Molxonalarga nisbatan talablar. Chorva mollari uchun
mo‘ljal
langan fermalar shamoldan himoyalangan, yerosti suv-
lari chuqurligi 4 m dan kam bo‘lmagan balandroq joyga
qurilishi lozim. Shuningdek, molxonalar aholi yashaydigan
binolardan kamida 500–1000 m narida, shamolga teskari va
pastroq tomonda, temiryo‘l va avtomobillar qatnaydigan katta
yo‘llardan 300 m uzoqda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Molxonalarni shamollatib turish uchun havo tortadigan tru-
balar yoki maxsus havo almashtirgich o‘rnatiladi. Natijada,
molxonadagi zararli gazlar, suv bug‘lari chiqib, u toza havo
bilan almashinadi va hayvonlar uchun qulay sharoit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |