X-Ma’ruza: QО‘G‘IRCHOQ TEATRI AKTYORINING ETIKASI
ADABIYOTLAR:
Y. Kalashnikov “Teatralnaya etika Stanislavskogo”. VTO. Moskva. 1978.
“О‘zbek pedagogikasi antologiyasi”. “О‘qituvchi”. Toshkent. 1995.
E. F. Ismailov «Mannon Uyg‘ur». Toshkent. 1983.
A.Hidoyatov “San’atkor haqida, tarjimai hol, shaxsiy insholar, maqolalar, xotiralar”. Toshkent. 1985.
Men О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi Iso Yoqubovning
о‘zi sahnalashtirgan va о‘zi aktyor sifatida о‘ynagan Andersen “Ole lukoye” spektalini tomoshabinga kо‘rsatishdan oldin unga tayyorgarlik kо‘rganini kuzatganman. U teatrga spektakl tomoshabinga namoyig qilishidan bir soat oldin kelib, sahnada spektakl uchun kerak bо‘lgan barcha anjomlarni kо‘zdan kechirib chiqdi. Sо‘ng о‘zi о‘ynatadigan qо‘g‘irchoq personajini qо‘liga olib rolni butun sо‘zlarini harakatda tekshirib chiqdi.
Qо‘g‘irchoq teatri san’atining etik aktyorning normalari, ahloqiy talablari quydagilardan iborat bо‘lishi kerak:
aktyor birinchi navbatda teatr san’ati tarixini, qо‘lga kiritgan yutuqlarini о‘rganishi, an’analariga sodiq qolishi, shu sohani rivojlantirish yо‘lida tan olish;
kkkelajakka ishonch bilan qarab, shu san’atni yanada ravnaq topishi uchun о‘z kuch iste’dodini ayamasligi;
о‘tgan ijodkorlarini teatr san’atida qilgan ishlarni о‘rganishi va tatbiq etishi;
hayotda yuz berayotgan, san’at sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda о‘z hissasini qо‘shish;
K. S. Stanislavskiyning aytganidek-“Sen san’atdagi о‘zingni emas, balki о‘zingdagi san’atni seva bilgin”, degan hikmatiga amal qilishi;
Barcha inmoniy odob-ahloq normalariga talabalar tо‘la rioya qilishi;
Ilm-fan, san’at, madaniyat yutuqlaridan xabardor bо‘lish, о‘rganish va targ‘ib qilishi;
Insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalarini ilgari surishi, о‘z e’tiqodiga ega bо‘lishi;
О‘z kasbiga sodiq va fidoiy inson bо‘lishi;
San’at mohiyatini aniq tushunishi va ma’suliyatni his qilgan holda ijod qilishi;
Tajriba tо‘plashi о‘z ustida tinmay ishlashi, malakasini oshirishi, mukammal obrazlar yaratish imkoniga ega bо‘lishi lozim;
Bо‘lajak ijodkor aktyor ahloqiy talablarga о‘qish va ish jarayonida amal qilsa, kelajakda ajoyib inson hamda yaxshi aktyor bо‘lib yetishishi mumkin. shunda jamiyatga foydasi tegadigan ilg‘or fikrlar kuychisi, mukammal asarlar yaratuvchisi bо‘lishi mumkin. jumladan, K. S. Stanislavskiyning fikricha “Hayotda meshchanlarcha yashab, sahnada buyuk insonlarni obrazini yaratish juda qiyin...!”
Aktyorlik mahorati sohasi bо‘yicha ustozim Tursunboy Isroilov bergan о‘gitlari har doim qulog‘im ostida jaranglab turadi. “Inson о‘zidagi kamchiliklaridan biri tо‘la xalos bо‘lishi qiyin. U о‘z kamchiliklarini asta- sekin bartaraf qilishingiz va yaxshi hislatlarni tarbiyalab borishingiz lozim. Faqat shunda biz yaxshi inson hamda yaxshi ijodkor bо‘lib yetishingiz mumkin”, deb ta’kidlar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |