Ўқитувчи дарс давомида қуйидаги ишларни бажаради
- Ташкилий қисм: хонанинг тайёгарлиги, жиҳозланиши, санитария ҳолати, талабаларининг давомати – 2 минут
- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут
Eramizdan 4000 yil ilgari vujudga kelgan Misr madaniyati jahondagi eng qadimgi madaniyatlardan biri bo’lib, Qadimgi Misr madaniyati bir qator rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Uning gullab yashnash davri asosan, (er.avv.28-23asrlar), O’rta(er.avv 21-18asrlar.) va Yangi Podsholiklar (er.avv 16-11asrlar)davriga to’g’ri keladi
Qulay tabiiy sharoitlar bu erda moddiy madaniyat va texnikaning juda barvakt taraqqiy etishiga yordam bergan. Sun’iy sug’orish ishlariga bo’lgan benixoya zo’r extnyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, to’ђonlar, dambalar va dastlabki vaktlarda oddiy pishang bilan ko’tariladigan bosmalar, keyinchalik esa charxpalaklariing murakkab sistemasini barpo etishga majbur qilgan. Bularning barchasi asta sekin yozuv, ilmiy bilimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Shumer, qadimgi hind, qadimgi xitoy yozuvi va boshqa shu kabi eng qadimgi yozuv sistemasiga o’xshab Misrning qadimgi ieroglif yozuvi ham o’z holicha ibtidoiy davrdagi eng oddiy rasm va shakllardan paydo bo’lgan. Keyinchalik ieroglif sifatida taraqqiy etib keng qo’llanila boshlandi.
Ilm-bilimlar to’planib borgan va alohida maktablarda avloddan-avlodga utib borgan. Bu maktablarning ko’pchiligi yo mirzalar tayyorlab chiqaradigan saroy maktablari bo’lib, unda aristokrat-quldorlarning bolalari o’qigan, yoki markaziy mahkama qoshidagi alohida maktablar bo’lib, unda muayyan mahkama, masalan, podsho xazinasi uchun amaldor-mirzalar tayyorlangan. Bu maktablarda intizom juda qattiq bo’lgan va bu intizom tan jazosi vositasi bilan mustahkamlangan, maxsus «Nasihatnomalar» vositasi bilan uqtirilgan. Masalan, bir «Nasihatnoma» ning avtori bunday deydi: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo’qsa qattiq jazoga duchor bo’lasan. huzur-halovatga ko’ngil qo’yma, yuz tuban ketasan. Qo’lingda doim kitob bo’lsin, uni ovoz chiqarib o’qigil va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahatlashib ish tut. O’z sohasini suvdek ichib olgan mirza baxtlidir... Bir kunni ham yalqovlik bilan o’tkazma, yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog’i elkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda qulog’iga gap kiradi. Doim maslahat bilan ish qil va buni esingdan chiqarma. Yoz va yozuvdan sira zerikma». O’quvchilarni asosan og’ir va murakkab savodga o’rgatganlar, ularni maxsus husnixat namunasiga qarab har kuni salkam uch sahifa yozishga majbur etganlar. O’quvchi imlo qoidalarinigina emas, balki murakkab husnixat va stilistikani ham chuqur o’zlashtirishga majbur bo’lgan. Endi savod o’rgana boshlagan mirzalarning mashqlari yozilgan tekstlar bizning zamonamizgacha saqlanib qolgan, bular asosan tarbiyaviy maqsadni kuzatgan nasihatlardan iborat, unda puxta yozilgan va ibrat bo’ladigan gaplar yozilgan. namunalar ham saqlanib qolgan. Nihoyat, Misrda oliy tipdagi «Mirzalar maktabi» ham bo’lgan, ular «turmush uyi» yoki «hayot uyi» (peranx») deb atalgan. Bunday «turmush uyi» xarobalari fir’avn Exnatonning qadimgi poytaxtidan topilgan.
Kundalik hayotdagi extiyojlar, xo’jalik va ayirbosh savdosining rivojlanishi va tabiatni kuzatib borish natijasida dastlabki ilm-bilimlar to’plangan. Jami bu bilimlarning hammasi ham amaliy xarakterda bo’lgan. Masalan, tematika sohasidagi eng qadimgi bilimlar shunday turmushdagi amaliy ishlar bilan chambarchas bog’langan bo’lib, tanobchi va binokorlarning ishini osonlashtirishda xizmat qilgan. Masalan, Amenemxet II ning nomlar chegarasini «kitoblarda aytilgan va qadimgi yozuvlarda ko’rsatilgan» asospanib belgilanganligini bilamiz. Chegaralarni maxsus tanobchilar ma’lum hisoblarga asoslanib belgilaganlar va so’ngra ularni yozib qo’yganlar. Maqbaralarda saqlanib qolgan va er o’lchaydigan maxsus arg’amchi bilan er o’lchab berilayotganligini tasvirlovchi rasmlar bundan dalolat beradi. Matematika masalalarining mazmuniga qaraganda arifmetika va geometriya sohasidagi bilimlardan er maydonini aniqlash, g’alla uyumining qancha kelishini yoki don saqlanadigan ombor sig’imini aniqlash uchun foydalanilgan. Nihoyat, misrliklar matematika sohasida orttirgan bilimlari tufayli, joyning sxematik kartasini va primitiv chertyoj chizishni bilganlar. Ko’pdan-ko’p muhtasham binolar, ayniqsa piramidalar matematikaning, xususan geometriyaning binokorlikda, qurilish ishlarida juda katta ahamiyatga ega bo’lganligini ko’rsatadi, chunki piramidalarni faqat bir qancha aniq hisoblar asosidagina ko’rish mumkin bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |