Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet6/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi. Bolalar adabiyotining asosiy xususiyatlaridan biri – uning samimiy his-tuyg‘ularga boyligi ekani o‘z vaqtida V.G.Belinskiy tomonidan qayta-qayta uqdirilgan edi. Quvnoq yumor esa uni yanada to‘ldiradi. Bu hali-hanuz bolalar adabiyotining o‘ziga xosligini belgilab kelmoqda. N.G.Chernishevskiy shu ma’noda, bolalarga mo‘ljallangan badiiy asarlarda “Vah... Qanday dahshat?”, “Ey, muncha kulgili!”, “Bay-bay, muncha yaxshi!” kayfiyatlarini qo‘zg‘ovchi alomatlari bo‘lmasa, yosh kitobxonlarni to‘lqinlantira olmaydi, deb hisoblagan edi. Shu jihatdan qaralsa, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida ham lirik ko‘tarinkilik va quvnoq yumorga boy asarlar yosh avlod qiziqishiga ko‘proq muyassar bo‘lgan. Zero, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Sehrgarlar jangi yoxud, shirin qovunlar mamlakati”, A.Obidjonnng “Dahshatli Meshpolvon” va “Meshpolvonning janglari” kabi asarlarini o‘zgacha zavq bilan o‘qilishining siri avvalo shunda.

Real olam voqealarini xayolot dunyosiga o‘g‘irib, adadsiz orzular tasvirida berish bolalar adabiyotining doimiy ehtiyojlaridan. Ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar kitobxonligiga xos ertak va hikoyalarni sehrli predmetlar, ajoyib-u g‘aroyib sarguzashtlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bolalar adabiyotida X.Andersen, M.Tven, R.Kipling, J.Rodari, K.Chukovskiy, X.To‘xtaboyev, A.Obidjon kabi bolalar adiblari asarlarida bu sirli tilsimlar asosiy g‘oyani ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. “Ayniqsa, Xudoyberdi To‘xtaboyevning Hoshimjoni – deb yozadi A.Rasulov – sehrli qalpoqchasini kiyib yarim dunyoni kezib chiqdi, ming-minglab kitobxonlar qalbidan joy oldi”6. Olim bunda X.To‘xtaboyevning mahorati, bolalar qalbini rom etish san’atini nazarda tutadiki, chindan ham o‘zbek bolalar adabiyotshunosligi oldida ularni teran yoritish masalasi hali-namuz ko‘ndalang turibdi.

    1. Xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning yorqinligi, jonliligi. Harakatchanlik, tinib-tinchimaslik, hamma narsaga qiziquvchanlik bolalarning tabiatida mavjud. Bu jihat ularbop asarlarda ham o‘z ifodasini topadi. Jahon va o‘zbek bolalar adabiyotidagi Robinzon (“Robinzon Kruzo”), Gulliver (“Gulliverning sayohatlari”), Pinokkio (“Pinokkio va uning boshidan kechirganlari”), Buratino (Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari), Kachal polvon (“Kachal polvon yoxud yog‘och qo‘g‘irchoqning sarguzashtlari”), Qoravoy (“Shum bola”), Hoshimjon(“Sariq devni minib”), Alamazon (“Alamazon va uning piyodalari”) kabi qahramonlarning sarguzashti, o‘ziga xos va mos harakati orqali voqealar sujetida qiziqarlilik sodir bo‘lgan. Ba’zi asarlarda esa yanada shiddatli dinamizm ko‘zga tashlanadi. K.Chukovskiyning “Moydodыr” (“Yuvin, do‘mbog‘im”), Q.Muhammadiyning “Temirlar o‘yini”, Sh.Sa’dullaning “Ayyor chumchuq” kabi she’rlarida sujet shiddatli dinamizm asosida voqelikka aylangan. Kichkintoylar o‘z tabiatiga yaqin shu xildagi harakat zamirida namoyon bo‘luvchi



6 Rasulov A. G‘aroyib saltanat. T.: Adib, 2012. –B.12
voqelikni kattalarga nisbatan tez ilg‘aydi, voqealar almashinuvi uning ko‘z o‘ngida yorqin akslanadi. “Temirlar o‘yini”da bu jihat temir-tersaklar ishtirokida ro‘y bersa, Anvar Obidjonning “So‘nggi axborot” she’rida mevalar va sabzavotlar misolida ko‘zga tashlanadi:

Bo‘lib o‘tdi qishloqda

Shamollatdi qornini,

Kecha zo‘r shamol.

Oshqovoq polvon.

Natijada ro‘y berdi

Pachoq qildi burnini,

Anchayin kor-hol.

Mulla baqlajon.

Uzum boshi aylanib,

Uyqichiroq bir tarvuz

Bo‘p qoldi kasal.

Yumalab borib,

Shoxdan yiqilib olma,

Uyg‘onibdi qovunning

Yotibdi o‘sal.

Boshini yorib.

Hatto gilos lat yedi,

Noklar yerga to‘kildi,

Bo‘lsa ham abjir.

Bo‘lishib bir jom.

To‘qnashuvda anorga...

Ammo zarar ko‘rmadi

Chaplandi anjir.

Sabzi va sholg‘om.

Ko‘rinadiki, harakatlanayotgan har bir narsa o‘ziga xos sazoga ega bo‘lishidan tashqari, bolalar sho‘xligini ham eslatadi. Kichkintoylar bu harakat va “jang” zamirida o‘sha narsalarning o‘zini va o‘zlarini ko‘rib turganday sezadilar. Ammo, bolalar ulg‘aya borgani sari ular zohiridagi bu dinamika botiniga, tasavvuriga ko‘cha borganidan, o‘smirlar adabiyotida detektiv, yoxud fantastik asarlar tarzida davom etadi. Binobarin, ulug‘ munaqqidlar ta’kidlaganidek, bolalar adabiyotida “borliqni va barcha mavjudotni harakatga keltirmoq zarurligi” masalasi bolalikning o‘zi qadar umrboqiylik kasb etadi. Haqiqatan, kichkintoy bola nazdida “soqov tosh ham, dala-dashtdagi xas-xashaklar ham shivirlab, oqayotgan ariqcha ham, sokin esayotgan shamol ham parvoz qilib, guldan-gulga qo‘nayotgan kapalak ham muhabbat va hayot tilida so‘zlashi” tabiiy.




    1. Download 8,09 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish