Alijonova durdona farhodjon qizining


Kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi



Download 8,09 Mb.
bet9/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi ham o‘ziga xos tafovutlarga ega. Chunki bu yoshdagi bolalarning ichki olami nihoyatda boy. Ular hali ko‘p narsani bilmasa-da, lekin bilishdan iborat ma’naviy ehtiyoj jarayonini boshdan kechiradi. “Bolalarga o‘zlari sezgan va o‘ylaganlarini gapirib berish g‘oyat qiyin, chunki ularni so‘zda ifodalashga to‘g‘ri keladi”, – deb yozgan edi Yanush Korchak taxallusi bilan butun dunyoga tanilgan polyak adibi Genrika Goldshmit. – Bundan ham og‘irrog‘i esa yozish. …lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.”
Anglashilishicha, adiba o‘zining pedagogik tajribasi, bolalar shifokori sifatidagi bilimi, betakror yozuvchilik iqtidori orqali bolalik dunyosining ko‘pgina sir-asrorlarini ilg‘ay olgan; xususan, bola qalbining erkinligi qushga, kapalakka va gulga qiyoslanishini, hamchunin ular o‘zlariga jonivorlar, hasharot-u hayvonlarni aka-uka, yoxud, tengqur do‘stdek tutishini ta’kidlaydi. Chindan ham shunday. Bolalar tabiatidagi “shoirlik”– ularning hamma narsadan hayratlanishlari, har bir hodisadan hayajonlanishlari bo‘lsa, “faylasuflik”– hayratni va hayajonni qo‘zg‘agan shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. “Bu nima?”, “Bu nega bunaqa?”, “U nima deydi?”, “U nega katta yoki nega kichik?”, “U qanday o‘sadi?”, “Nega qattiq?”, “Nega yumshoq?”, “Suv nega qotadi?”, “Quyosh qanday qizitadi?”, xullas, shu xildagi sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo‘lib, ana shu savollarga topgan va topolgan javoblari – olamni o‘zlashtirish yo‘llaridir. Olam ular uchun jumboqqa aylanarkan, ularning o‘zlari ham “nimavoy”ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma’noda, rus bolalar yozuvchisi N.Nosov yaratgan Pochemuchka ( yoki, Nimavoy – o‘zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima qilingan) –bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko‘tarilgan. Bunday umulashma obrazni Q.Muhammadiyning “Tabiat alifbesi” turkumiga kiruvchi lirik qahramon timsolida ham ko‘rish mumkin. U ham butun vujudi bilan “Yong‘oqni nega yong‘oq deymiz?”, yoki “Yong‘oqning qobig‘i nega qattiq?”, “Olcha negaqip-qizil?”, “O‘rik nega sarg‘ayib pishadi?”, “Jiydaning shoxi nega egik?”, “Shaftolining bargi nega achchiq?”, “Sada nega meva qilmas?”, “ Dada, bog‘bon nega tokni qirqib turadi?”, yoki, “Tok daraxti bir xil-u uzumlari nega har xil?”, “Mol nega kavsh qaytaradi?”, “Chittak nega chittak?” singari son-sanoqsiz savollarga aylangan. Q.Muhammadiy bu savollarga poetik javob berish maqsadida nima to‘g‘risida asar yaratmasin, nima haqda gapirmasin, doim o‘sha narsadan
inson hayotini ko‘zda tutib, ma’no izlaydi. Shoir shu ma’noni topadi ham. Bu ma’no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.8 Eng muhimi, bolada insonni sevish, kasb-u koriga rag‘bat bilan qarash, shu asosda hayotni anglash va sevish tuyg‘usini ardoqlab o‘stiradi. Bu yoshdagi bolalar folklordan kengroq bahramand bo‘la boshlaydilar: tez aytishlar mashqi bilan nutq tovushlari talaffuzini ravonlashtirsalar, chandish o‘ynab so‘zlar ohangdoshligini idrok qiladilar; guldur-guplar vositasida so‘z va harakat uyg‘unligini his etsalar, topishmoqlarni yechish jarayonida zehnlarini charxlay boradilar. Hayvonlarga oid ertaklarga qiziqishlari sehrli- fantastik va hayotiy-maishiy ertaklarga omixtalashib, ular hisobiga to‘lisha boradi va xayollariga parvoz bag‘ishlay boshlaydi. Hayotiy-maishiy ertaklarni o‘qish jarayonida real hayot hodisalariga qiziqishlari uyg‘ona boradi. Ertakka bu xildagi ma’naviy chanqoqlik turli xalqlar ertaklarini ham, shuningdek, yozma adabiy ertaklarni ham sevib o‘qishga chog‘laydi: Sharl Perro, aka-uka Grimmlar, Hans Kristian Andersen, P.Yershov asarlarini, ayniqsa, bolalarga moslashtirib tabdil qilingan E.Rapsenning “Baron Myunxauzenning sarguzashtlari”, shuningdek, A.Tolstoyning “Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari”, Leonid Solovyevning “Nasriddin afandi sarguzashtlari”, Sh.Sa’dullaning “Yog‘och qo‘g‘irchoq yoki Kachal polvon sarguzashtlari” ertak-qissalarini, Turg‘unboy G‘oyibovning adabiy-nasriy ertaklarini zavqu shavq bilan o‘qiydilar. Multfilmlarga va qo‘g‘irchoq teatri spektakllariga o‘chliklari zamirida ham aslida ertakka ehtirosli qiziqishlari yotadi. Ayni paytda ham bunday asarlarning ahamiyati pasaymagan. Shu bilan birga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni endilikda ko‘proq mantiqiy bilimlar, insonning ruhiy kechinmalari, tabiat va jamiyat munosabati masalasi qiziqtirayotgani sir emas. R.Tolibning “Kim baxtiyor?” she’ri shu ma’noda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tabiatiga monand:

O‘tirib goh Mirjalol,

O‘zicha aytar bobo:

O‘zicha surar xayol:

“Alam qilarkan goho,

“Bobom qanday baxtiyor?

Ko‘z xira oyoq og‘rir,

O‘zlarida ixtiyor,

Keksalik ekan og‘ir.

Birov bermaydi tanbeh.

Yaxshi emas ishtaham,

Yanglishsalar hamki ... eh,

Unum yo‘qdir ishda ham,

Doim hurmatda bobom.

Tunbo‘yi kelmay uyqu

Hamma beradi salom,

Bosar keksalik, qayg‘u.

Joy tayyor, dimog‘i chog‘,

Qani, endi bo‘lsam yosh,

Avtobusga chiqqan chog‘

O‘tirmasdim qashlab bosh.

“Bobomlarga maza xo‘p,

Kuchi, sog‘liqlari bor,

Uxlaydilar rosa ko‘p.

Yoshlar qanday baxtiyor?”

Xunob bo‘lib erta-kech,




Misol yechmaydilar hech.






8Qarang: Qo`shjonov M. Katta hayot va jo`shqin lirika. –Kitobda: Quddus Muhammadiy. Tabiat alifbesi. She’rlar. – T., “Yosh gvardiya”, 1971, 3-b.
She’rda inson umrining ikki qarama-qarshi qutblari – keksalik va yoshlik yuzma-yuz kelgan. Shoir keksalikni dastlab, zohiriy jihatlarinigina bola tasavvuri orqali aks ettiradi. Bu kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga xos bo‘lgan uyquni yaxshi ko‘rish, arifmetik misol va masalalardan xunob bo‘lish, shumtakaliklari uchun dakki yeyaverish kabilar bilan muvoziy qo‘llanib, tasvirdagi aniqlikni ta’minlay olgan. Bobo o‘ylari orqali esa umr poyonidagi botiniy kechinmalar, qarilikning o‘ziga yarasha tashvishlari his qilinadi. Yosh kitobxon bobo va nevara xayolidan ogoh bo‘lgach, keksalarni ko‘proq e’zozlash zarurligi, haqiqiy baxtiyorlik esa yoshlikda ekani, “bosh qashlab” o‘tirmay, bilim olish, izlanish zarurligini anglaydilar.
Umuman, kichik yoshdagi o‘quvchilarni ham davr taraqqiyotining barcha muammolari, mavzulari qiziqtiradi. 8-11 yoshli bolalar, xalq nasri va adabiy ertaklar, tabiat, Vatan, vatanparvarlik, ota-onaga muhabbat, axloq-odob va kitob o‘qishga da’vat ruhidagi asarlar bilan birga, insonni teranroq o‘rganishga oid she’r va hikoyalarni katta qiziqish bilan o‘qiydilar. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kitobxonligini G‘.G‘ulom, H.Olimjon, S.Jo‘ra, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, Sh.Sa’dulla, I.Muslim, A.Rahmat, Q. Hikmat, P.Mo‘min, T.Adashboyev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning quvnoq she’r va qo‘shiqlari, dostonlari va she’riy ertaklari; H. Nazir, X.To‘xtaboyev, N.Fozilov, M.Osim, T.Malik, H.Shayxov, S.Barnoyev, F.Musajon, O.Husanov va boshqalarning hikoya, qissa hamda romanlari tashkil etib keldi. Istiqlolga erishgach, bu yoshdagi kitobxonlarga, ayniqsa, vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy asarlar behad zarurligi, xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi asarlar ham alohida qiziqish uyg‘otishi yaqqolroq anglandi. Bu jihatdan ham o`zbek bolalar adabiyoti namunalari hisoblangan “Qonli barmoqlar”, “Zafar va Zahro” (Oybek), “Dunyo bolalari” (A.Muxtor), “Afg‘on hikoyalari” (S.Barnoyev) qatorida mashhur italyan bolalar adibi Janni Rodarining “Chipollinoning boshidan kechirganlari”, “Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida”, “Muzqaymoqdan qurilgan shahar”, shved bolalar adibasi Astrid Lindgrenning “Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqida ikki qissa”, polyak adibi Yanush Korchakning “Qirol Matiush birinchi”, shuningdek, qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb etadi. Bu xildagi asarlar bolalarning olam va odam haqidagi bilimlarini rivojlantiradi, lug‘at boyligini oshiradi, dunyoqarashining shakllanishiga, insoniy fazilat tarkib topishiga, shaxs xarakterining toblanishiga ta’sir ko‘rsatadi, nihoyat, badiiy adabiyot ular uchun chinakam “hayot darsligi”ga aylana boradi.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish