Aktyorlik mahorati


II-Ma’ruza: ETYUDNING SPEKTAKL YARATISHDAGI



Download 0,88 Mb.
bet231/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

II-Ma’ruza: ETYUDNING SPEKTAKL YARATISHDAGI


О‘RNI
ADABIYOTLAR

  1. M. M. Korovlyov “Iskusstvo teatra kukol”. Izd., “Iskusstvo” Leningradskoye otdeleniye. 1973.

  2. G. X. Muxamedova “Musiqali teatr aktyorlarini tarbiyalashning asoslari”. Toshkent. 1991.

  3. I. V. Radun “Put k ssene”. Toshkent 1983.

  4. M. Ashurova “Qо‘g‘irchoq teatr san’atining aktyorlik maktabi”. Toshkent 2007 y.

Biz bilamizki, bira tо‘la spektaklni yaxlitligicha sahnaga olib chiqib о‘ynab bо‘lmaydi. Spektakl mayda bо‘laklar va kо‘rinishlardan iboratdir. Oldin ana shu mayda bо‘laklar mahzini chaqib, sо‘ng ularning asosiy g‘oyaga, aniq maqsadga bо‘ysundirish kerak. Asosiy g‘oya va maqsad spektakl ustida olib boriladigan ishga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatuvchi kompas vazifasini о‘taydi. Bu
yо‘l esa hayot past-balandliklardan, о‘nqir-chо‘nqirlardan iborat bо‘ladi. Ana
shu hayot yо‘laklaridan har bir personaj о‘z maqsadiga erishi uchun har xil yо‘l bilan boradi. Sizning qо‘lingizdagi qо‘g‘irchoq bu jarayonni о‘tash uchun uzoq yо‘l yurishga tayyor bо‘lishi kerak. Bu uzoq yо‘lni bosib о‘tish uchun qо‘g‘irchoq sahnada erkin hatti-harakatga moyil bо‘lib, о‘z kuchiga ishonmog‘i lozim. Menimcha, bu jarayon yengilroq va osonroq kechishi uchun unga etyud yordam beradi. Shuning uchun qо‘g‘irchoq personaji asosiy maqsadga erishmog‘i uchun birinchi qadamini etyuddan boshlaydi. YA’ni u asta-sekinlik bilan hayot lavhalarini anglashga, tushunishga, uni о‘zlashtirishga harakat qila boshlaydi.
“Sehrli kiyik” spektaklidagi “Yordam” deb nomlangan bir bо‘lakni olib etyud tariqasida kо‘ramiz. Bunda biz avtor tomonidan berilgan shart-sharoitni olamiz. YA’ni voqea tog‘ bag‘rida sodir bо‘ladi. Ovchi kiyikni ushlash uchun unga tuzoq qо‘yadi. Kiyik tuzoqqa tushib qoladi. Shu atrofda о‘tin terib yurgan bola kiyikni qiynalayotganini kо‘rib qoladi va unga yordamga kelib, uni qutqaradi. Shu payt ovchi kelib qoladi va kiyikni tutib oladi. Bola qancha yalinib, yolvormasin ovchi kiyikni qо‘yib yubormaydi. Oxiri bola yig‘ib yurgan pullarini ovchiga berib, kiyikni qutqarib oladi. Ovchi ketadi. kiyik о‘z navbatida hayotini asrab olganligi uchun bolani iqtisodiy tenglikdan ozod qiladi va dо‘stlik ramzi sifatida kiyik unga sehrli qо‘g‘irchoqchasini sovg‘a qiladi. Bu qо‘g‘irchoq Xasanga juda kо‘p boylik keltiradi. Demak, bu etyudda talabalar avtor tomonidan berilgan shart-sharoitdan kelib chiqqan holda qо‘g‘irchoqqa yaqin bо‘lgan hatti-harakatlarni topishadi. Bu topilgan hatti- harakatlar aniq maqsad sari yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Etyuddagi ish jarayoni qо‘g‘irchoq personaji bilan aktyorni bir-biriga yaqinlashtiradi.
Spektaklni boshidan oxirigacha etyud tariqasidi о‘tishi lozim. Talabalar etyud ishlash jarayonida qо‘g‘irchoqning imkoniyatlarini о‘zi uchun aniqlashga imkon yaratadi. YA’ni talaba bu yо‘nalishda qо‘g‘irchoqni texnik boshqarishdan ijodkor sifatida namoyon bо‘la boshlaydi. U bu jarayonda kо‘lidagi qо‘g‘irchoqni qanday boshqarish emas, balki ish yо‘nalishida u yana qanday kutilmagan harakatlar qilishga qodir ekanligini о‘zi uchun aniqlaydi.
Kiyikni qopqonga tushib qolgandagi iztiroblariyu, uni hayotini asrab qolgan insonga bildirgan minnatdorchiligi, dо‘st bо‘lishni taklif qilishi yoki Xasanning qopqonga tushgan kiyikka yordamga kelishi, о‘zi yemay yig‘ib yurgan pullari kiyikni qutqarish uchun ovchiga berishi, ovchining esa о‘z navbatida xudbinligiyu, о‘zini о‘ylab bolaning oxirgi pullarini tortib olishi kabi insoniy his-tuyg‘klarni albatta qо‘g‘irchoq о‘zining qotib qolgan tashqi holati orqali yetkaza olmaydi. Bu yerda tomoshabinga umuman kо‘rinmagan holda tо‘siq orqasida yashirinib olgan aktyor, о‘z him-tuyg‘ularini qо‘lidagi qо‘g‘irchog‘iga elektr simlari orqali yuborigan tokdek uning jonsiz tanasiga singdirib, sahnada haqiqiy mо‘jiza sodir etadi.
Bu mо‘jiza qо‘g‘irchoq boshqarish emas, balki unga jon ato etish, uni о‘ylashga, fikrlashga va boshqalarni о‘z hatti-harakati ketidan ergashishiga unga yordam berishga, uni ayab-avaylashga, sо‘ngra unga sodiq qolishga yoki u bilan dо‘st bо‘lishga chorlaydi. U о‘z nomidan о‘z haqida gapira boshlaydi. Siz esa bunga о‘zingiz bilmagan holda ishona boshlaysiz. U esa
repetitsiyadan-repetitsiyagacha uni hurmat qilishga, unga bir jonsiz tasviriy
san’at asaridek qaramaslikka, spektakldan keyin uni sahnaning bir chetiga jonsiz predmet deb, tashlab yurmasligingizni sо‘raydi. Albatta siz talaba, uni asta-sekin seva boshlaysiz. Chunki u siz bilan tan, bir jon bо‘lib qoladi. U sizning butun his-hayajoningizni, umid va orzularingizni tarannum eta boshlaydi.
Bir kuni “Sehrli kiyik” spektakli repetitsiyasidan keyin talabalarga 10 minut tanaffuz e’lon qilindi. Bir vaqt qarasam, chetda qо‘g‘irchog‘ini quchoqlab о‘tirgan talabaga kо‘zim tushdi. Unga murojaat qilib: “Sena nega tanaffuzga chiqmading?”-deb sо‘rasam, u bо‘lsa: “domla bilasizmi, men shu kungacha qо‘g‘irchog‘imni, ya’ni kiyikni tushuna olmay qiynalib yurgandim. Uning harakatlari qо‘pol, menga hech ham bо‘ysunmasdi. Bugun esa butunlay boshqacha, biz bir-birimizni tushungandaymiz. Hayolimda qо‘g‘irchoqni joyiga qо‘ysam,u mendan xafa bо‘layotganday. Bugun negadir qо‘g‘irchog‘im kо‘zimga boshqacha kо‘rinyapti, hayolimda men uni yaxshi kо‘rib boryapman”deb jilmayib qо‘ydi. 10 daqiqadan sо‘ng yana repetitsiya boshlandi. Endi kiyik qо‘g‘irchog‘ini boshqarayotgan talabani umuman tanib bо‘lmasdi. Chunki u boshqarayotgan qо‘g‘irchoq, ya’ni “Sehrli kiyik” plastikasida noziklik, sehrlilik, ovozida jarangdorlik о‘z-о‘zidan tug‘ilib kela boshladi. Sahnada sodir bо‘layotgan bu jarayonga qо‘g‘irchoq teatrida “Ular bir-birini tushunishdi”,-deyiladi. Demak, aktyor qо‘g‘irchoq boshqaruvchidan, ijodkor aktyorga aylandi. Bunday aktyor qо‘g‘irchoq teatrida mо‘jiza yarata oladi, ya’ni qо‘g‘irchoq personaji orqali mukammal obraz yaratishga qodir bо‘ladi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish