Alijonova durdona farhodjon qizi


Forscha terminlar tahlili



Download 193,5 Kb.
bet36/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

Forscha terminlar tahlili. O‘zbek tili tarkibiy qatlamida fors tilining o‘rni beqiyos. Hatto turkiy davlatlarda o‘rta asrlarda ushbu til davlat tili maqomiga ham ega bo‘lgan. Shu sabab, umumturkiy qatlamga oid bo‘lsa-da, forsiycha terminlarni ham ko‘rib chiqamiz. Jumladan, bozor termini ham forsiycha bo‘lib, ushbu so‘z asosida yigirmaga yaqin terminlar hosil qilingan. Demak, etimologik jihatdan bozor termini dominant termin hisoblanadi.

Bozor [forscha bozor, bozor rastasi] 1. Aholi savdo-sotiq qiladigan maxsus joy, maydon. Otang – bozor, onang – bozor. 2.Shunday joyda savdo-sotiq qilinadigan kun; yakshanba kuni. Bozor kuni dam olishga tog‘ga chiqamiz. 3. Iqtisodiyotda sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari. Jahon bozorida o‘zbek paxtasining qiymati salmoqli o‘rin egallaydi. Bozor + chi = bozorchi. 1) bozorda savdo-sotiq qiluvchi savdogar; 2) bozorda yuruvchi, bozorni xush ko‘ruvchi odam.

Bozirgon fors tilidan olingan bo‘lib, savdogar, tijoratchi degan ma’nolarni ifodalaydi. Bozorgon termini ham savdogar degan ma’noda qo‘llanadi. Bozirgon terminining fonetik jihatdan o‘zgargan shakli hisoblanadi. Bozurgoniy shakli ham mavjud bo‘lib, savdogar ma’nosida qo‘llangan.

Bozorbon forsiycha termin bo‘lib, 1. Bozor qorovuli., 2. Bozor boshlig‘I; ma’nolarida qo‘llanadi. Bozorbon – bozorkom – bozorboshi terminlari ayni bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanadi, ya’ni bozor boshlig‘i ma’nosida. Bozorboshi – 1. Bozorning asosiy maydoni. 2. Bozorkom.

Bozorbop – bozor suyadigan, xaridor yoqtiradigan, bozorgir, tezketar. Bozorgir – bozorda olinadigan, xaridori bor. Bozori – bozorda sotish uchun mo‘ljallab tayyorlangan; bozorbop yoki bozordan keltirilgan. Uchala termin o‘zaro sinonimik qatorni hosil qiladi. Tarkibidagi affikslar sabab asosdosh so‘zlar ham sinonimik qatorni hosil qila oladi.

Bozorshab – bozor + shab ( tungi, kechki), kechki bozor – tunda bo‘ladigan bozor.

Bozorlamoq, bozorlashmoq – bozorga borib kelmoq, bozorda aylanib savdo-sotiq qilib kelmoq.

Bozorlik – 1) bozori termini ma’nosi bilan ayni bir xil. 2) bozordan sotib olib kelingan tuhfa. Bozorchilik – bozorga xos bo‘lgan faoliyat, rasm-rusum, qonun-qoidalar majmuyi. Bozor-o‘char – savdo-sotiqqa oid ikir-chikirlar; bozorlik.

Korchalon – dallol, ishbilarmon ma’nolarini bildiradi. Bugungi kunda nofaol leksik qatlam tarkibida bo‘lib, badiiy nutqda asosan, olg‘ir ma’nosida, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Terminlik xususiyatini yo‘qolgan.

Magazin – forscha termin bo‘lib, har xil mahsulotlar sotiladigan chakana savdo do‘koni va uning binosi. Magazinda savdo-sotiq qiluvchi termini esa o‘zbek tilida affiksatsiya usuli bilan hosil qilingan: magazin + chi < magazinchi.

Vofurush – forscha “vo” – ochiq, “furush” – savdogar; 1) poyafzal sotuvchi; 2) egar, o‘roq kabi buyumlar sotuvchi do‘kondor. Termin tarkibidagi furush so‘zi o‘zbek tiliga qo‘shimcha sifatida ko‘chgan, ya’ni furush leksik birlik emas, balki morfem birlik hisoblanadi: dorifurush, gilamfurush, unfurush, bo‘yrafurush kabilar.

O‘zbek tili lug‘at boyligining ma’lum bir qismi til taraqqiyoti jarayonida uning o‘zigagina xos ichki imkoniyatlari asosida hosil qilingan so‘zlardan ham iborat. Ularni esa quyidagicha leksik-semantik maydonlarga ajratdik:



  1. O‘zbekcha o‘zak va qo‘shimcha asosida hosil qilingan terminlar: sotuvchi, ko‘tarachi ( ulgurji savdo qiluvchi ), oluvchi.

  2. O‘zlashma o‘zak + o‘zbekcha yasovchi affiks tuzilishidagi terminlar: forscha so‘zlardan: bozorchi, bozorlik, bozorchilik, magazinchi, bozorlamoq, bozorlashmoq; arabcha so‘zlardan attorlik, attorchi, attorchilik, baqqollik, baqqolxona, bazzozlik; ruscha so‘zlardan arendachi; inglizcha so‘zlardan: distribyutorlik, auditchi, aksiyador, bizneschi kabilar.

  3. O‘zbekcha o‘zak + o‘zlashma affiks orqali hosil bo‘lgan terminlar: unfurush, yog‘furush, so‘rovnoma ushbu terminlarning ikkinchi qismi forsiycha qo‘shimchalardir.

  4. Boshqa tillardan kirib kelgan o‘zak va yasovchi qo‘shimchalardan: baqqolxona, magazinxona, omborxona kabilar.

Demak, o‘z qatlamga oid terminlar deganda faqat o‘zbekcha terminlar emas, balki, arabcha hamda forscha so‘zlardan yasalgan terminlarni ham tushunar ekanmiz.


Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish