Kurs ishi
Al BUKHARI UNIVERSITY
Asadbek Axmedov
Mavzu : Kreativ fikrlash yo‘nalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlari
Reja
1 kryativlik
2 kryativlik lik oziga xos ligi
3 kryativlik ta’lim sohasida
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va gumanitar fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan (Hennessey va Amabile, 2010 [1]). Demak, kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U in- songa baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqdalar (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), 2010 [2]), bu esa, oʻz navbatida, jamoaviy ish boʻlgan innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytir- moqda.
Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya tur- larining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday shaxs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega (IHTT, 2017 [3]). Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Ustiga-ustak, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq (Beghetto, 2010 [4]; Plucker, Beghetto va Dow, 2004 [5]; Smith va Smith, 2010 [6]; Torrance, 1959 [7]; National Advisory Committee on Creative and Cultural Education, 1999 [8]; Spencer va Lucas, 2018 [9]; Long va Plucker, 2015 [10]; Barbot, Lubart va Besançon, 2016 [11]; Barbot va Heuser, 2017 [12]; Gajda, Karwowski va Beghetto, 2017 [13]) (Higgins va boshqalar., 2005 [14]).
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab boʻladi. PISA dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (matnda keyinchalik IHTT) ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir. Soʻnggi yillarda IHTT Taʼlim tadqiqoti va innovatsiyalar markazi (CERI) oʻn bir davlatda kreativ va tanqidiy fikrlashni oʻrgatish va baholash usullari borasida tadqiqot olib bordi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |