Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kvorumi



Download 280,98 Kb.
bet38/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

68-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kvorumi
Agar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami ellik foizidan ko‘proq ovoziga ega bo‘lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatli (kvorumga ega) bo‘ladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmasa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi. Aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishini o‘tkazishda kun tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar aksiyadorlarning o‘tkazilmay qolgan yig‘ilishi o‘rniga chaqirilgan takroriy umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami qirq foizidan ko‘proq ovoziga ega bo‘lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishi vakolatli bo‘ladi.
Aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar qilish ushbu Qonunning 62-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda va shaklda amalga oshiriladi.
Kvorum bo‘lmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi yigirma kundan kam muddatga ko‘chirilgan taqdirda, umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar o‘tkazilmay qolgan umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reyestriga muvofiq aniqlanadi.
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish “jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarini saylash bo‘yicha kumulyativ ovoz berishni o‘tkazish hollari bundan mustasno.
70-modda. Ovoz berish byulleteni
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib amalga oshiriladi.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan chaqirilmagan hollar bundan mustasno. Ovoz berish byulleteni umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning to‘liq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masalaning ta’rifi va uni ko‘rib chiqish navbati, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masala bo‘yicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi so‘zlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari ko‘rsatilgan bo‘lishi (bundan ovoz berishga qo‘yilgan masalaga “yoqlayman” degan mazmundagi so‘z bilan ifodalanadigan kumulyativ ovoz berish mustasno), ovoz berish byulleteni aksiyador (uning vakili) tomonidan imzolanishi lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zosini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berish o‘tkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ovoz berilganda ovoz berish byulletenlaridan foydalanilmaydi. Bunda ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorning qonuniyligi aksiyadorni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olishda foydalaniladigan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish