Alijonova durdona farhodjon qizining


Hayvonlar haqidagi ertaklar



Download 8,09 Mb.
bet25/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Hayvonlar haqidagi ertaklar. Ertak xalq og‘zaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janrlaridan biridir. Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida yuzaga kelgan afsonalarning zaminida dastlabki ertaklar paydo bo‘lgan. Dastlabki ertaklarda mifologik obrazlar ko‘p uchraydi.
Bu tipga mansub ertaklarning yaratilishida ibtidoiy insonlarning qadimgi totemistik qarashlari muhim rol o‘ynagan. Ularda hayvonlar yetakchi personajlar bo‘lib, insonlar qiyofasida tasavvur etilgan va badiiy jonlantirilgan. Shunga ko‘ra ularning sujetida inson obrazi keyingi o‘rinda turadi, ko‘p hollarda voqelikka inson aralashmaydi. Binobarin, ular yaratilish maqsadi, mazmun-mohiyati jihatidan ham ichki ko‘rinishlarga ega. Bularning birinchisi etiologik ertaklar bo`lib, bularda u yoki bu hayvon shakli, belgi xususiyatlari haqida ma’lumot berish yetakchi motivdir. Ikkinchisi, sof hayvonlar haqidagi ertaklar hisoblanib, unda insonlarga
naf keltiruvchi hayvonlar madhi yetakchi motivga aylangan. Uchinchisi esa majoziy (allegorik) ertaklarda insonlarga xos qusur va kamchiliklarni hayvonlar fe’li va xatti-harakati timsolida tanqid qilish, fosh etish, yoki kulish yetakchi motiv darajasidadir
Hayvonlar haqidagi ertaklar dramatik ijroga asoslangan; professional ijrochilar tomonidan hayajonli qilib aytib beriladi. Aytish jarayonida ijrochi ertakdagi hayvon

  • personajlarning turfa harakatlari va ovozlariga taqlid qiladi, ertak tarkibida she’riy parchalar bo‘lsa, ularni kuyga solib ijro qiladi.

Maishiy-hayotiy ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog‘liqdir. Ularda real ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahramon bo‘lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar taxayyulotdan deyarli xoli bo‘lib, ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
Hajviy-maishiy ertaklar asosida o‘tkir satira yoki zavqbaxsh kulgi (yumor) yotadi. Bunday ertaklar hajman ixcham, mazmunan lo‘nda bo‘ladi.
“Ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar emas,– deb yozgandi ulug‘ adib Muxtor Avezov,– ular hamma vaqt zo‘r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadirlar. Bahaybat maxluqlar haqida hikoya qiluvchi ertak va afsonalar hamda bu boy janrning boshqa turli ko‘rinishlarida u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy kurashlari, xalq manfaatlari badiiy ifodasini topgandir”. Ularda ajdodlarimizning yashash va kurash sabog‘i ifodalangan.
Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida, e’tiqodida kechgan o‘sish-o‘zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o‘qiladi. Muhimi, navqiron avlodning ma’naviy-axloqiy kamol topishida ham ertaklar beqiyos ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Sehrli-fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yovuz kuchlariga qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o‘ziga xos yechimi sifatida maydonga kelgan. Inson doimo xayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi. Bunday orzu-istaklarning ro‘yobini sehrli-fantastik ertaklarda ko‘rish mumkin.
Bu ertaklarda uchadigan otlar va gilamlar, so‘ylaydigan jonzotlar, sehrgar kampirlar, devlar, osmonda, yer va suv ostida yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok etadilar. “Ur to‘qmoq”, “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh” kabi ertaklar shular jumlasidandir.



Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish