Aldanganlar guruhi


Hamma narsa sen ila go'zal bo'lishiga ishonardim



Download 55,46 Kb.
bet21/55
Sana11.01.2022
Hajmi55,46 Kb.
#349522
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
2 qism

Hamma narsa sen ila go'zal bo'lishiga ishonardim.

Vaholanki, sen eng katta dardim ekansan, yanglishgan ekanman.

Sen qalbim uqmaydigan so'zsan



Biron bir shaharni faqat u yashayotgani uchun sevasan. Sen xushlamaydigan narsalar uning uchun sevimli ekanligini bilganingda, o'zing ham o'sha narsalarni yoqtirib boshlaysan. Hammadan, hamma narsadan, hattoki butun borliqdan ham qochib, faqat u bilan ovunishni istaysan. U to'g'risida "Sen undan afzallariga loyiqsan. Senga undan boshqa odam qurib qolganmi? U senga umuman munosib emas!" deganlarga quloqlaringni berkitgancha eshitmaslikka olib, faqatgina uning og'zidan chiqadigan kalomlarga quloq solasan. Uning ovozini gul tuvaklariga ekishni xohlaysan. Hatto tark etilganingdan keyin ham uning ortidan qoldirib ketgan azoblariga sodiq qolib, yashashda davom etasan. Begonalar bilan birga ekanligini ko'rsang ham, u uchun baxtiyorliklar sog'inasan. Tinglaydigan har bir musiqangning naqoratida unga duch kelasan. U endi o'zgasiga tegishli ekanligini bilsang ham o'qigan har bir kitobingda uni eslatgan jumlalarning ostini chizasan. U tomonidan ko'rmaganga olinayotganingni his qilib tursang ham, ko'zlaring undan boshqasini ko'rmaydi.

Iforiga to'yolmay, isini bir xumga qamab qo'yishni istaysan. Aslida, e'tibor berib qarasangiz, inson chindan ko'ngil qo'yganida ko'p narsa istamaydi. Shunchaki bu qadar go'zal tuyg'ularga munosib insonning o'zi yo'q. Ammo shu yoddan ko'tarilmasinki, zolimning zulmi bor bo'lsa, mazlumning Allohi bor.

Xotirjam bo'l, hozir qalbimda emassan. Chunki endi qalbim sensiz halovat ichida. Seni yuqoi ida sanab o'tganlarimni qilishga tayyorchalik, qiladiganchalik qattiq sevdim. Sen yashayotgan shaharni nafas olib, chiqarayotganing uchun sevdim. Xushlamagan narsalarim sening sevimli narsalaring ekanligini bilib, men ham ularni sen bilan birga sevdim. Hammadan qochdim. Butun insoniyatdan yuz o'girib, bir senga keldim. Sen bilan ovunishni istadim. "Sen undan afzallariga loyiqsan. Senga undan boshqa odam qurib qolganmi? U senga umuman munosib emas!" deganlarga quloqlarimni berkitdim. Seni ayblagan hammaga qarshi chiqdim. Endi bo'lsa o'sha insonlarning oldida uyatdaman...

O'zimni sening soxta muhabbating bilan ovutdim. Men seni, hatto "Seni istamayman!" degan o'sha so'zingni ham balkonimdagi gul tuvaklariga ekishni istaydigan darajada telbalarcha sevdim. Meni yarim yo'lda tark etganingda ham, ortingdan qoldirib ketgan azoblarga sodiq yashagancha, ularga, hatto gard ham qo'ndirmadim. Meni tugatib, mana ko'rib qo'y degahdek ko'zimning o'ngida o'zgalar bilan vaqtichog'lik qilishingga qaramay, seni baxtli bo'lishingni istadim. Tinglayotgan har musiqamning naqoratida, o'qiyotgan har bitta kitobimning har jumla- sida senga duch kelishimga qaramay, o'sha musiqani tinglashda va o'sha kitobni o'qishda davom etdim.

Yer yuzida mavjudligimga shubha qiladigan darajada meni ko'rmaslikka olganingda ham ko'zlarim sendan boshqasini ko'rmadi. Seni bag'rimga bosgan vaqtimda iforingdan ich-ichimga to'ldirib olishni istay­digan darajada senga oshiq edim. Bularning barchasini feqat seni sevganim uchun qildim. Pushaymonmanmi? °'igudek!

Albatta, sening yuraging yo'qligi uchun bunday tuyg'ularning farqiga bormaysan. Agar inson sevib qolsa, yuragi uning jilovini o'z qo'liga olar ekan va o'zi istagan tomonga burar ekan. Ovozing boricha sevma deb baqirsang ham u bunga sira quloq solmas ekan. Qalbingga so'zingni o'tkazolmas ekansan. Men ham o'tkazolmadim. Noiloj edim. Chunki oshiq edim. Ammo oshiqligimni deb qadrsizlandim. Hozir tashlab ketgan joyingdan senga shivirlayman: Noloyiqsan!


Download 55,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish