- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут
Tarixshunoslik ilmida O’rta asrlar tarixi uzoq davrni, eramizning V asridan, ya’ni quldorlik imperiyasining qulashidan to XVII asrning 40-yillarida boshlangan ingliz-burjua revolyusiyasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, uni dunyo xalqlarining deyarli hammasi o’z boshidan kechirganlar. 1200 yildan ko’prok davrni o’z ichiga olgan feodalizm davri Angliya va Fransiyada G’arbiy Rim imperiyasining yemirilishi bilanoq boshlanib, Angliyada XVII asrgacha Fransiyada XVIII asrgacha davom etgan bo’lsa, Rossiyada feodalizm keyinroq, ya’ni IX asrdan boshlanib, to 1861 yil krepostnoy huquqining bekor qilinishigacha davom etdi. O’rta Osiyoda esa V-VI asrlardan to XX asrning boshlarigacha davom etdi.
Ma’lumki, qadimgi dunyo quldorlik jamiyati, qadimgi dunyo sivilizaasiyasi Sharq dunyosida vujudga kelib, Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida o’zining yuksak taraqqiyotiga erishgan. Shundan so’ng sivilizasiya markazi asta-sekin G’arb dunyosiga kuchdi.
G’arb mamlakatlari feodal jamiyati, davlatchiligi hamda madaniyatida xristian dinining hukmron dinga aylanishi qanchalik ahamiyat kasb etsa, bu davrlarda Sharq dunyosida Islom dinining yaratilishi va tarqalishi ham uning yuksak madaniyatining vujudga kelishiga shunchalik hissa qo’shdi.
Quldorlik tuzumiga nisbatan feodal jamiyatining progressivligi – bu qulchilikka nisbatan unumlirok bo’lgan mayda dehqon xo’jaligining paydo bo’lishidir. Chunki yersiz va o’z mehnatidan manfaatdor bo’lmagan quldan farq qilgan holda dehqon o’z yeriga ega bo’lib, mustaqil xo’jalik yuritar hamda qishloq xo’jalik ekinlari mahsuldorligini oshirishdan manfaatdor edi.
Ilk o’rta asrlardayoq qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish va savdoning taraqqiyoti hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga, bu esa o’z navbatida hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari bo’lgan yangi-yangi shaharlarning vujudga kelishiga olib keldi.
Lekin, shunday bo’lsada, odamlarning qadimdagi kabi o’rta asrlarda ham tabiatning mudhish kuchlari: zilzila, toshqin, qirg’okchilik va epidemiyalar oldida ojizligi, fan va texnika taraqqiyotining pastligi, ularni sarosimaga solardi. Insoniyat tarixida hyech bir jamiyatda feodallarning huquqlari cheksiz xudbinlik darajasiga ko’tarilgani kabi jamiyat bo’lmagan hyech qachon mavjud tartiblar va qonunlarning feodalizmdagi kabi faqat zaif mehnatkashlar tomonidan bajarilishi talab qilingan jamiyatni uchratmaymiz.
Shuning uchun ham dehqonlarning feodallar jabr-zulmidan qutulib bo’lmaydi degan; tortayotgan azob-uqubatning chek-chegarasi yo’q degan tasavvurlarga kelishi xrestian cherkovini obro’sini ko’tarib yubordi. Xudoga bo’lgan ishonch har qanday ilmiy qarashlarning cherkov tomonidan qattiq nazorat ostiga olinishiga olib keldi. Cherkov xalqning nodonligi va jaxolatligidan foydalanib, boylik ortirar va mavjud feodal tuzumni mustahkamlashdan manfaatdor edi. Papalar (yunoncha –papes – ota) indulgensiya (lotincha – avf etish) qog’ozi sotishdan g’oyat katta daromad topardi. Cherkov xudo barcha odamlarni uch toifaga bo’lgan deb jar solardi:
1-toifadagi «ruhoniylar» – hamma uchun ibodat qilmog’i lozim;
2-toifaga «feodallar» urush qilmog’i;
3-toifaga «dehqonlar va hunarmandlar» kirib, ular hamma uchun mehnat qilmog’i kerak deb uqtirilardi.
Xristian axloqi aholini itoatkorlik va sabr toqatli bo’lish ruhida tarbiyalashga, feodal tartiblarga qarshi har qanday fikrni bo’g’ib tashlashga majbur edi. Cherkov ta’limotiga qarshi chiquvchilarni ruhoniylar yeritik (bid’ftchi) deb atardi.
Papa yeretiklarga qarshi kurashish uchun XIII asrda maxsus cherkov sudiinkvizisiyani (lotincha – tergov) tashkil etdi. Yeretik deb topilgan kishilar gulxanda yoqilardi. Natijada cherkov ta’limotiga zid fikrdagi kishilar, hatto ilm-fan sohasidagi bir qator olimu kashfiyotchilar jazolanardi.
G’arbiy Yevropada xristian cherkovi tepasida Rim papasi, turardi. Uning qarorgohi Vatikan shahri edi. Yirik viloyatlarda cherkovni yepiskoplar va arxiyepiskoplar boshqargan. Monastirlar boshqaruvchisi-abbatlar (ota) deb atalgan. Tarki dunyo qilgan kishilar-monaxlar (yunoncha – yolgiz) monastirlarda yashaganlar. Barcha cherkov xodimlari ruxoniylar tabaqasini tashkil etgan.
Eramizning 354-430 yillarda yashagan, cherkov otast deb nom olgan Yepiskop Avreliy Avgustin cherkovning tashkiliy strukturasini va dogmatikasini tuzadi. Avreliy Avgustin-neoplatonizm tarafdori edi. Uning fikricha butun olam katolik cherkovi tomonidan boshqarilishi kerak, ya’ni cherkov koshida (vechnaya merovaya bojya derjova) abadiy butun olam cherkov hukmronligi o’rnatilishi kerak. Shu bilan birga Avgustik xususiy mulk va ijtimoiy tengsizlikni himoyalab chiqdi.
III asrlarda Rim yepiskopligi zaminida shaklana boshlagan IY asrlarda papa unvoni olgan cherkov boshlig’ining ta’siri G’arbiy Yevropa mamlakatlarida yanada kuchaya bordi. Papa turli mamlakatlarining oliy ruhoniylardan iborot kardinallar kengashida ko’pchilik ovoz bilan umrbod saylanadigan bo’ldi. Shu bilan birga XI asrda feodalizmning diniy falsafasi sifatida sxolastika vujudga keldi. Uning vazifasi o’rta asrlardagi ijtimoiy tengsizlikni, cherkov dogmatikasini iborat edi. Yirik sxolast filosof va teologlardan biri Anselm Kenterberskiy (1033-1109) edi. Anselm cherkov mustaqilligi mustahkamlash tarordarlaridan edi. U har qanday ilmiy bilim ishonchining asosi bo’lishi mumkin (?) deb hisoblardi. U xudoning borligini isbotlashga harakat qiladi.
Feodalizm davri faylasuflardan Parijdagi monastir maktabining o’qituvchisi faylasuf va yozuvchi Pyer Abelyarni (1079-1142) aytib o’tmaslik mumkin emas. Abelyar o’zining traktatlariga asos qilib qo’yidagi tezisni qo’ydi: "Ponimat, chtobы verit", "Ishonish uchun tushunish" boshqacha qilib aytganda Abelyar u ishonadigan hamma narsa oldindan tushunarli bo’lishi kerak deb hisoblardi. Bunday talqin o’sha davrda yeretiklikka teng edi M: ikkinchi salb qarashi targ’ibotchilaridan biri Bernard Kirvosskiy Abelyarni "antixrist va shayton"deb atagan edi.
XII - XIII asrlarda Aristotelning asarlari lotin tiliga tarjima qilindi. Bu esa ortadoksal katolik doktrinalarining Arastu qarashlarini bir qanchasini xristian ta’limotiga moslashlariga urinishiga olib keldi.
Ana shunday sxolast-faylasuflardan biri Foma Akvinskiy (1225-1274) bo’lib, u o’sha davrda keng tarqalgan sxolastik tizimni yaratdi. Bu tizim o’rta asrlar ideologiyasida xukmron bo’lgan o’ziga xos ensiklopediya bo’ldi.
Foma Akvinskiy o’z asarlarida nafaqat teologik, diniy muammolarni, balki huquq, ahloq, davlat, iqtisod va tabiiy fanlar masalalarini ham yoritdi.
Sxolastik olimlardan farq qilib - Fan tarixiga ilg’or fikrlovchi bo’lib kirgan olim Angliyalik fransiskan monaxi faylasuf va tabiatshunos Rodjer Bekon (1214-1232) hisoblanadi. U cherkov va feodal sxolastikani tanqid qilib chiqdi. R.Bekon cherkovga yolg’onchilar kirib olgan chunki ruhoniylar boy-badavlat yashashadi va shuning o’zi ular ta’limotiga ziddir deb aytadi. U utopik davlat loyihasini ishlab chiqadi. Bunda oliy hokimiyat xalq majlisi tomonidan boshqarilishi kerak. R.Bekon tabiiy fanlar bilan shug’ullanib, matematika, astronomiya, fizika va kimyo sohasida fa’oliyat ko’rsatdi.
Uning fikricha haqiqatni izlashda yagona va muhim vosita bo’lib aql emas, balki tajriba xizmat qiladir ya’ni bilimni kuzatishlar va tajribalar yo’li bilangina hosil qilish mumkin, deb isbot qilardi. Fanning maqsadi tabiatni o’rganib, uni odamlarga xizmat qildirishdan iborat degan edi Bekon. R.Bekon magnit strelkasini va katta qilib ko’rsatadigan oynani tajriba qilib ko’rdi, demak mikroskop va teleskopning kashf qilinishini hamda boshqa kashfiyotlarni oldindan ko’ra bildi. Biroq u cherkov tomonidan tanqib ostiga olindi, uning sarlari yo’qotildi, o’zi papaning bo’yrug’i bilan 14 yil turmaga tashlandi.
XI - XY asrlarda G’arbiy Yevropada shaharlarning o’sishi va markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi ilm-fan, maktab va madaniyatning rivojlanishiga turtki berdi. Shaharlar va savdo-sotiqning rivojlanishi bilan shuningdek salb yurishlari vaqtida yevropaliklarning dunyo xaqidagi tasavvurlari kengaydi. XIII- asrda venesiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo 25 yil davomida Uzoq Sharq mamlakatlarida bo’lib, bu mamlakatlar haqida qimmatli ma’lumotlar to’pladi. Italiyaga qaytgach, Osiyodagi davlatlar va xalqlar hayoti va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar yozdi.
Markazlashgan davlat boshqaruvi bilimli kishilar ko’proq bo’lishini talab qilardi. Qirollarga savodli, ma’lumotli amaldorlar va sudyalar kerak edi. Natijada shaharlarda cherkovga qarashli bo’lmagan xususiy kishilar yoki shahar kengashi tomonidan ochiladigan maktablar vujudga kela boshladi.
XII asrda Yevropada dastlabki Oliy maktablar - universitetlar vujudga keldi. 1160 yilda Parij universiteti tashkil topdi. Taxminan o’sha davrlarda Italiyadagi Bolonye universiteti vujudga keldi. 1167 yilda Angliyada Oksford universiteti tashkil topdi. Bu yerda R.Bekon ham o’qituvchi bo’lib ishlardi. 1209 yilda Kembridj 1222 yilda Paduan, 1224 yilda Neopol, 1347 yilda Praga va 1364 yilda Polshadagi Krakov universitetlari paydo bo’ldi. XV asrlarga kelib Yevropada universitetlarning soni 65 taga yetdi. Dastlab mashhur o’qituvchilar bo’lgan shaharlarda vujudga kelgan bu universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi, shuning uchun bu universitetlarda turli mamlakat vakillari o’qiy olardi. Universitetlarda dastlab ilohiyot fanlari o’qitilsada, biroq o’qitish jarayoni ilgarigiga nisbatan mutloqo farq qilib, sistemali ravishda olib borilardi. Talabalar shuningdek huquq, tibbiyot, matematika, astronomiya, fizika, gramatika, falsafa va boshqa fanlar o’qitilardi.
O’qituvchilar ma’ruzalari talabalar tomonidan yozib olinardi va tinglanardi. Ma’ruzalar disputlar bilan to’ldirilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |