Aktyorlik mahorati



Download 0,88 Mb.
bet234/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

V-MA’RUZA


QО‘G‘IRCHOQ TEATRI AKTYORI IJODIGA XOS BО‘LGAN

HUSUSIYATLAR


Tо‘rtinchi kurs о‘qish jarayonida kurs talabalari barcha fanlardan о‘qib о‘rgangan bilimlarini diplom spektaklini amalga oshirish uchun sarflashadi. Diplom spektaklida talabalr tomonidan yaratiladigan har bir obraz professional teatr aktyorining ijodiy ishi bilan teng bо‘lishi lozim. Chunki san’at maktabining bugungi diplomati, ertangi kunning teatr aktyori. Shunday ekan, diplom spektaklida har bir qilinadigan ish, bu professional teatrga qо‘yiladigan ilk qadam hisoblanadi. Diplom
Spektakl professional teatrning butun imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sahnalashtiriladi. YA’ni spektakl sahnalashtirish professional teatrdagidek ma’lum grafik asosida olib boriladi. Bu jarayonda talabalar har tomonlama mustaqil ijod qilishga, kollektivni his qilish, uni tushunish va bir-biriga ijodiy hamkorlikda yordam berish hususiyatlarini tarbiyalash ham diplom spektaklini yaratish jarayoniga kiradi.
Demek, tо‘rtinchi kursning о‘qish jarayonida amalga oshiriladigan diplom spektakli yaxshi dramaturgiyaga hamda boy g‘oyaga asoslangan mukammal asar bо‘lishi shart. Spektakl zamonaviy yoki klassik asar mukammal asar bо‘lishi shart. Spektakl zamonaviy yoki klassik asar ham bо‘lishi mumkin. Eng asosi tanlangan asardagi personajlar har xil xarakterli hususiyatlarni о‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim. Agar diplom oldi spektakli kichik yoshdagi tomoshabin uchun tanlangan bо‘lsa, diplom spektakli albatta katta yoshdagi tomoshabinlarga mо‘ljallab olingan bо‘lishi kerak. biz bilamizki, qо‘g‘irchoq teatri faqat yosh tomoshabinlar uchun emas, balki katta yoshdagi tomoshabinlarni ham xushnud qilib kelmoqda. Har bir qо‘g‘irchoq
teatri sahnasi uchun tanlangan asar, о‘z tomoshabiniga ega bо‘lgan holda
uning yoshiga qarab sahnalashtiriladi.
Diplom spektakli ustida olib boriladigan ish jarayoni huddi 6- bosqichdagidek bо‘ladi. Faqat rol taqsimlashga kelganda pedagog-rejissyor kurs talabalarini diplom oldi spektaklida о‘ynagan rollari monand bо‘lmagan, butunlay о‘zgacha personaj obrazini yaratib berishi kerak bо‘ladi. Aksincha, о‘qish jarayonida talabada bir yо‘sindagi rol ijrosi, ya’ni bir janrda talqin qilgn roli-lirik bо‘lsa, lirik; komik bо‘lsa, komik; xarakterli bо‘lsa, xarakterli personajning obrazi uning kо‘p qirrali aktyorlik imkoniyatlarini chegaralab qо‘yishga olib keladi. Bu esa bо‘lajak aktyorni bir qolipga solib qо‘yadi. Shuning uchun diplom spektaklida talabalarga tо‘g‘ri rol taqsimlash ish bosqichining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. О‘qish jarayonida talabalar diplom oldi va diplom spektakllarida turli xil bir-biriga monand bо‘lmagan obrazlarni yaratishi, uning kelgusida teatrda kо‘p qirrali aktyor bо‘lib ishlashiga tо‘g‘ri yо‘l ochib beradi. Chunki, qо‘g‘irchoq teatrning о‘ziga xos hususiyatlaridan biri aktyor bitta spektaklda bir nechta obraz yaratish imkoniga egadir. Bunday holda biz diplom oldi spektaklida ham qо‘llagan edik. YA’ni, “Sehrli kiyik” spektaklida talaba S. Sharipova tantiq, qaysar, erkatoy. shoh qizi “Budur” hamda bu obrazga qarama-qarshi bо‘lgan dono, vazmin, aql bilan ish kо‘radigan “Tovus” obrazlarini tо‘laqonli yarata oldi. Talaba A. Shamsiyev esa “Yovuz о‘rgimchak” hamda “soqchi” obrazlarini yaratdi. Diplom ishi uchun olingan Isfandiyorning “Avaz-Botir” spektaklida S. Sharapovaga “qarg‘a” rolini, “Sehrli kiyik” rolini ijro etgan N. Farmonovaga qaysar Gulini, I. Sodiqovning “Afandining besh xotini” spektaklida V. Shamsiyev “Afandi” rolini ijro etgan bо‘lsa, “Avaz-Botir” spektaklida ochkо‘z “dev” rolini zо‘r muvaffaqiyat bilan ijro etdi. О‘qish jarayonida diplamatlarning har xil obrazlar yaratish ularning iste’dodini yanada keng kо‘lamda ochilishiga yordam beradi. Faqat bu yо‘nalishda ular yuzakilikka, bachkanalikka, masxarabozlikka о‘tmasdan obraz talqiniga jiddiy yondashishiga tо‘g‘ri keladi. Ijod maktabida talabaning imkoniyat qirralarini kengroq ochilishiga uning, kelgusida professional teatrda yaxshi mutaxassis bо‘lib ishlashiga imkoniyat yaratadi. U obraz yaratish jarayonida mustaqil ishlashga о‘rganishi lozim. Ijod jarayonida yaratayotgan obrazlar birdaniga paydo bо‘lmasdan asta-sekinlik bilan tug‘ila boshlaydi. YA’ni, obrazning xarakteriga xos bо‘lgan hususiyatlar uning tasavvurida paydo bо‘lib, uni qо‘g‘irchoq personajiga moslashtirib ishlay boshlaydi. Qо‘g‘irchoq teatrida obraz yaratish qо‘g‘irchoqning tashqi holatidagi hususiyatlarga kо‘proq bog‘liq bо‘ladi. Shuning uchun obrazga topilgan yurish-turish, odat-qiliqlar, uning tashqi xarakteridan kelib chiqqan holda bajariladi. YA’ni, aktyor obraz yaratish jarayonida qо‘g‘irchoqning tanasidani har bir a’zosini о‘ziga itoat qildira olish kuchiga ega bо‘lish lozim. U qо‘g‘irchoqni itoat qildira oldimi, aktyorda о‘ziga nisbatan ishonch hosil bо‘ladi. Sо‘ng u itoatkor qо‘g‘irchoq obrazini pyesadagi davr, uni о‘rab turgan muhit, о‘sha davrning urf-odatlari, kiyim-kechaklariga monand, qо‘g‘irchoq personajning niqobining xarakterli hususiyatida kelib chiqqan holda sekin maqsadli harakat qilishga о‘rgatadi va uni tana harakatlarini rivojlantirib boradi. Shunda qо‘g‘irchoq personajining
tana harakati epchillikka, noziklikka va harakatchanlikka moyil bо‘ladi.
“Avaz-Botir” spektaklida Guli obrazini yaratish jarayonida Hikmatoy kо‘p ijodiy qiyinchiliklarga duch keldi. U Guli-qо‘g‘irchoqni bor imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uni yaxshi boshqarish yо‘llarini о‘rganib oldi. Spektakl shart-sharoitidan kelib chiqqan holda sahnada ishlash jarayonida qо‘g‘irchoqni hozir qо‘liga olgandek о‘zini yо‘qotib qо‘ydi. Chunki, undan faqat umum hususiyatga ega bо‘lgan qо‘g‘irchoqni emas, balki aynan shu spektakldan kelib chiqqan holda qaysar shoh qizi Gulini obrazini yaratish talab qilinadi. Demak, oddiy qizdan shoh qizining kiyinishi, yurish-turishi, о‘zini tutishi, gapirish odatlari, atrofdagilarga munosabati butunlay boshqacha. Shuning uchun obraz yaratish jarayonida aynan shu spektakldagi ma’lum obrazga mos xarakterdagi hususiyatlardan kelib chiqqan holda ishlashni о‘rganish kerak ekan. Obraz yaratish jarayonida birinchi uning tashqi holatidagi hatti- harakatlar aniq topilib, undan keyin obrazning ichki mohiyati bilan ularni birlashtirgan holda ishlash kerak. aktyor ijodining muvaffaqiyati bu uning izlanishida, borliqni sezib idrok etishida hamda barcha topilgan narsalarni obrazni yaratish jarayonida, ularni shunga tadbiq qila olishidadur.
Qо‘g‘irchoq aktyorida obraz mohiyatini muhim tomonini ochib berish uchun unga kuchli tasavvur, mohirlik, topqirlik, sehrgarlik hamda takrorlanmas sehrli ovoz kerak bо‘ladi. Bu hususiyatlarni aktyor obraz ustida ishlash jarayonida tо‘g‘ri aniq olsa, ana shunda obraz talqini tо‘g‘ri va maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunga misol tariqasida Farg‘ona qо‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan “Oltin jо‘ja” spektaklida bо‘ri obrazini talqin qilgan
T. Sultonov, Andijon teatri sahnasida yaratilgan “Shoh Laylak” spektaklidagi
R. CHо‘qqiyev ijrosidagi Salim donishmand va savdogar Mirza, Toshken Davlat qо‘g‘irchoq teatrida “Issombusi” spektaklida Issombusi rolini ijro etgan Munisa Egamberdiyeva, institut о‘quv teatrida “Afandining besh xotini” diplom spektaklida Afandi obrazini yaratgan Valijon Shamsiyev, shu spektaklda Jannatoy obrazini zо‘r mahorat bilan ijro etgan Qirmizi Qubbesova, “Yо‘ldosh ota sarguzashtlari” spektaklida Yapon xotini va kampir obrazini yaratgan Gulnozalarni misol qilsa bо‘ladi.
Bu spektakllarda muvaffaqiyatli chiqqan obrazlar talqini aynan uni yaratgan aktyorning bilim darajasiga, sahna san’ati tо‘g‘risidagi keng tushunchasi va ma’lumotiga, mahoratiga hamda sahnada meyor darajasini bilgan holda ijod qilib, о‘zi yaratgan obrazni tо‘laqonli keng mazmun va ma’noda yarata olganligidadur.
Diplom spektaklini yaratish jarayonida diplomatlar yuqorida keltirilgan teatr aktyoriga xos bо‘lgan hususiyatlarni о‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim. Chunki ular yaratayotgan obrazlarning har biri о‘z xarakteriga, tarbiyasiga, hayot tarziga, jamiyatda tutgan о‘rniga bog‘liq bо‘ladi. Demak, pyesada avtor tomonidan olingan ma’lum davr, unda yashayotgan personajlarning har biri о‘ziga xos hususiyatga ega bо‘lgan turli xarakterdagi insonlardir. Obraz yaratish jarayonida har bir talaba о‘zining ish yо‘nalishini, unga biriktirilgan rolning aynan shu personajga xo bо‘lgan xarakteriga monand hususiyatlarning izlab topishga tо‘g‘ri keladi.
Diplom uchun olingan Isfandiyorning «Avaz-Botir va malika-guli»
spektaklidagi Avaz-Botir aqlli, haqgо‘y, о‘z xalqiga, Vataniga sodiq sevgilisiga erishish uchun har qanday tо‘siqlarni yengishga qodir, kuchli pahlavon, botir. Malika-Guli-qaysar, tantiq, qorong‘ulik mamlakatida yashasa ham u tabiatni, qushlarni, yorug‘likni, quyoshni, odamlarni juda yaxshi kо‘radi. Sevgilisiga sodiq qiz.
Baymoq-sotqin, boylik uchun hamma yovuzliklarga tayyor, о‘z manfaatini kо‘zlaydigan, ochkо‘z personaj.
Qarg‘a-aqlli, itoatkor, haqiqat uchun kurashuvchi, insonlardagi yaxshi hislatlarni qadrlaydigan personaj.
Avtor tomonidan personajlarga berilgan ichki xarakterli hususiyatlaridan kelib chiqqan holda rassom-haykaltarosh, qо‘g‘irchoq ustasi, mexanizator hamda pedagog-rejissyor hamkorligida tashqi umumlashgan hususiyatga ega bо‘lgan qо‘g‘irchoq tayyorlanib, talaba qо‘liga topshiriladi. Talaba bu personajning tashqi holatiga qarab, unga yana bir marta baho berishi kerak. avaz-Botir qо‘g‘irchoq personajining kо‘zlari о‘tkir, qirra burun, keng yelkali, kiyimi ostidan bilagidan kuchi bо‘rtib turibdi, uning tashqi kо‘rinishi kuchli va baquvvat odamligini aytib turibdi. Belida kamar, yelkasida о‘q-yoy osib olgan.
Guli-chiroyli, gavda tuzilishi juda nozik, yashil harir kо‘ylak kiygan, yuzidan uning jaxldor saroy qizi ekanligi kо‘rinib turibdi.
Shunday qilib, har bir personajning ichki xarakteriga moslab, uni tashqi hususiyatlarini aniq topishga harakat qilish kerak. Ish jarayonida esa uning ichki holatini tashqi hususiyatlariga moslab hatti-harakat qilishga о‘rganish, ya’ni personajdagi tashqi tana harakatchanligi uning ichki dunyosidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu jarayon obraz mohiyatini va mag‘zini ochishga talabadan butun mahorat va iste’dodini ishga solishni talab qiladi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish