222
Sigirlarni qo‘l bilan yoki mashina bilan sog‘ib olish usul-
lari qo‘llaniladi. Sigirni sog‘ishga tayyorlash ishlari uchun bir
daqiqa vaqt ajratiladi.
Sigirni mashina bilan sog‘ish vaqti 4–7
daqiqani tashkil etishi
lozim.
Chorvachilik rivojlangan mamlakatlarda qoramolchilik bi-
lan bir qatorda qo‘ychilik, echkichilik va yilqichilikda ham
sog‘ish qurilmalaridan foydalaniladi.
Hayvonlarning anatomik va fiziologik hamda sut tarkibining
farqi faqat sog‘ish qurilmalari, sog‘ish apparatlarining kon-
struktiv parametrlariga ta’sir ko‘rsatadi. Qoramollarni sog‘ish
qurilmalari tuzilishini o‘rganish orqali
boshqa hayvonlar uchun
mo‘ljallangan sog‘ish qurilmalari to‘g‘risida ham tushunchaga
ega bo‘lish mumkin.
Individual sog‘ish agregatlaridan kichik va oilaviy fermer
xo‘jaliklarida sigirlar soni kamida 25 boshga yetganda foyda-
laniladi.
Chorvachilik fermalarida sigirlar qo‘lda va sog‘ish qurilma-
lari yordamida sog‘ib olinadi.
Suvga ehtiyojni aniqlashda chorvachilik fermasidagi hay-
vonlar soni, tarkibi, yoshi, boqish usuli e’tiborga olinadi.
Chorvachilik fermasidagi suv iste’moli
yil fasliga, oyiga, haf-
ta kuniga qarab o‘zgaradi. Shu sababli ham iste’mol uchun
tavsiya etiladigan ko‘rsatkichlar ma’lumotnomalarida suv sarfi
bir kecha-kunduzlik o‘rtacha qiymati sifatida beriladi. Daryo-
lar suv sathining mavsumiy ravishda o‘zgarib turishi, loyqa-
lanishi, tarkibida ko‘plab organik moddalar,
bakteriyalarning
uchrashi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga daryolar suvi tar-
kibida mineral tuzlar miqdori kam bo‘ladi.
223
Berktarmoq iste’molchilarga suvni faqat bir tomondan yet-
kazib beradi. Bu tizimdan iste’molchilar har tomonda joylash-
ganda foyda laniladi.
Aylanma suv ta’minoti iste’molchilar joylashgan har bir
nuqtani ikki tomonlama suv bilan ta’minlash imkoniyatiga
ega.
Chorva va parranda go‘ngi o‘simliklar uchun foydali or-
ganik o‘g‘it
hisob
lanadi. Uning tarkibida o‘simliklar uchun
zarur bo‘lgan barcha moddalar mavjud. Biroq chorvachilik
fermalari chiqitlari, go‘ng, oqova suvlar va boshqalar tash-
qariga chiqarilganda atrof-muhitni ifloslantiradi. Shu sababli
go‘ngni
tozalash, yig‘ish, ishlov berish, zararlantirish uchun
alohida muhandislik tizimlari mavjud va ular ham chorvachi-
lik fermalari ishlab chiqarish tarkibiga kiradi. Go‘ng tarkibida
qattiq, suyuq va gazsimon moddalar mavjud.
Shu bilan birga
go‘ng tarkibiga to‘shamalar (somon, yog‘och qirindisi) tushib
qoladi.
Go‘ng kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar uchun yaxshi
muhit sanaladi. Shu sababli go‘ngdan foydalanishdan avval
uni zararsizlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: