Alijonova durdona farhodjon qizi


-§. O‘zbek tili marketing terminlarining tarixiy-etimologik manbalari



Download 193,5 Kb.
bet33/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

2.2-§. O‘zbek tili marketing terminlarining tarixiy-etimologik manbalari

Tarixiy jarayonlarning guvohlik berishicha, qadimda turkiy xalqlar savdo-sotiq ishlari bilan faol shug‘ullanishgan. Demak, qadimgi turkiy til manbalarida savdo hamda tijoratga oid atamalari salmoqli o‘rin tutadi, ularning soni haqida ma’lumotni esa t.f.d. professor Shamsiddin Kamoliddin maqolalarida uchratamiz. 160 dan ortiq marketing etimologiyasiga oid atamalar, asosan, ot va fe’llardan iborat. 15 tasi savdogarlik va tijoratchilik bilan bog‘liq: arquchi – dallol, vositachi; asiyliy – foyda ko‘ruvchi; bista – karvonsaroy egasi, mol oldi-sotdisida o‘rtada turuvchi; sartla – savdogar hisoblanmoq va boshqalar. 60 ga yaqin atamalar esa oldi-sotdi jarayonini ifodalash uchun foydalanilgan: al – almashtirmoq, qarzga olmoq, sotib olmoq; alim – qarz (olinishi kerak bo‘lgan), foyda, kirim; alsa – sotib olishni istamoq; ber – to‘lamoq kabilar.

Boshqa tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli, atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagani sari boshqa sohalarda bo‘lganidek iqtisodiyotda ham yangidan yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi. Bunday ekstralisoniy omillar iqtisodiyotning o‘ziga xos terminologik tizimining qaror topishiga sabab bo‘ldi. Demak, marketing terminologiyasi hozirgi holatiga yetib kelgunga qadar bir necha bosqichni bosib o‘tdi:


  1. XX asr boshlarigacha bo‘lgan davr: sarmoya, savdogar, baqqol, baqqollik, aqcha, attor, bazzoz, rasta, baho, narx, qiymat, foyda, mablag‘, mol-mahsulot kabilar.

  2. XX asrning 20-90-yillardagi taraqqiyoti: veksel, kredit, tovar, blanka, kapital, listovka, bank, arenda.

  3. Istiqloldan keyingi davr: market, menejment, biznes, audit, investitsiya, bankomat, diller, bonus, brend, trend.

Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asarida , Alisher Navoiy hamda Bobur asarlarida ham bir qator terminlarni uchratishimiz mumkin. Jumladan, “Devonu lug‘atit-turk” dagi ayrim terminlar hozirda ham iste’molda mavjud: oldi-sotdi, savdo-sotiq kabilar. Ayrimlari esa iste’moldan chiqib, arxaizmlarga aylangan: berg‘o – qarz, o‘ronch – pora, yomg‘a – mollarni saqlovchi va ularni yig‘uvchi amaldor, sart – savdogar, terchi, muzd – ish haqi oluvchi, asig‘ - foyda, alim – olinadigan narsa, alimchi – qarz beruvchi.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida ham savdo-sotiqqa oid bir qator terminlarni uchratish mumkin: tavar – mol, narsa; satiy – savdo-sotiq; sart – savdogar, jarmaq – pul, alim-berim – oldi-berdi; kebit – do‘kon; darb – hisob; saqish – hisob-kitob kabilar uchraydi.42

Keltirilgan dalillardan ijtimoiy-siyosiy hayotning, bilish jarayonining xilma-xil sohalariga oid ko‘p terminlarning qayd etilgani va ulardan ayrimlarining ham o‘sha davrdagi ma’nolari bilan qo‘llanayotganligi ayon. Bundan ularning hozirgi kungacha yetib kelishida turli davrlarda tuzilgan lug‘atlarning ham ahamiyati beqiyos ekan, degan xulosaga kelish qiyin emas. Marketing terminlari o‘z ifodasini topgan lug‘atlar jumlasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin: “Badoyi ul-lug‘at”, L.Budagov, V.V.Radlov tomonidan jonli turkiy tillar va lahjalar hamda turkiy yozma yodgorliklar materiallardan foydalanib tuzilgan lug‘atlar va boshqalar.

O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning asarlarida umumturkiy marketing terminlar qo‘llangan. Aslida, o‘z qatlamga oid terminlar faqat turkcha emas, balki, arabcha, forscha terminlarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, savdopisha, savdogar, savdogarchilik; sarmoya, mablag‘; bay’ona, baho, qiymat, bay puli; manfaat, foyda, daromad; dastmoya, farmoya, naqd pul, naqdina; narx, baho; nafaqa, maosh kabilar.

O‘z qatlamga oid terminlarning muhim xususiyati shuki, turkcha, arabcha-forscha terminlardan iborat bo‘lishidir. Keyingi davrlarda esa ruscha va inglizcha terminlar kirib kela boshlagani bilan terminologik sinonimiya vujudga kelgan.

Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus tilidan yangi terminlar kirib kela boshladi. Bunda siyosiy jarayon muhim rol o‘ynadi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.

1950-yillardan marketing terminologiyasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Fan bilimdonlari va tilshunoslarning sa’y-harakatlari tufayli bo‘ldi. 90-yillarda bozor iqtisodiyoti rivojlanib, terminologiyaning takomillashuviga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonning bugungi iqtisodiy hayoti o‘sishda davom etmoqda. Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”da, undan avval joriy etilgan “O‘zbek modeli”da iqtisodni siyosatdan ajratish chora-tadbirlarining ko‘rilganligi ham har bir jabhaga, shuningdek, marketing sohasi rivojlanishida bosh ekstralingvistik omil sifatida qayd etsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tilshunoslar olimlarning tadqiqotlari hozirgi kunda terminning qisqa va lo‘nda yaratilish qoidalari ham tuzilganki, u uch jihatni o‘z ichiga oladi:

1) termin yagona ma’no bildirishi;

2) sinonimlardan holi bo‘lishi;

3) talaffuzi qulay bo‘lishi kabilar.

Terminlarni tarixiy-etimologik tadqiq qilish ularning qaysi tilga mansubligini, semantik taraqqiyoti va ifoda jihatidagi o‘zgarishlarni aniqlash, o‘z va o‘zlashma qatlamga oid terminlarni farqlash, o‘zlashma terminlarning esa davriy ketma-ketligini tuzish imkonini beradi.

Yuqorida biz marketing terminologiyasini tarkiban umumleksik, transterminlar, o‘zlashma terminlarga ajratgan edik. Bu chizmada esa marketing terminologiyasini tarixiy-etimologik tamoyil asosida tadqiq qilgan holda tarkibiy qatlamlarga ajratdik. Quyida nazariy va amaliy jihatdan ma’lumotlar keltirdik.




Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish