Polimerlanish reaksiyalari :
Bunday reaksiyalar faqat aldegidlarga xos bo’lib, kislotalar ishtirokida polimerlanish reaksiyasini beradi. Natijada siklik va chiziqsimon polimerlar hosil bo’ladi.
Chumoli aldegidi temir karbonili katalizatorligida polimerlanib, yuqori molekulyar birikma- poliformaldegidni hosil qiladi.
Agar n = 100 bo’lsa, hosil bo’lgan birikma polimorf, n = 1000 bo’lsa, poliformaldegid deyiladi.
Poliformaldegid 125oC da suyuqlanadigan qattiq modda, undan sintetik tolalar, quvurlar, mashina detallari tayyorlanadi.
Formaldegid bilan boradigan polikandensatlanish reaksiyasini fenol – formaldegid smolasi olsihda ko’rgan edik.
Chumoli va sirka aldegidlari. Olinishi va ishlatilishi
Chumoli aldegidi (formaldegid) - o’ziga xos hidli, zaharli gaz, – 25oCda qaynaydi. Suvda yaxshi eriydi (uning 40% li eritmasi formalin deb ataladi). Uning nomi lotincha acidum formicum chumoli kislotasi so’zidan olingan. Chumoli kislotasi esa o’z navbatida chumoli aldegididan hosil bo’ladi. Sanoatda formaldegid asosan ikki xil usulda – metan va uning gomologlarini chala oksidlash hamda metil spirtini mis yoki platina katalizatorligida havo kislorodi ta’sirida oksidlash yoki digidrogenlash reaksiyalari bilan olinadi :
Formaldegid aldegidlar gomologik qatorining birinchi vakili bo’lib, aldegidlarning umumiy formulasi , R – radikalning o’rniga vodorod atomi joylashgandir, ya’ni .
Shuning uchun formaldegidning ba’zi kimyoviy xossalari boshqa aldegidlarning kimyoviy xossalaridan farq qiladi.
Masalan : formaldegid ishqoriy muhitda Kanissaro – Tishenko reaksiyasiga kirishib metil spirti va chumoli kislotasini hosil qiladi.
Bu sharotida boshqa aldegidlar smola hosil qiladi.
Qo’llanilishi :
Metanal ko’p qo’llanadigan aldegidlar qatoriga kiradi. Uning eng ko’p miqdori fenolformaldegid smolalari olishda ishlatiladi. Fenolformaldegid smoladan turli to’ldirgichlar qo’shib plastmassalar, fenolplastlar va hklar olinadi. Fenolformaldegid smolasini aseton yoki spirtda eritib turli loklar olinadi.
Metanalning karbamid CO(NH2)2 bilan reaksiyaga kirishuvchan karbomid smola, undan esa amminoplastlar olinadi.
Metanalning 40 % li suvli eritmasi formalin preparati tibbiyotda ko’p ishlatiladi. Formalin oqsilni ivitish xossasiga ega, uning tibbiyotda ishlatilishi uning shu xossasiga asoslangan. Formalin asosan dezinfeksiyalash, ya’ni kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlarni o’ldirishda ishlatiladi. Oqsillarning ivishi natijasida teri qotadi va chirimaydigan bo’ladi. Anotomik preparatlarni konservlashda, charmlarni oharlashda, g’alla va meva saqlanadigan xonalarni, parnik hamda issiqxonalarni, dezinfeksiyalashda foydalaniladi. Ba’zan formalin urug’larni dezinfeksiyalash va dorilashda ham ishlatiladi.
Formaldegid gleserin sintez qilishda, nitro – va aminospirtlar olishda va shunga o’xshash ko’pgina hollarda ishlatiladi.
Sirka aldegidi (asetaldegid, etanal) – .
Etanal – ransiz oson uchvchan, o’tkir hidli suyuqlik, 20,2oC da qaynaydi. Suvda yaxshi eriydi. yuqori konsentrasiyadagi etanal badbo’y , kichik konsentrasiyada xushbo’y bo’ladi; ba’zan uning hidi olma hidini eslatadi (olma tarkibida oz miqdorda bo’ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |