Endi ishq bizni yo'qlab kelmaydi. Chunki biz ustiga beton quyilgan tuproqning ostida qolgan va endi sira ochilmaydigan ikki dona moychechak urug'larimiz...
Sen vijdonsizlikning inson
qiyofasidagi ko'rinishisan
0‘n birinchi noyabr shanba kuni Istanbul kitob yarmarkasida men tashkillashtirgan taqdimot marosimiga kelgan o'quvchilarning kitoblariga dastxat qo'yayotib, navbatda turgan odamlarning ichida ko'zim tuyqus unga tushdi. Yuzlab insonlar orasidan yana uni payqagandim. Turgan joyimda tosh qotdim. Ko'zim tushgan qiz Zumro edi. Menga shunday tuyilyaptimi yo bu rostdan ham o'shami deya u turgan tomonga bot-bot nazar soldim. Ha, men ko'rgan inson aynan u edi. Sochlarini juda kalta qilib kestirganiga qaramay uni tanigandim. Bu haqida hech kimga aytolmadim. O'sha ondagi hayratimni va azobimni birovga sezdirmay, hech kimga hech narsa demay, xuddi hech narsa bo'lmagandek ishimda davom etdim. U men tomon yaqinlashgan sari ichimdagi hayajon va sarosima yanada ortdi. Bu shunday bir ilojsizlik ediki, buni ta'riflab bo'lmasdi. Men tomon yana biroz yaqinlashganida yonida begona bir yigit borligini ko'rdim. Keyin bir Zumroga, bir o'sha yigitga razm soldim. Ko'rinishidan ular sevishganlar edi. Ammo yonidagi yigitning o'zini tutishidan hech narsadan xabari yo'qligi ko'rinib turardi. O'sha damda ichimdagi tovush "Bunchalar yuzsiz bo'lishing mumkin emas!" deya hayqirardi. O'sha kuni bir Zumroning navbatda turganiga, bir meni yonimga boshqa bir yigit bilan kelganiga hayratlangandim. Ustiga-ustak uning ustida tanish yopinchig'i bor edi. Buni ataylab qilgani ma'lum edi. Navbat ularga kelganida oyoq-
Ba'zi bir voz kechishlar chorasizlikdan vujudga
keladi
Hammadan ham ko'ra senga ehtiyojim bor paytlar- da boshqalarning yaralariga malham bo'iganing uchun seni kechirmayman. Sening barmog'ingga zirapcha kirsa mening jonim og'rirdi. Darding - dardim, baxting - baxtim edi. Ammo endi men juda charchadim. Meni hammasidan ham ko'ra nima charchatganini bilasanmi? Sendan kutadigan e'tiborimning yo'qligi meni ezishi... Senga bog'lagan umidlarimning ostida qolgan vaqtlarimda menga bir bor bo‘lsa-da, qo'l cho'zmaganing... Eng ko'p sen bilan birgaligimda tinchlanishim kerak bo'lgan holda, eng ko'p sen bilan birgaligimda charchashim... Baxt va halovat tuyg'ularini sendan tuyishim kerak holda, eng og'ir azoblarni sendan totishlarim... Meni senga tegishli nima bo'lsa, hammasi charchatdi... Qolganini o'zing tushun. Senga nisbatan his qilgan sevgimga bo'lgan hurmatimdan juda ajoyib tarzda foydalanding. Bizni yarim qoldirib, о zgalar bilan qanoatlanding. Bundan keyin shularning beradigan vijdon azobi bilan yasha. Bu dard senga yetib ortadi. Allohga omonatsan...
Do'stlaringiz bilan baham: |