Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet21/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
topildiiii

2. PAROKANDA ALLALAR ham o‘zbek onalari repertuarida serob bo‘lib, ayni zamonda nisbatan faol yaratilmoqda. Ularning muhim xususiyati – yaxlit va izchil sujet negizida qurilmaganligidir. Bunday allalarda har bir band o‘zicha mustaqil, tugal motiv, yo mazmunga ega. Lekin mustaqillik boshqa belgi, xolos. Chunki mazmun mantiqan, baribir, bolaga qaratilganiligi tufayli bir necha bayt yoki band yagona bir ipga tizilgan bo‘ladi. Bunda vazn, qofiya, radif va naqarot singari badiiy-tasviriy hamda kompozitsion-struktural uzvlar kuchayadi. Allada parokandalikning yuzaga kelishida uni kuylayotgan ona kayfiyatidagi beqarorlik, aniqrog‘i, sarguzashtlari, hayotiy tashvishlaridagi omad va omadsizliklari, o‘kinchlari, armonlari girdobiga nechog‘lik chuqur kira borishi, mutaasirligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunday vaziyatlarda “...o‘z mulohazalariga kuchli g‘arq bo‘lib ketish oqibatida ona chaqalog‘ining kelajak taqdirini va hayotining barcha davrlarini
o‘ylay boshlaydi. Fikri bola atrofida aylanadi-yu, biroq qo‘shiqqa ozmi-ko‘pmi miqdorda onalik hislari va istaklarini singdirayotganini o‘zi sezmay qoladi” (A.Vetuxov). Natijada, onaning o‘y-mulohazalari ikki yo‘nalishga bo‘linadi: ham bolani, ham o‘zini o‘ylashga moyillasha boradi, oqibatda esa, ona o‘y- mulohazalarida parishonlik-tarqoqlik yuzaga kela boshlaydi. Biroq onaning o‘zi haqidagi o‘y-mulohazalari aslida bolasi atrofidagi o‘y-mulohazalar zamirida kechadi. Bu esa alladagi sirtdan parokandaday tuyulayotgan motivga bir butunlik bag‘ishlab turadi.
Bolalar qo`shiqlari. Ota-onalar o‘z bolalarining tabiatga munosabatlarini shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalarning taqvimi va unga aloqador mavsum-marosim qo‘shiqlari yuzaga kelgan. Yil fasllari – bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog‘liq bunday qo‘shiqlarning bir qismi ijtimoiy- siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko‘ra kattalar repertuaridagi mavqeyini yo‘qotgan, yo tamoman so‘nib ketgan, yo transformatsiyaga uchrab, bolalar repertuaridagina saqlanib qolgan. “Qo`shiq” keng ma’noda qo‘shiqshunoslikka, tor ma’noda folklorga oid atamadir. Qo‘shiq – xalq og‘zaki ijodida shakllangan lirik janr sifatida mashhur. Uning muhim belgisi – ijro uchun mo‘ljallanganlik. Xalq qo‘shiqlari biror musiqa jo‘rligida (lapar, yor-yor), muayyan ish-harakat ritmi (qo‘sh qo‘shiqlari, charxchi qo‘shiqlari) yoki ma’lum bir ruhiy holat mohiyatiga (yo‘qlovlar) mos tarzda ijro qilingan.9 Bu jihatlar bolalar qo‘shiqlarida ham namoyon bo‘ladi. U turli fasl, holat va vaziyatlarda, yoxud har xil o‘yinlar jarayonida kuylanib, bolalarning aqliy va jismoniy kamolotga yetishuvida muhim omil sanaladi. Bolalar qo‘shiqlari orasida bahor va yoz mavsumlariga bag‘ishlangan namunalari ancha faol. Ayniqsa, bahor fasli katta-yu kichik qalbini quvonchga to‘ldirgan.
Boychechak” bolalar kuylaydigan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i. Boychechak qadimda Navro‘z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo‘lgan. Undan guldastalar yasashgan bolakaylar hovlima-hovli yurib, qo‘shiq kuylab, boychechak ulashib, bahor xabarini berib, suyunchi olishgan. Uning xush kayfiyatda kuylanishi, “Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak” naqarotining mazmun mohiyati katta-yu kichikka birdek tushunarli. Biroq qo‘shiqni yod olgan, zavqqa to‘lib kuylagan kichkintoylar uning mazmunini teran anglaganlaridagina xalq madaniy tarixi, milliy qadriyatlarimizdan voqif bo‘ladilar. Qo‘shiqning birinchi bandi shunday boshlanadi:
Boychechagim boylandi, Qozon to‘la ayrondir.

