Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети


- Синов саволлар намунаси – 10 минут



Download 1,27 Mb.
bet115/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут

Olimlar fikricha Oder, Visla, Dnestr va Pripyat daryolarining yuqori oqimi va so’ngra sharqqa tomon Dnepr bilan Desnagacha bo’lgan keng maydonlarda qadimgi slavyanlarning avlod-ajdodlari ya’ni praslavyanlar yashaganlar. IX- asrda ana shu sharqiy slavyanlarning ya’ni uch qardosh xalq rus, ukrain va beloruslarning umumiy davlati bo’lgan Rus feodal davlati qaror topdi. Sharqiy slavyanlar o’z poytaxtlarining nomi bilan bu davlatni Kiyev Rusi deb atashgan. Rus to’g’risida eng qadimgi yozma ma’lumotlar XII asr boshida Pechora monastirining monaxi Nestorning «Povest vremennыx let» «Muvaqqat yillar qissasi» nomli asarida uchraydi. Nestor ko’plab yunon va rus kitoblarini tahlil qilish asosida «Kak i otkuda poshla Russkaya zemlya» degan sarlavha bilan o’z asarini yozishni boshlagan. Uning fikricha «Rus davlatining poydevori VI asrlarda yashagan afsonaviy knyaz Kiy nomi bilan bog’liq bo’lib, u ehtimol Dnepr bo’yi qabilalari ittifoqining boshlig’i bo’lgan, lekin hali to’la ma’nodagi feodal podsho emas edi. Solnomachi Nestor VIII-IX asrlarda sharqiy slavyanlarning salkam 15 ta qabilaviy ittifoqlarini tilga oladi: polyanlar, severyanlar, volinlar va bujanlar, ulichlar va tverliklar, dregovichlar, radimichlar, vyatichlar, polochanlar, krivichlar, slovenlar va boshqalar.


Shunday qilib rus yoki rus xalqlari to’g’risida dastlabki tarixiy ma’lumotlar milodiy VI asrlarga tegishli bo’lib, Rus xalqi fani va madaniyatini o’rganishda bizga rus knyazlari haqida yaratilgan bir qator dostonlar ham ma’lumot beradi. Kiyev Rusi feodal davlatining ilk knyazlaridan biri Oleg (882-912) hukmronligi davrida davlat hududi kengaytiriladi. Bu davrda dexqonchilik va chorvachilik rivojlanib, uch dalali almashlab ekish, yerga ishlov beruvchi qurollar takomillashadi. Oleg vafotidan keyin taxtga chiqqan Igor (912-945) hukmronligi davrida Kiyev Rusi yanada mustahkamlanadi va kengaytiriladi. Biroq u drevlyanlar tomonidan 945 yilda qayta o’lpon yig’ish paytida o’ldiriladi. Shundan uning beva xotini Olga davlatni boshqaradi. U birinchilardan bo’lib xristianlikni qabul qilgan. Igorning o’g’li Svyatoslav (964-972) hukmronligining asosiy qismi harbiy yurishlar bilan o’tdi. Svyatoslav qo’shini 972 yilda Vizantiya yurishidan qaytayotganida Dnepr ostonalarida ko’chib yurgan pecheneglar bilan to’qnashadi. Jangda rus qo’shinlari mag’lub bo’lib, Svyatoslav o’ldiriladi. Pecheneglar xoni uning bosh chanog’idan may ichish uchun tilla qoplangan qadah yasashni buyuradi. Shundan so’ng taxtga Vladimir Svyatoslavich (980-1015) chiqadi. Uning asosiy xizmati birinchidan barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusi qo’l ostiga birlashtirish, ko’chmanchilarga qarshi mamlakatning mudofaa qudratini oshirishi bo’lsa, ikkinchidan 988 yilda Rusda xristian dinini joriy etishi edi. Buning natijasida Vizantiya yozuvi va san’atining Rusga kirib kelishiga keng imkon yaratildi.
IX- asrda (855 yilda) aka-uka Kirill va Mefodiylar slavyanlar uchun maxsus alefbo ixtiro qilishadi. U slavyan tilining murakkab tovushlariga moslashtirilgan edi. Endi rus kishilari savdo shartnomalari yoza boshlaganlar, solnomalar, qonunlar majmualarini tuzadigan va yunon tilidan kitoblar tarjima qiladigan bo’ldilar.
Yaroslav Mudriy (1019- 1054) hukmronligi davrida Rusda maorifga davlat darajasida e’tibor berilib, kitoblar tarjima qilinadi, kutubxonalar yaratiladi, cherkov va monastirlar quriladi. Hozirgacha saqlanib qolgan Kiyevdagi oltin darvoza va Sofiya ibodatxonasi Yaroslav davriga oid bo’lib, ular rus madaniyatining yuksak saviyasidan dalolat beradi. Knyaz Yaroslav Novgorodda tartiblar to’g’risida qonun yaratib, bu fanga «Yaroslav sudi» nomi bilan kirgan.
Dono Yarosdav vafotidan keyin uning vorislari o’rtasida boshlanib ketgan o’zaro urushlar keltirgan xonavayronliklar ustiga qurg’oqchilik tufayli kelib chiqqan ocharchilik va sharqdan Rusga bostirib kirgan yangi ko’chmanchilar- kipchoqlarning dahshatli bosqini natijasida rus fani va madaniyati biroz tushkunlikka uchradi. O’zaro feodal tarqoqlik urushlari va xalq qo’zg’olonlarining kuchayishi knyazlar va hukmron sinf manfaatlari himoya qiluvchi qo’shimcha qonunlar joriy etish zaruratini tug’dirdi. 1072 yilda aka-uka Yaroslavichlar Kiyevda yangi knyaz qonuni – «Russkaya Pravda»ni tuzishdi.
«Russkaya Pravda»ning moddalarida asosan knyaz va uning ma’murlari manfaatlari himoya qilindi. M: uning 20-chidan to 24-chigacha bo’lgan moddalarida knyaz boshqaruvchisini o’ldirgan kishi yoki jasad topilgan yerdagi butun jamoa katta jarima ( 80 ho’kiz yoki 400 qo’y qimmatiga teng) to’lagan. Bunday jarima butun qishloqni xonavayron qilgan yoki dehqonlarni knyazga qaram qilib qo’ygan. Aksincha oddiy dehqon (smerd yoki qarol) o’ldirilsa, knyaz ma’murinikiga nisbatan 16 barobar kam jarima to’langan.
Dono Yaroslavning nabirasi Vladimir Monomax (1113-1125) «Russkaya Pravda» qonunlariga jiddiy o’zgartirishlar kiritib, sudxo’rlardan qarz olib ko’pincha qaram bo’lib qoladigan mayda shahar aholisi manfaatlarini himoyalab chiqadi. Bu qonun «Monomax ustavi» deb yuritildi. XI- asrning oxirlarida Vladimir Monomaxning singlisi Kiyevda qizlar uchun maktab ochadi. Biroq XI- asr oxirlarida knyazlar bilan yirik feodallar o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro kurash kuchayib Rusning kuch-qudrati va birligiga putur yeta boshlaydi. Yaroslav Mudriy va uning nabirasi Vladimir Monomaxlar Rusning nisbatan birligiga erishgan so’nggi buyuk knyazlar edi. Yaroslavning o’g’illari hukmronligi zamonidayoq boshlanib ketgan feodal tarqoqlik Kiyev feodal markazlashgan davlatining 1132 yilda 10 dan ortiq mayda knyazliklarga bo’linib ketishiga olib keldi.
Shunday qilib ilk feodal davlat bo’lgan Kiyev Rusi 300 yilcha (IX asrdan – XII asrgacha) hukmronlik qilib, sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirdi va ularning fani va madaniyati rivojiga turtki berdi. Dastlab slavyan xalqlarining tuyg’ulari ularning qahromonlik-epik dostonlarida (Ilya Muromes, Mikula Selyaninovich.) namoyon bo’ldi. So’ngra X asr boshlarida Rusda yozuvning rasm bo’lishi rus fani va madaniyatining rivojlanishiga ko’maklashdi.
XI asr o’rtalaridan Rusda yunoncha va bolgarcha qo’lyozma tarjima asarlar: «Purhikmat», «To’plam» kabilar tarqaldi. XI asrning oxiri – XII asr boshlarida dastlabki original ruscha asarlar paydo bo’ladi. Bular orasida Nestor qalamiga mansub «O’tmish yillar qissasi», «Knyazlar Boris bilan Gleb to’g’risidagi saboqlar», «Feodosiy Pecherskiy hayoti» va boshqalar bor.
Qadimgi Rus adabiyotining eng salmoqli asarlaridan biri bu 1185 yilda noma’lum avtor tomonidan yozilgan «Igor polki jangnomasi»dir. «Jangnoma»da knyaz Igorning qipchoqlarga qarshi hamlasi va qipchoq xoni Konchakning uni tor-mor etishi bayon etilib, unda rus knyazlarining birlashishiga da’vat etiladi.
XII-XIII asrlarda Rusda katta-kichik shaxarlar vujudga kelib, binokorlik va me’morchilik yanada rivojlanadi. Poytaxt shaharlarning jadal qo’rilishi va ularning bezaklari rus me’morlari ijodini yuksaltirdi. M: Bogolyubovadagi Andrey qasri, Pokrov cherkovi (XII a.), Vladimirdagi Uspenskiy va Dmitriyevskiy soborlari (XII a.), Pereyaslavldagi Spassk sobori, Novgoroddagi Spas-Neredisa cherkovi bunga misol bo’la oladi.
XV asrda mug’ul-tatar zulmidan ozod bo’lgan Rus yerlarining markazlashuvi jarayoni bo’lib o’tadi. Tverlik savdogar Afanasiy Nikitin (--1472 yilda o’lgan) 1466-1472 yillarda Fors va Hind o’lkalariga sayohat qilib, qaytishda Afrika soxillaridagi Somali, Arabiston va Turkiya orqali sayoxat qiladi. Uning «Uch dengiz osha sayohat» asari tarixiy-adabiy-geografik xarakterga ega bo’lib, rus fanining rivojiga katta hissa qo’shadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish