Ko'p vahima qilma.
Hali ne-nelarga ko'nikasan...
Moychechak yaproqlari
Moychechakning so'nggi yaprog'ini yulganimizda "sevmaydi" deb chiqqaniga qaramay, bandini ham yulgancha, "sevadi" deb chiqarishga urinib, o'zimizni ovutadigan darajada ba'zilarga ko'ngil qo'ygandik... Xo'sh, oxiri nima bo'ldi? Hatto yaqiniga ham yo'lay olmadik. Sharafiga bor narsamizni fido qilganlarimizning yuraklari yo'q edi. Kimni sevadi deb o'ylasak, sevmadi. "Ketmayman" deganlarning hammasi ketdi. "Doimo yoningdaman" deganlar bizni o'zgalarga almashdi. Moychechak yaproqlari ana shunday insonlar uchun fido qilingan edi. Ammo ularning hech qaysisi bunga arzimadi. Meni kechiringlar moychechak yaproqlari... Bundan keyin yuragimning eng so'lim go'shasi sizlarga tegishli. Shuni angladimki, hech qaysi ishqning taqdiri bir moychechak yaprog'iga bog'liq bo'lmasin ekan. Moychechak o'z bandidan uzilmay sevilsin, ishq esa qalblarda his etilsin...
Do'stlaringiz bilan baham: |