Uni kipriklarigacha o'zimniki qilgandim. U esa u uchun bir tukini ham qimii latmagan kas tonion ketdi.
Yolg'izlikni bag'ringga bos
Hozirgi davrda kimning yuragi kim uchun urayotgani noma’lum. Biz shunday bir zamonga duch kelib qoldik. Xuddi hamma eng toza tuyg'ularini boshqalar uchun sarf qilgan-u, menga hech narsa qolmagandek his qilaman. "Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma!” deyishadi-ku, men na nonni katta tishlaydigan va na gapni katta gapiradiganlardan emasman. Shunchaki men endi hech qanday tarzda sevilishga umid qilmayman. Chunki insonlar allaqachon sevgining, ishonchning, sadoqatning, durustlikning va eng asosiysi vijdonning boshiga yetishgan. Hozir hamma bir-birini jarohatlaydi, aldaydi, tashlab ketadi. Bunday davrda eng maqbuli yolg'izlik bilan ovunish deb o'ylayman. Oddiy insonlar kabi har suv berganga chechak ochishning o'rniga yoki suv tutgandan yordam kutishdan ko'ra suvsiz qurib, yo'q bo'lishni afzal ko'raman.
Do'stlaringiz bilan baham: |