Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
Mustaqil hamdoʼstlik davlatlari olimlaridan L.Vigotskiy, А.Leontev, D.Elkonin, O.Vasilchenko, E.Melkumova, V.Miretskaya, M.Suxomlinova, E.Emmanuel kabilarining ilmiy ishlarida shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari oʼrganilgan. E.P.Torrance, N. Rogers, J.Purnell, P.Roberts, A.M.Galligan, Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlarning ishlarida shaxsning individual qobiliyatlari, ijodiy salohiyatini namoyon etish masalalari ochib berilgan. Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq.
Ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarurbo‘lgan kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat. Kreativ fikrlash bugungi yoshlarning rivojlanishlari uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi. Bu ularga globallashuv sharoitida jadallik bilan o‘zgarib borayotgan, savodxonlik va raqamlash ilgari surilgan hamda “21-asr” ko‘nikmalariga ega moslashuvchan kishilarni talab qiladigan dunyoga moslashishga yordam beradi. Kreativ fikrlashni o‘rgatish bugungi kun o‘quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalangan holda hali yaratib ulgurilmagan sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global muammolarning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.
O’quvchilarda kreativ fikrlashni tarkib toptirishdan avval bu qobiliyatni ularda shakllantiruvchi pedagog-xodimlarda bu sifat bo’lmog’i lozimligi kunday ravshan bo’lib qoladi. So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Balki o‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. Olimlarning fikricha o‘quv mashg‘lotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi.
1 . Xo’sh, kreativlik nima?
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatdir. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq. Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasisifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilabberadi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash) [3]. O‘qituvchining ijodkorligi u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish; 2) o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Jumladan, ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash, ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish va hok. Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatidaquyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur: har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlikqobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun o’quvchilik yillarida poydevor qo‘yiladi va izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishgaalohida e’tibor qaratishi zarur.
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA baholash dasturi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir. Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikma bo’lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga koʻmaklashadi.
Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab quvvatlaydi. Oʻquvchining qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi, ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi.
Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi. Boshqa koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo’naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek ko’rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan alohida ahamiyatga ega. O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shartsharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻproq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etiladi.
Kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi. Kreativlikni baholash - oʻquvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan da’volarni dalilga asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda, oʻquvchining baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalillar bilan taʼminlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin. PISA dasturida 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan ko‘rinishlarga olib ke ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb ta’riflanadi. Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi.
Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir. ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin. PISA dasturida 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan ko‘rinishlarga olib ke ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb ta’riflanadi.
Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir. Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi.
Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masalan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir. Tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi, yaʼni har qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi haqidagi g‘oyaga asoslangani kabi tadqiqotchilar ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning natijalari umumiylashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga ham oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga ajralib turishini taʼkidlamoqda, yoki ikki yondashuvning qisman jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. “Domen” deganda “sanʼat, adabiyot, tarix yoki astronomiya kabi ilmning har qanday muayyan sohasi” yoki “muayyan ilm sohasi asosida yotadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi” tushuniladi. Tadqiqotchilar tomonidan kreativ yondashuvning quyidagi domenlari sanab o’tilgan: kundalik, taʼlimga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va sanʼatga oid sohalar. Ijodiy faoliyat “sanʼatkorlik” va “ilmiy’ sohalariga ajratilgan. Ijodiy faoliyat uch umumiy sohaga boʻlinishi mumkin: verbal, sanʼatkorlik va muammoni hal qilish.
Kreativlik sohalarini oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil tahliliga ko‘ra, matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib turadi. Har qanday shaxsning ijodiy faolligi uchun toʻrt zaruriy qismi sanab o’tiladi: sohaga bogʻliq qobiliyatlar; kreativlikka bogʻliq jarayonlar; vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya); mos, qulay sharoit. Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bogʻliq qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor qoʻllanmalardan voz kecha olish kabi zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun, ham takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat. O‘quvchilarning kreativ fikrlash koʻrsatkichlari ularning tadqiqotchilik qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham oʻrinlidir. Xuddi o‘quvchi ishtiyoqini oʻlchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik qobiliyatini ham kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya) maʼlumotlar asosida tahlil qilish mumkin.
Butun dunyoda jamiyat ta’limining jadal rivojlanishi innovatsion va ijodiy yondashuvni shakllantirmoqda. Chunki jahon hamjamiyati har qanday jamiyat taraqqiyoti va yo‘nalishini belgilab beruvchi innovatsion ijodiy ta’sirlardan kelib chiqib, inson faoliyatining barcha sohalarida ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi bilan tavsiflanadi. Ko‘pgina xorijiy davlatlar, jumladan, AQSH, Kanada, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya va boshqa mamlakatlardagi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni innovatsion va ijodiy asosda olib borilmoqda. Fikrlash inson miyasining alohida funksiyasidir. Uning neyrofiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro ta’siridan iborat. Inson tafakkur jarayonida fikr, mulohazalar, g‘oyalar, farazlar va boshqalarni rivojlantiradi va ular inson ongida tushuncha, hukm, xulosalar tarzida ifodalanadi. Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Agar ijodkorlik haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, ijodkorlik insonning shaxsiy sifati bo‘lib, u madaniyatga asoslangan shaxs bo‘lish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Pedagogika sohasidagi kreativlik muammosiga to‘xtalsak, o‘qituvchi-olima, pedagogika fanlari doktori, professor R.A. Mavlonova o‘z ilmiy ishlarida kreativlik haqida fikrlar bildirgan. Uning ilmiy maqolalari – “Boshlang‘ich ta’limdagi innovatsiyalar”, “Pedagogika, integratsiya, boshlang‘ich ta’limdagi innovatesiyalar” – kreativ ta’lim jarayoniga bag‘ishlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfda bilimli, ma’naviy barkamol inson bo‘lib shakllanishida, ayniqsa, ularning fan, ta’lim, fanga bo‘lgan ichki psixologik yo‘nalishini shakllantirishda o‘qituvchilarning o‘rni kattadir.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda birinchi o‘qituvchi bolalar uchun buyuk shaxs timsolida gavdalanadi va bolalarga o‘rnak bo‘ladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativligi, harakatchanligi, bolalarning tushunishi, kommunikativ va pertseptiv (bolani tushunish) qobiliyatlari katta ahamiyatga ega. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi kuchli harakatchanlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik psixologlar tomonidan ilmiy asoslab berilgan. Bunday qiziqish va shiddatni faqat ijobiy tomonga yo‘naltirish kerak. Bu esa, o‘z navbatida, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan ko‘proq izlanish, kreativlik talab qiladi.
O‘quvchilarni hayotga tayyorlashda kasb tanlashda izchillikni oshirish bilan birga o‘quv faoliyati va tarbiya jarayonida ijodiy fazilatlarni shakllantirishga ham e’tibor qaratish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faolligi va mahorati badiiy adabiyot, san’at asarlari, musiqa, tasviriy san’at, me’morchilik, teatr, kino, qo‘g‘irchoq teatri, voqelikka estetik munosabat shakllanadi, estetik didni idrok etishda ko‘proq seziladi, buning natijasida o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va qobiliyatlar rivojlanadi. Ijodiy sifatni shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning ijobiy va salbiy, sodda va murakkab xulq-atvorini ko‘rish mumkin, shuning uchun ham o‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchiga ijodiy sifatlarni to‘g‘ri tushunish va ularni kundalik hayotda qo‘llashga yordam berishdan iborat. O‘qituvchining asosiy vazifasi har bir o‘quvchida o‘ziga xos ijodkorlik sifatlarining shakllanish darajasini nazorat qilishdan iborat. Chunki buning natijasida o‘quvchilarda tashabbuskorlik, halollik, intizomlilik kabi fazilatlar shakllanadi.
Darsda ishlashga psixologik tayyorgarlik o‘quvchilarning yoshiga mos keladigan ongli va ijobiy xususiyatlarni shakllantirish, o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarini egallashga qiziqishlarini shakllantirishdan iborat. O‘quvchilarga juda yoshligidan jamiyat taraqqiyoti, o‘quvchilarning mehnat qobiliyatini shakllantirish, mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun ishlab chiqarishda ishtirok etish zarurligini tushuntirish o‘qituvchining vazifasi juda muhimdir. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayoniga ruhiy tayyorgarlik o‘quvchilarda turli xil psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular – idrok, psixomotor, emotsional idrok, diqqat, xotira, tafakkur – bolaning psixologik komponentlari. Darsda o‘quvchilarga bilim berishda uning aqliy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bolaning xotirasini rivojlantirish ham muhimdir. Chunki fanga oid materiallarni yodlash va amaliy topshiriqlarni bajarish boshqa fanlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘qituvchi darsda amaliy ishlarni tushuntiribgina qolmay, balki asosiy materiallar va obyektlarning namunalarini, materiallarni materialga qayta ishlash usullarini va ish bosqichlari ketma-ketligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinfdagi darslarda eshitish, ko‘rish va xotira rivojlantirish mashqlari muhim o‘rin tutadi. Masalan, boshlang‘ich sinfda texnologik mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, o‘quvchilarni qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, maqsadga erishish yo‘lida tinmay mehnat qilishga, boshlagan ishni tashlab ketmasdan, oxiriga yetkazishga o‘rgatishi kerak.