Ayroningdan bermasang, Qozon-tovog‘ing vayrondir.


Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to`ldi” marosimi va bahor kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor elchisi ekan, endi yaylovda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, issiq boshlanishi bilan


9Quronov D.va boshq. Adabiyotshunoslik lug`ati. Toshkent, “Akademnashr”, 2010.–B.384
hamma ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon to‘ldirib ayron tayyorlashi va bir- birlariga ulashishi xayrli udumlardan sanalib, xalqda uni bir-biridan qizg‘anganda ro‘zg‘orga putur yetishi mumkinligi inonchini paydo qilgan.
Boychechak haqidagi qo‘shiqlarning genezisi juda qadimiy davrlar bilan bog‘liqligi qo‘shiqning keyingi bandida ko‘rinadi:
Boychechakni tutdilar, Tut yog`ochga osdilar, Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar.
Bu tarixan hosildorlik kulti bilan bog‘liqligini zamondosh o‘quvchiga tushuntirish lozim. Folklorshunos olimlar e’tiroficha, o‘simliklar kultining paydo bo‘lishi ibtidoiy madaniyat davri bilan bog‘liq bo‘lib, qadim inonchlardan biridir. “Arxaik dunyoqarashda, – deb yozadi A.Musaqulov,– butun tabiat kabi o‘simliklar ham jonli va ongli, deb tushunilgan va ko‘pgina xalqlar o‘zlarining ilk ajdodlarini o‘simliklar totemi bilan bog‘lashgan”10.
Boychechak – badavlat, muqaddas, ilohiy gul degan ma’nolarga ham ega. Olimlar ta’kidicha, qo‘shiqlarda boychechak to‘ng‘ich go‘zal qizga o‘xshatiladi. Yuqoridagi misralar ham shu ma’noda juda qadim davrlarda ko‘klamgi marosimlarda qizlarni qurbonlik qilish marosimidan nishona ekani e’tirof etilgan.
Qo‘shiqdagi:
Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar. Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar.
misralari shunday talqinga asos bo‘lgan. Zotan unda ta’riflangan boychechak – erta bahorda ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning umumlashma obrazi hamdir. Qo‘shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-salomlar berishgan. Bolalar bularni o‘zaro bo‘lishib olgan, hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishib, xalqimizning mehmondorchilik an’analarini o‘zlashtirishgan. Shu ma’noda:
Boychechagim boylandi, Ko‘chama-ko‘cha aylandi. Boychechagim ko`k somsa, Cho‘ntaklarga joylandi,–
misralari orqali bolalarning ilk boychechakni olib, hovlima-hovli suyunchi so‘rashi, keksalar uni yuzlariga sutib, “omonlik-omonlik”,– deya yeguliklar, pullar berishlari, ko‘k somsalar pishirishlari poetik ifodalangan.
Bolalarning qo‘shiqqa bo‘lgan kuchli moyilligi ular faoliyatining asosini tashkil etuvchi o‘yinlarda ham namoyon bo‘ladi. Ular bir-birlarini o‘yinga qo‘shiq aytib chaqirish asosida chorlamalar, o‘yinda ishtirok etadigan bolalar tarkibini aniqlashda cheklashmachoqlar, navbat aniqlashda sanamalar, shuningdek, o‘yin nihoyasida


10Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. T., “Fan”, 2010. –B.207.
tarqalmachoqlar kuylashgan. Bularning har biri bolalar folklorining mustaqil poetik janrlari hisoblanadi.
Albatta, davrlar, avlodlar yangilanishi bilan bunday o‘yin- qo‘shiqlar ham o‘zgarib, yangicha mazmun-mohiyat kasb etishi tayin. Xususan, turli sport o‘yinlari, anjomlari va mashg‘ulotlari keng miqyosda ommalashib bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, xalq ijodining ko`pgina namunalari bolalar ma’naviy olamini boyitishda hamon hissa qo‘shib kelmoqda. Bolalar repertuarida ibtidoiy ajdodlarimizning qadimgi animistik va totemistik aqidalari asosida shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatini yo‘qotgan yalinchoqlar va hukmlagichlar hamon yashamoqda.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish