Aktyorlik mahorati


VI-Ma’ruza: QО‘G‘IRCHOQ PERSONAJINING HARAKATGA



Download 0,88 Mb.
bet235/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

VI-Ma’ruza: QО‘G‘IRCHOQ PERSONAJINING HARAKATGA


MOYILLIGI
ADABIYOTLAR

  1. M. H. Qodirov “О‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatri”. Toshkent. 1979

  2. M. H. Qodirov “О‘zbek xalq tomosha san’ati”. “О‘qituvchi”. Toshkent. 1981

  3. M. H. Qodirov “Tomosha san’ati о‘tmishidan lavhalar”. T., О‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti. 1993

  4. M. Ashurova “Qо‘g‘irchoq teatr san’atining aktyorlik maktabi”. Toshkent. 2007 y.

Shartli sahnadagi repetitsiya stol atrofidan turgazib, qо‘g‘irchoq bilan jismoniy hatti-harakat qilishga undaydi. Talaba tasviriy san’at asari bо‘lgan qо‘g‘irchoq personaj imkoniyatlarini aniqlashga kirishadi. U shartli sahnadagi ish bosqichidan qо‘g‘irchoq obrazini sahnaga kirib kelishidan, sahnadan chiqib ketguncha bajaradigan hatti-harakatidan xabardor bо‘lishi va qо‘g‘irchoq obrazini о‘ziga xos plastik harakat yо‘nalishini topa olish hususiyatiga ega bо‘lishi kerak. Shunda ikkinchi kurs va uchinchi kursning


tо‘liq о‘qish jarayonida ish faqat qо‘g‘irchoq turlarini о‘rganish hamda
ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlash yо‘llarini о‘zlashtirishga bag‘ishlanadimi degan savol tug‘ilishi mumkin. Spektakl ustida ish jarayonida yana qо‘g‘irchoq imkoniyatlarini о‘rganish va о‘zlashtirish masalasi qо‘yilyapti. Nega?
Bu savolga shunday javob berish mumkin: har bir qо‘lga olingan yangi qо‘g‘irchoq personaji о‘zining xarakteriga qarab, oldingi qо‘g‘irchoq personajiga mutlaqo о‘xshamaydi, о‘xshash ham mumkin emas. Spektaklda yuzta personaj bо‘lsa, ularning ichki mexanik tuzilishi, tashqi formasi, о‘ziga xos xarakterli hususiyati mavjud bо‘ladi. Shuning uchun 10 yillik yoki 20 yillik ish staji bilan teatrda ishlab kelayotgan aktyor yoki aktrisa ham qо‘liga tushgan yangi qо‘g‘irchoq personajini imkoniyatlarini qaytadan о‘rganib chiqadi, undan keyin u bilan sahnada bemalol ishlay olishga muyassar bо‘ladi. Agar shu jarayondan voz kechib, darrov obraz yaratishga sakrab о‘tadigan bо‘lsa, unda oyog‘i singan va qо‘ltiq tayoqda yurgan nogironga о‘shxab qoladi. Aktyor qо‘g‘irchoqni tо‘siq ustida erkin hatti-harakat qilishga о‘rganishi va uni maqsadli amalga oshirishdan bolashi kerak. chunki har bir qо‘g‘irchoq о‘zining texnik sabalariga kо‘ra unga alohida e’tibor bilan yondoshishni talab qiladi. Shu talabni e’tiborga olib, ish boshlasangiz marra sizniki bо‘ladi. Kurs talabalariga har biri о‘ziga tegishli qо‘g‘irchoq personajlarini qо‘llariga olib, shartli maydonchada uning imkoniyatlarini tekshirib, qо‘llarini ishlash uchun moslay boshlaydilar.
О‘qituvchi har bir spektakl uchun yasalgan qо‘g‘irchoq qanday harakat imkoniyatlariga moyil ekanligini talabadan sо‘rab, uning harakatlarini tekshirib chiqadi. Shunda shartli maydonchada kiyik-Nargiza qо‘g‘irchoqni bosh hamda orqa oyoqlariga uni tanasini ushlab turish hamda kiyikni harakatga keltirish uchun tutqichlar (trostlar)ni sezadi va sinab kо‘radi. Bosh qismidagi tutqich kiyikni bо‘ynini har tomonga egishga va boshini hoxlagan tomonga burishga hamda gavdaning oldi qismini harakatga keltirishga yordam beradi. Tananing orqa qismidagi tutqich esa, uning oyoqlarini hamda tanasini harakatga keltirishga yordam beradi. Bu tutqichlar kiyikning harakatiga xo chopib, sakrab yurishiga ham yordam beradi.
О‘qituvchi-Nargiza, kiyikni qanday harakatlar bajara olishini bizga kо‘rsatib ber.
Nargiza kiyik qо‘g‘irchog‘i orqali uni yurish-turishini, sakrab, chopib о‘ynashini, hamda ma’lum tо‘siqqa duch kelib, tо‘xtab, uni kuzatishini kо‘rsatdi.
О‘qituvchi-Yaxshi harakatlar topibsan, lekin topgan harakatlaringni
kiyik emas, sen bajaryapsan. Sahnada harakat yо‘nalishi kiyik plastikasidan kelib chiqqan holda bajarilishi kerak. sahnada biz kiyikni kо‘rganda, seni tо‘siq orqasida borligingni unutaylik. Qо‘g‘irchoq teatr sahnasida hayvonlar obrazini yaratayotganda, biz ularning tabiatidan kelib chiqqen holda harakatlarni izchilligiga erishaylik. Ular sirkdagi о‘rgatilgan
hayvonlarga umuman о‘xshamasligi kerak.
Bajarilayotgan harakatlar ularning hayot qonuni asosida tabiiy bо‘lishi lozim. Shunda siz sahnada qо‘g‘irchoq personajingizni soxta о‘rgatilgan emas, balki uning harakatlarini tabiiy chiqishiga erishasiz.
Sahnada hayvonlar obrazini yaratishda mana shu qonun-qoidaga amal qilgan holda ishlashga moyil kerak.
О‘qituvchi vazir qо‘g‘irchoq personajini harakat imkoniyatlarini о‘rganayotgan Otabekka murojaat qildi.
О‘qituvchi-Sen о‘z qо‘g‘irchog‘ing haqida nimalar bilib olding.
Otabek-Mening qо‘g‘irchog‘im trostli qо‘g‘irchoq turi bо‘lib, uning
bosh qismiga tutqich о‘rnatilgan. Bu tutqich qо‘g‘irchoqni gavda qismini harakatga keltirish uchun qulaylik yaratadi. Tutqichda yana ikkita mexanizm о‘rnatilgan bо‘lib, biri boshini har tomonga burish, egish uchun bо‘lsa, ikkinchi mexanizm uning lablarini ishlatishga mо‘ljallangan. Faqat qо‘g‘irchoq og‘irroq ekan. Uning labini harakatga keltirish uchun о‘rnatilgan mexanizm yaxshi ishlamayapti.
О‘qituvchi-Xо‘sh qо‘g‘irchoqni qanday harakatlarini о‘zlashtirding?
Otabek qо‘g‘irchoq orqali uning yurishini, о‘tirishini, nimanidir
poylab turganini hamda tezlik bilan yashirinib olganini kо‘rsatib berdi.
О‘qituvchi-Birinchidan, qо‘g‘irchog‘ingni tashqi qiyofasini oladigan
bо‘lsak, u juda semiz. Yoshi ham anchagacha borgan. Shuning uchun semiz odam bunchalik tez harakat qilishga moyil emas. Harakat jarayonida uning yoshi ham inobatga olinadi. Demak, uning gavda tuzilishidan kelib chiqqan holda hatti-harakat qilish kerak ekan. Lab mexanizmiga kelsak, har biringiz qо‘lingizdagi qо‘g‘irchoqlarni butun sexnik tomonlarini yaxshilab kо‘rib chiqib, unda kamchiliklar bо‘lsa darrov ustaxonaga, ya’ni qо‘g‘irchoq mexanizatoriga murojaat qilib kamchiliklarini bartaraf qilishingiz va qо‘g‘irchoqni erkin harakat qilishiga moslashtirishingiz kerak.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish