Aktyorlik mahorati


VII-Ma’ruza: AKTYOR TALQINIDAGI ASOSIY HUSUSIYATLAR



Download 0,88 Mb.
bet236/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

VII-Ma’ruza: AKTYOR TALQINIDAGI ASOSIY HUSUSIYATLAR


ADABIYOTLAR:



  1. YE. V. Speranskiye “Aktyor teatra kukol”. VTO, Moskva. 1986

  2. G. V. Kristi «Vospitaniye aktyora shkoli Stanislavskogo». Moskva.

«Izdatelstvo» 1978.

  1. N. Oydinov “О‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar”. Toshkent “О‘qituvchi”. 1997.

Ijodkor hoh u aktyor yoki rejissyor, yoki qalam sohibi dramaturg, yo bо‘lmasa tasviriy san’at vakili-naqqosh, usta, rassom, kim bо‘lishidan qat’iy nazar kelajakka umid bog‘lab ijod qiladigan bо‘lsa, eng avvalo hayotni yaxshi bilishi, tomoshabinning dunyosini anglay olishi va о‘rganishi darkor. Hayot bilan hamohang va tomoshabindan ancha yurgan ijodkorgina о‘zining ijodiy ishlari bilan el qalbidan joy olishga musharraf bо‘la oladi. Shuning uchun teatr tomoshasiga kelgan har bir tomoshabin sahnada mahorat bilan ijro etgan aktyor iste’dodidan mamnun bо‘lishi, spektaklda yaratgan obrazlar majmuasida о‘ziga kerak bо‘lgan tomonlarni ilg‘ab olishi va shu bilan birga undan о‘zi uchun tegishli xulosa chiqara bilishi zarur. Ana shunda ijodkor tomoshabin olqishiga sazovor bо‘lib, uning loyiq bо‘ladi. Bunday ijodkorlarni el sevadi va ardoqlaydi. Bu iltifotga sazovor bо‘lish hamma ijodkorlarga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bekorga san’at donishmandlari: “San’atda birinchi bо‘l, birinchi bо‘lmasang bu sohani tark et”, deb aytishmagan.


Teatr san’ati deganimizda darrov kо‘z о‘ngimizga yetuk sahna ijodkorlari Mannon Uyg‘ur, yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov, Shukur Burxonov, Olim Xо‘jayev, Halima Nosirova, Sora Eshontо‘rayeva, Yayra abdullayeva, Oydin Norboyevalar; qо‘g‘irchoq teatri san’ati deganimizda Toshmuhammad Doniyorov, A. Saidaliyev, N. Zayniddinov, Vladimir iogelsen, Tohir Mahramov, Iso Yoqubov, Shohida Komilova, Fatxulla Xо‘jayev, Angela Mahkamova, Shomurod Yusupov, Munisa Egamberdiyevalar; tasviriy san’at deganimizda Kamoliddin Behzod, Chingiz Axmarov, rahim Axmedov, Rо‘zi Choriyev, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekovlar siymosi va ularning san’at yо‘lida yaratgan ijodiy ishlari gavdalanadi. Bu ijodkorlar tomoshabinlar qalbida bir umrga jo bо‘lgan buyuk insonlardir.
Qо‘g‘irchoq teatri aktyorini tarbiyalashda uning shu san’atni sevishi va unga sodiq qolishda yuqorida tilga olingan san’atkorlarning shaxsiy hayoti va ularning bosib о‘tgan ijodiy yо‘llari bо‘lg‘usi aktyor uchun katta ijod maktabi bо‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun о‘qish davrida, ayniqsa spektakl ustida olib boriladigan ish hamda obraz yaratish jarayonida buyuk san’atkorlar ijodiy yо‘liga qayta-qayta marojaat qilish va о‘rganish zarur. Yetuk san’atkorlarning yaratgan obrazlari ertaga san’atga mustaqil qadam qо‘yayotgan ijodkorlarga poydevor bо‘lib xizmat qiladi. Shunda ular о‘z ijodini tomoshabinga qanchalik qimmatli ekanligini anglab olishadi. Chunki aktyorning butun ijodiy faoliyati faqat tomoshabin bilan bog‘liq holda о‘tadi. Shunday ekan qо‘g‘irchoq teatri ham sahnada yaratadigan obrazlari orqali tomoshabinni о‘z ketidan ergashtirib, uni dunyoqarashini shakllantirishi va uning qalbiga ezgulik urug‘larini sochishi kerak.
Yosh tomoshabin san’atga ilk qadamini qо‘g‘irchoq teatridan boshlar ekan, uni teatrdan olgan birinchi taassuroti bir umrga esda qolishi va bu
dargohni tez-tez qumsab turishi lozim. Shuning uchun qо‘g‘irchoq teatrida
birinchi marotaba kо‘rgan spektaklni eslab, undagi о‘zidagi yaxshi taassurotni obrazi va shu obrazni yaratgan aktyorni eslashadi. Ba’zilar esa shu san’at turini yoqtirib, keyinchalik uni о‘ziga kasb qilib oladi. Qо‘g‘irchoq yoki drama san’ati bо‘limiga imtihon topshirishga kelgan abituriyentlar kо‘pincha “Men Shukur Burxonovday yoki Tohir Mahromovday bо‘laman, shuning uchun shu sohani tanladim”, degan gaplarni eshitasiz. Yoki sahnada ijro etilgan har xil kasbdagi insonlarning obrazini yosh tomoshabin birinchi marotaba teatrda kо‘rib, u bilan tanishadi. Ba’zida unda sahnada kо‘rgan kasb egasiga nisbatan qiziqish uyg‘onadi va u о‘zini shu kasbga tayyorlab boradi. Bu esa uni kelajakda shu egallashiga ham yordam beradi.
Demak, teatr tomoshabinni faqat tarbiyalamay, uning ongini shakllanishiga, dunyoqarashini kengayishiga, borliqni jonli obrazlar orqali kо‘rishiga hamda kelgusi hayot yо‘lini belgilab berishida ham unga yaqindan yordam berar ekan. Shuning uchun ham bо‘lg‘usi aktyor о‘z kasbining qiymatini, uning mohiyatini tushungan holda uning oldida turgani katta ma’suliyatni anglamog‘i zarur. Shunday ekan u butun ijodiy yо‘li davomida tinmay о‘z ustida ishlab, iste’dodini yangi qirralarini rivojlantirib, ijod pog‘onalariga kо‘tarilib, tomoshabin olqishiga sazovor bо‘lib, uning qalbidan joy olib, san’atda о‘z о‘rniga ega bо‘la oladi. Ana о‘shanda u о‘z maqsadiga erishgan bо‘ladi. Aktyor ijodi bilan bog‘liq bо‘lgan bu fazilatlarni talaba о‘qish jarayonida anglab olishi va unga amal qilishi darkor.
Talabalar diplom oldi va diplom spektakllarini tomoshabinga namoyish qilganlarida, ular о‘z aktyorlik burchlarini tо‘g‘ri tushuna borishlari va tomoshabin uchun fidokorona xizmat qilishga о‘rganishlari zarur. Aktyor о‘z kasbiga fidoiy bо‘lib, о‘z ustida tinimsiz mehnat qilmas ekan, u о‘zida bor bо‘lgan iste’dodi bilan uzoqqa bormay, yarim yо‘lda shamol ta’sirida о‘chib qolgan shamchiroqqa о‘xshab qoladi. Ana shunda u tomoshabin nazaridan chetda qolib ketadi. bu aktyor uchun kechirib bо‘lmas fojia hisoblanadi. Bо‘lg‘usi teatr aktyori san’at sohasida yetuk mutaxassis bо‘lib qolmay, balki u pok ahloqli, yuksak didli, nazariy bilimlarni puxta egallagan, davr ruhini yaxshi his qila oladigan, bolalar va kattalar ruhiyatini chuqur anglagan yuksak madaniyatli, zamonasining yetuk insoni bо‘lmog‘i darkor. Bunday fazilatlarga ega bо‘lgan aktyorgina sahnada haqiqiy yetuk, mukammal obrazlar yarata olish qobiliyatiga ega bо‘ladi.
Shunday qilib, bitiruvchi kurs talabalarining tо‘rt yillik о‘qish jarayoni nihoyasiga yetib qoldi. Endi navbat Davlat imtihoniga. Davlat imtihoniga barcha kurs talabalari ishtirok etgan turli janrdagi ikkita yoki uchta spektakl olib chiqiladi. Albatta bu spektakllarda har bir о‘zining serqirra aktyorlik imkoniyatlarini ochib beradigan bitta yoki ikkita har xil xarakterdagi personajlarni obrazini yaratgan holda sahnaga chiqish imkoniyatiga ega bо‘lishi zarur. Bitiruvchi talabaning diplom ishidagi ijodiy yо‘li uni kelgusida shu san’at sohasida ishlay olish darajasini kо‘rsata olishi shart. Chunki bugungi bitiruvchi diplomant ertangi teatr aktyori. Demak, teatrning kelajagi bu san’at maktabining yosh ijodkorlar qо‘lida. Shuning uchun Davlat imtihonidagi baholash jarayoni bо‘lg‘usi aktyorlarni yana bir borShuning
uchun Davlat imtihonidagi baholash jarayoni bо‘lg‘usi aktyorlarni yana bir
bor ijod yо‘lini kо‘rsata olishi va ularga mustaqil hayotga yо‘llanma sifatida xizmat qilishi kerak.
Bitiruvchi talabalarning diplom ishi uning tо‘rt yillik bosib о‘tgan ijod yо‘lini belgilab berishi lozim. YA’ni:

    1. Bо‘lg‘usi aktyorning ma’naviy-ahloqiy normalari;

    2. Aktyorning kasbiga bо‘lgan munosabati va fidoiyligi;

    3. Aktyorlik mahorati fanidan nazariy bilimlari;

    4. Aktyorlik mahorati fanini nazariy hamda amaliy jihatdan о‘zlashtirish va yaratish jarayonida undan tо‘laqonli foydalanish;

    5. Teatr qо‘g‘irchog‘ining barcha turlari bilan yuqori darajada ishlay olish hususiyatlari;

    6. Ovozni har xil yо‘sinda ishlata bilish-sahna nutqi texnikasi va sahna nutqi madaniyati;

    7. Aktyorni sahnada о‘zini boshqara olish va tutish etikasi;

    8. Spektakl ansamblini his qilish va shu ansambl doirasida ijod qila olish kabi fazilatlarni umumlashtirgan holda baholanishi lozim bо‘ladi.

Yuqorida qayd qilingan qо‘g‘irchoq teatri aktyoriga xos hususiyatlarni baholanishi bu bо‘lg‘usi ijodkorlarni ijod yо‘lini tо‘g‘ri kо‘rsata olish hamda ularga katta mustaqil hayotga yо‘llanma berish bilan barobar bо‘lmog‘i lozim.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish