Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet4/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Fanning vazifalari esa talabalarni milliy bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish, u dastavval, ijtimoiy voqelik, xalq og‘zaki ijodining boy an’analariga ega milliy o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyoti tajribalarini o‘zlashtirish orqali yuzaga kelganini asoslash, nihoyat, bu adabiyotning takomili, tadriji, taraqqiyot xususiyatlarini mavjud ijod namunalari misolida ko‘rsatib berishdan iborat.
“Bolalar adabiyoti,– deb yozgan edi N.Fozilov,– nozik adabiyot. Bolalar adabiyoti biz bilgan kattalar adabiyotining boshi... Bolalar yozuvchilari o‘z asarlari bilan katta adabiyotga boshlovchi darg‘alar. Bu adabiyot – hurmattalab adabiyot, e’zoztalab adabiyot. Chunki, bolalar uchun yozilayotgan har bir asarda o`zing bolaga aylanmasang, u jonsiz tana bo`lib qoladi. Bolaning ko‘ngli ham shunday. Uni sindirib bo‘lmaydi. Unga hamisha e’tibor darkor. Shundagina uning ko‘ngli to‘lib o‘sadi. U – mehrtalab. Shundagina u muhabbatingiz mevasiga aylanadi, izingizni bosadi”.3
Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga bo‘lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida, deb ko‘rsatgan edi. Shu jihatdan kattalar turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi maishiy hayot mavzusida Q.Muhammadiyning bolalarbop qilib yozilgan “Qo‘ng‘izoy bilan Sichqonboy” she’riy adabiy ertagi bu fikrga asos bo‘la oladi. Bu asar 1940-yilda yozilgan bo‘lib, dastlab “Mushtum” jurnalida “Qo‘ng‘iz bikach bilan Sichqonboy” nomi ostida bosilib chiqqan. Asar uchun tanlangan voqelik, muammo, g‘oya kattalar hayotiga to‘g‘ri kelsa-da, ammo u allegorik obrazlar vositasida tasvirlangani bolalarbop mohiyat kasb etgan.
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u “kattalar”– ijod ahli tomonidan yaratilsa-da, bolalar olamini bolalarga xos nuqtayi nazardan badiiy


3 Nosir Fozilov. Ijod zahmati. Kitobda: Topdimu yo`qotmadim. Toshkent, “Sharq”, 2010. –B.267
tadqiq qiladi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ham ana shunda: narsa- hodisalarga bolalar ko‘zi bilan qaray bilish, ularni bolalarcha idrok eta bilish, ularga bolalarcha munosabat ko‘rsata olish hamda ulardan bolalarcha hayratlanishda. Bolalarni onalaridan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo‘q, chunki ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig‘laydilar. Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham xos xususiyat bo‘lib, har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur his etgani bois K.I.Chukovskiy: “Bolalar – bizning ustozimiz”,– deya iqror bo`lgan edi.4 Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq – bu, avvalo, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan o‘rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida ular uslubiga muvofiqlashtirish, badiiyat sintezidan o‘tkazmoqdan iborat san’atkorlikdir. Rost, inson ulg‘aygani sari o‘z bolaligidan uzoqlashadi, bolalik tabiatidagi xususiyatlarni yo‘qota boradi. Biroq bolalar yozuvchisi bundan mustasno; u inson sifatida har qancha ulg‘aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab qolmog‘i, uni tobora teranlashtirmog‘i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo‘lib, ular ko‘ngliga yo‘l topmog‘i, ruhiy dunyosiga kira bilmog‘i shart. Shundagina u chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi.
Insonshunoslik adabiyotning bosh masalasi ekan, bolalar adabiyoti ham shu makon va zamondan ayri rivojlanmaydi. Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar, tarixiy hodisalar, kishilar ruhiyatidagi evrilishlarkichkintoylar adabiyotida ham zuhur topadi. Shunday ekan, bolalar adabiyotining uzoq yoki yaqin o‘tmishidagi o‘ziga xosliklar hozirgi adabiy jarayonda bir muncha yangilanishi tabiiy. Chunki har bir davr o‘z adabiyoti oldiga eng dolzarb va g‘oyat muhim talablarni qo‘yadi. Shu ma’noda, o‘tgan asrboshlarida bolalar adabiyotining tarbiyaga xizmat qilishi, xalq bolalarini bilimli, ma’rifatli qilishga da’vat etishi, ularning qoloq maishiy hayotini ko‘rsatib berishi asosiy mezon qilib belgilangan bo‘lsa, sho‘ro mafkurasi davrida asosan, “baxtiyor yosh avlod” obrazini tarannum qilish bosh yo‘nalish kasb etdi. Qahramon ruhiyatini ochish, bolalar va o‘smirlikdagina kechadigan tuyg‘ular, murakkab ruhiy holatlarning badiiy tasviri juda kam asarlarda ko‘zga tashlandi. Bolalar adabiyotidagi pedagogik talablar uning so‘z san’ati sifatidagi badiiy ijod o‘zanlariga band soldi. Faqat o‘tgan asrning so‘nggi choragi, aniqrog‘i, 80-yillardan boshlab bolalar adabiyoti yakranglikdan qutula boshladi. Istiqlol arafasi va mustaqillik yillaridagina bolalar adabiyoti mavzu va qahramon, shakl va mazmun, janrlar xilma-xilligi jihatidan sezilarli darajada o‘zgardi. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti o‘z taraqqiyotida umumadabiyotga mushtarak va farqli xususiyatlarga hamohang tarzda rivojlandi.
Binobarin, bolalar adabiyoti tabiat va jamiyatdagi barcha mavzularda ijod etish jihatdan umumadabiyotga yaqin, “qanday qilib yozish muhim”ligi esa uning o‘ziga xos jihatidir. Bu tarixiy tasnif mohiyati ayniqsa istiqlol davri bolalar adabiyotida yorqin ko‘zga tashlanadi. Aytaylik, E.Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari”


4Чуковский К.И. От двух до пяти.M. Детгиз, 1963, стр.358.
ma’rifiy qissasida mustaqillik tufayli bolalar adabiyotiga xalq pedagogikasi, milliy ta’lim-tarbiya asoslarining singdirilishi, shu bilan birga asarda jamiyat va mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy hodisalarning obrazli tasviri namoyon bo`lishi ahamiyatlidir.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari o`tgan asrning 30-yillarida yozilgan bo`lsa ham u haqda “Qilichning damida yurib yaratilgan san’at mo‘jisasidir” (A.Rasulov) deyilishida istiqlol mafkurasining ta’siri yaqqol seziladi. Zero, yaratilgan chinakam badiiy asarlar zamonlar osha navqiron avlodlarga ham yangicha estetik zavq bilan xizmat qilaveradiki, bunday asarlar yosh kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi.
Bolalar adabiyotining ikki yo‘nalishli adabiyot ekanligi hodisaning muhim xususiyatlaridan. Chindan-da, u bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangani uchun, avvalo shularning adabiyoti, ayni paytda san’at asari bo‘lgani bois kattalarning ham diqqatini tortishi tabiiy. Adabiy ertak yozish an’anasini boshlab bergan va uni cho‘qqiga ko‘targan X.K.Andersen shuni nazarda tutib yozgan edi: “Men nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun yozayotganimni har doim esda tutaman. Bolalarni ertaklarning fabulasi ko‘proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan g‘oya qiziqtiradi”.5 Darhaqiqat, Sharl Perroning mashhur “Qizil shapkacha” ertagi har qancha sodda va quvnoq sujet asosida qurilgan bo‘lmasin, ham bolalarni, ham kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan “Qizil shapkacha”li go‘zallarni (qizil shapkacha – go‘zallik ramzi, unda fransuz qizlarining umumlashma obrazlari ko‘zda tutilgan) fransuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo‘ri qiyofasida fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko‘zda tutilgan) ogohlantirishdan iborat g‘oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina ilg‘ashlari mumkin. Shuningdek, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Yengil adabiyot” darsligida keltirilgan “To‘g‘ri so‘zli bola” she’ri rostgo‘y bolaning ibrati ifodasi tarzida taassurot qoldiradi. Ammo, “Meni – deb yozadi adabiyotshunos A.Rasulov, – she’rdagi o‘zga masala jalb etdi. Bolaning yo‘lini to‘sgan, qaddi qomati kelishgan, tasavvurimcha, bashang kiyingan ikki kishi kim edi? Nega ular pul berib yolg‘on sotib olmoqchi bo‘ldilar? Qolaversa, iste’dodli Hamzada yolg`onfurushlar qiyofasini yaratish fikri qachon, qanday paydo bo`ldi? Olim masalaning shu tomoniga e’tibor qaratgani holda, she’rdagi yangi mazmunni inkishof etadi: XX asrda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yolg‘onning urchib ketgani, yolg‘on inqiloblar, yolg‘onni suv qilib ichib yuborgan “dohiylar”, yer kurrasining oltidan birida barpo etilajak jannat haqidagi uydirmalar... xullas, oxiri sarob “izm”lar munaqqidni mushohadaga undaydi. Ya’ni, bolalar uchun yozilgan maktab darsligidagi mazkur she’r ham aslida dolzarb ijtimoiy-siyosiy mazmun ahamiyat kasb etgani anglashiladi.
Sujetning qiziqarliligi bolaga haqiqatan zavq bag‘ishlaydi. Biroq zamondosh kichkintoylar uchun buning o‘zi yetarli emas. Shiddat bilan rivojlanayotgan davrning navqiron avlodlariga o‘tkir mazmunli fikr hamda g‘oya zarur. Tasavvurga boy obraz va teran tasvirli psixologik, falsafiy-ma’rifiy jihatdan o`tkir sujetli


5Андерсен Х.К.Эртаклар. – Тошкент: “Ёшгвардия”, 1960, 4-б.
asarlar hamda badiiy yuksak ijod namunalari yosh kitobxon ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. Masalan, M.A’zamning inson va zamin muammolariga bag‘ishlangan mushohadakor she’rlarini yosh kitobxon diqqat bilan o‘qiydi. Jumladan, uning “Yodgоr хоlаning vаhimаsi” shе’ri yumоristik tаbiаti bilаn o‘quvchigа zаvq bаg‘ishlаy olgan. Shоir, хаlq tilidаn fоydаlаngаni holda vоqеlikni sujеt tizimigа bog`laydi. Shе’r quyidagi muammoli vaziyatdan boshlanadi:
Yodgоr хоlа to‘sаtdаn bir tеpdi-yu qоpqаni, chоpа kеtdi dаlаgа nеvаrаsin tоpgаni.
Hоvliqqаn kаmpir chоr tаrаfgа yugurgilаb, nеvаrаsining ismini аytib chаqirаvеrаdi:
–Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr, qаygа kеtding, zumrаshа? Zumdа g‘оyib bo‘lаsаn аriq оshа, yo‘l оshа... – Yodgоr хоlа yugurаr оyoqlаri lоrsillаb,
jаvrаb bоrаr o‘zichа
yo‘l-yo‘lаkаy hаrsillаb…
Yodgоr хоlа nеvаrаsining ko‘rinmаy qоlgаnidаn vаhimаdа vа sаrоsimаdа. Bunga shunchaki, so`roqsiz ketib qolgan bolaning kattalarni xavotirga solishidagi odatiy holat deb qarash ham mumkin, albatta. Ammo kampir nevarasini аvvаl yеngilginа – “zumrаshа” dеb, kеyin esа g‘аzаbi оrtgach, аchchig‘igа chidоlmаy “qаy go‘rdаsаn”, “tirmizаk” dеya urishа bоshlаgani o`quvchi diqqatini oshiradi:

    • O‘tirsа bo‘lmаsmikin ko‘milib uy ichidа?

Tаshqаridа nimа bоr, nimа bоr ko‘y-ko‘chаdа? Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr, qаy go‘rdаsаn, tirmizаk? Tеz kеlа qоl, jоn bоlаm, mоmоngni qilmаy hаlаk.
Qizig‘i shundаki, nеvаrа hеch qаyoqqа kеtmаgаn edi. Yodgоr хоlа bir оz оldin uni erkаlаb, opichlab оlgаn bo‘lаdi. Аmmо kеksаlik tufаyli buni unutаdi. Shuning uchun sujеt yеchimidа quyidаgi kulgili vоqеа bеrilаdi:
... Yodgоr хоlа bo‘ynidаn siqib so‘rаr Аkbаrjоn:
– O‘zi qаysi Аkbаrni chаqiryapsiz, mоmоjоn?
O‘z qilmishidаn o‘zining kulgisi qistаgаn, hаttо nеvаrаsining оldidа mulzаm bo‘lib qоlgаn buvi sir bоy bеrmаy, yanа zo‘rаvоnlik ko‘rsаtib dеydi:

    • Hа, bаshаrаng qurmаsin, dаrrоv “hа” dеmаysаnmi?

Lo‘killаtmаy mеni ko‘p, tеz оvоz bеrmаysаnmi?
Аyni pаytdа nеvаrа hаm bo‘sh kеlmаydi. Buvi-nеvаrаning diаlоgi аsоsidа shе’rning yumоristik ruhi yanаdа kuchаytirilаdi:

    • O‘zingiz оpichvоlib, o‘zingiz chаqirаsiz.

Jinnimisiz, mоmоjоn, nimаgа bаqirаsiz?
She’r so`nggida esa shoirning bosh g`oyasi buvining haqiqiy tаshvishi yanglig` namoyon bo`ladi:

    • Vоy Аkbаrjоn, bоlаm-а, mеning ko‘nglim аlаg‘dа, dеpаlаtsа bоshlаndi

o‘tgаn hаftа dаlаdа. Butipоsmi, mutipоs, bir bаlоlаr sеpаdi.
Qаnchа-qаnchа bоlаlаr bаlnisаgа kеtаdi.
Mirzа bo‘lаng yotibdi sаriq kаsаlgа uchrаb, tinmаsdi,
yеrgа ursаng,
оlоvdаy ko‘kkа sаchrаb. Uydа o‘tir, jоn bоlаm, jоning оmоn bo‘lsа, bаs. Sеn hаm dаrdgа chаlinsаng, jоnimdаn bittа qоlmаs.
Anglashiladiki, she’r mazmunidagi yetakchi g`oya o‘tgan asrdagi “paxta yakkahokimligi”ning turli jarohatlari, alamli azoblaridir. Uning barcha qiyinchiliklarini o`z boshidan o`tkazgan katta avlod – buvi-bobolar, ota-onalar o`z farzandlaridan ham xavotirga tushadilar. Bolalar uchun buvining holati kulgi qo`zg`atib, she’rdagi komiklikni ta’minlagan bo‘lsa, she’r xotimasi kattalarni jiddiy mulohazaga yetaklaydi: yaqin tariximizdagi muammolarni eslab qayg`uradi, istiqlol zamonidan, inson qadri ko`tarila boshlaganidan shukrona qiladi. Shu tariqa, bu kabi she’rlar bolalar va kattalar adabiyotining muhim namunasi hisoblanadi.
Shunga o`xshash, o`zbek bolalar adabiyotining mustaqillik arafasi va istiqlol yillarida yaratilgan ko`pgina asarlar ikki yo`nalishli adabiyot ekanligi bilan diqqatga sazovor. Jumladan, A.Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon” ertak qissasidagi Meshpolvon portreti tasviri (“...ikki lunji nog‘ora, beti oftobday zog‘ora, betida eshak tepkisidan naqshlangan chandiq, qorni qirq pudlik sandiq, burni mushuknikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, bo‘yni oldinga enkaygan, quloqlari dinkaygan, oyoq bosishi ilang-bilang, boshi Yozyovon cho‘lidek yap-yalang, ko‘rinishidan kamgap-u anqov, aslida mahmadana-yu mijg‘ov, ko‘zlari boyqushnikiday ola... Xullas rosayam qiziq bola”) va qahramonlik
sarguzashtlari katta-yu kichikka baravar zavq berishidan tashqari, yozuvchi bu orqali xalqona iboralar jilosi, unutilayozgan xalq dostonlari va ertaklari ohangi, ruhini bugungi yosh avlod qulog‘iga singdirishni ko‘zlaydiki, bu ham o‘z navbatida, hodisaning ikki xil mazmun-mohiyatiga xizmat qila oladi.
Binobarin, bolalarga mo‘ljallangan badiiy adabiyot kichkintoylardan tashqari dastlab, san’at asari sifatida, so‘ngra, g‘oyadorligi jihatdan hammabop bo‘lishi mumkin ekan.
Bolalar adabiyotida voqelikning o‘ziga xos tasviri ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi:


    1. Download 8,09 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish