushkunlik» natijasida yuz beradigan ruhiy kasalliklarni ham davolashga harakat qilganlar. Davolashga oid asarlarda, ba’zan, odamning «ko’zi tinib», «behush bo’lib yiqilishi» tilga olinadi. «Chakka tomirlari» degan alohida kasallik ochiq-ravshan tasvirlanadi, bu kasallik miyaga, kisman ko’zga (bunda ko’z qorachig’i xiralashadi) qon quyilishi bilan bog’liq bo’lsa keraq. Bu kasallikning eng muhim alomatlari shundan iboratki, bunda «odamning chakka tomirlari tepa boshlaydi, qulog’i g’uvullaydi, ko’zlari charaqlab yonadi, orqa miyasi (ensasi) mijirlab og’riydi, yuragi o’ynaydi va oyoqlari bo’shashib, darmonsiz bo’lib qoladi». Medisinaga oid saqlanib qolgan tekstlarda kasalliklarni ma’lum sistemaga solishga urinilganini ko’rish mumkin, ammo bunda aniq bir izchillik yœq. Chunonchi, nafas olish organlariga oid kasalliklar umumiy bir sarlavha bilan, yoki to’g’rirog’i: «Og’izdan nafas olish qiyinlasha borganda» degan kirish so’zi bilan bayon etilgan. Jigar va o’t pufagi kasalliklarining tafsiloti ham alohida bo’limlarda birlashtirilgan; nihoyat, tafsilotiga ko’ra, revmatizm yoki podagraga o’xshab ketadigan «yuroi tomir» kasalligi alohida tavsif qilingan. Mana shu barcha kasalliklarni davolash uchun juda ko’p va xilma-xil vositalar qo’llanilgan. Bu vositalar orasida turli-tuman dorilar (ba’zan juda ham murakkab dorilar) eng muxim o’rin tutgan. Dorilardan tashqari, ishqalash, kom­press, uqalash va yuvish usullari ham qo’llanilgan. Medisinada suv bilan yoђning keng ko’lamda ishlatilganini shundan ham bilsa bo’ladiki, hakim (vrach) so’zining aynan tarjimasi «suv ustasi» yoki «yoђ ustasi» demakdir. Bu hol qisman diniy-sehriy e’tiqodda suv bilan yoђning keng ishlatilganligi bilan ham borliqdir. Zero, tabiblar xudosi Ninazu va uning o’g’li xudo Ningishzidalar œz navbatida suv va er ilohlari xam xisoblanganlar. Xudo Ningishzidaning belgisi esa hassaga chirmashib turgan ilon bo’lib, u medisina timsoli sifatida shu vaktgacha saqlanib kelmokda.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish