Asalarichilik. Asalarichilik nihoyatda noyob, foydali, ser-
daromad va qiziqarli tarmoq hisoblanadi. Asalarichilikning
asosiy mahsulotlari: asal, mum, propolis (asalari yelimi) va
asalari suti bo‘lib, ularga hamma vaqt ehtiyoj katta bo‘lgan.
Asal o‘zining to‘yimliligi, shifobaxshligi va noyobligi bilan
qadrlanadi. Asalarilar yetishtirib beradigan mum va propolis
tibbiyotda va veterinariyada keng qo‘llaniladi. Asalari zaha-
ridan tibbiyotda asab kasalliklarini davolashda, bo‘g‘imlar
yallig‘lanishining oldini olishda, uyqu va ishtahani yaxshi-
lashda foydalaniladi.
Asalarilarning hayoti va faoliyati, avvalo, tashqi muhit bilan
bog‘liq holda kechadi. Ular oila uchun zaxira oziq to‘playdi,
urchib ko‘payadi.
227
Do'stlaringiz bilan baham: |