Boshingda otang va onang omon bo'lsa-da, qalbdagi eng katta armon bolalikka qayta olmaslikdir...
Sevgining mohiyati
Ishqning asl mohiyatini bilmaguncha huzur va saodatga erisholmaysiz. Qani, menga aytingchi, sizningcha ishqning asl mohiyati nimada? Tanishganinga hali ikki kun bo'lgan odamga sevgi izhor qilib, o'zingni va uni aldashdami? Yoki bir-biriga moyillik tuygan qalblarning bir yerda kesishishidami? Ikki yurakning bir vujudda yashashiga erishishdami? Yo bo'lmasa bir-birovni baxtli qilishdami? Yoki chindan ham sevib, sevilmaganini bilgan holda unga nisbatan his qilgan tuyg'ularidan bir on bo'lsa- da tonmaslikdami?
Ehtimol siz uchun biroz sodda tuyulishi mumkindir, ammo o'ylashimcha, ishqning asl mohiyatini ushbu jumla oydinlatadi: "Asl oshiqlik - yordan mahrum bo'lganda ham sevishda davom etmoqdir..Har qanday inson sevib qolishi, oshiq bo'lishi yoki shunchaki yoqtirib qolishi mumkin. Bu juda tabiiy holat. Negaki biz insonmiz, ta'sirchan mavjudotlarmiz. Albatta, bu so'zlarim hammaga ham taalluqli emas. Har qanday inson odam bo'lmagani kabi, men tilga olgan nozik tuyg'ular ham hammaga birdek beriladigan narsalar emas.
Mavzudan chetlashib ketmaylik. Biz har doim ko'ngil qo'ygan insonimiz bizni ham sevishini istaymiz. Tuyg'ularimizga munosib javob olishni xohlaymiz. Ammo bu oshiqlik emas, kutishdir. Lekin biz buni anglamaymiz. To'g'rirog'i, anglashni istamaymiz.
Shunga qaramay, ayrim ikki tomonli muhab- batlarda ham xolislik bo'lishi mumkin, ammo har ikki tomonli munosabatlarni ham samimiy va rost sevgiga quriladi, deb aytolmaymiz. Albatta, ikki tomonli sevgi rnavjud. Buni ikki qalbning o'rtadagi masofa qanchalik olis bo'lsa ham bir-biriga talpinishidan bilishingiz mumkin. Ammo men bir-biriga munosib bo‘lgan-u, lekin ikkisining o'rtasida tog'lar va uzun yo'llar yastangan bo'lishiga qaramay, baribir sevgisidan tonmagan insonlarning sevgisiga va samimiyatiga ishonaman, sevishini iddao qilgancha, har Xudoning bergan kunida bir-birini zaharlab, zarar berganlarnikiga emas. Ularniki sevgi emas, yaltiroq jildga o'xshaydi. Bilasiz, bizda hamma yaltiragan narsaga uchadi. Haqiqiy sevgi sovuq havoda asqotadigan to'qima sviterga o'xshaydi. Kim birgina o'sha sviter bilan qanoatlansa va isinadigan bo'lsa, ishq o'sha insonga yarashadi. Zotan ishq degani boriga qanoatlanib, shukr qilish emasmi?
Balki oshiqdirsiz. Kimnidir jondan ortiq sevarsiz. Ammo bir tomonli munosabat bilan faqat bir joygacha borishingiz mumkin. U ham kuchingiz va sabringiz yetgan yerning so'nggi manzilidir. Allaqachon voz kechgan bo'lishingizga qaramay, o'sha damgacha sevishni uddalagan bo'lsangiz, ko'nglingiz xotirjam bo'laversin. Qayerda bo'lsangiz ham haqiqiy baxt bir kuni eshigingizni taqillatadi.
Eslatma: Bir inson sizni chindan sevish yo sevmasligini bilmoqchi bo'lsangiz, bu munosabatni xohlamasligingizni aytganingizdan keyin qo'l siltab ketadimi yoki yanada qattiqroq kurashadimi, shunisiga e'tibor bering. Aynan shu vaziyatda uning qanday yo'l tutishi sizga bo'lgan munosabati qat'iy yoki beqaror ekanligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |