Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga takliflar



Download 280,98 Kb.
bet34/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

63-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga takliflar
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli.
Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) o‘zlari ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga masala uni qo‘yish sabablari, masalani kiritayotgan aksiyadorlarning (aksiyadorning) ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida takliflar kiritilganda, shu jumladan o‘zini o‘zi nomzod qilib ko‘rsatilgan taqdirda nomzodning ismi-sharifi, unga tegishli aksiyalarning soni va turi (agar nomzod jamiyat aksiyadori bo‘lsa), shuningdek nomzodni ko‘rsatayotgan aksiyadorlarning ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatiladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko‘rib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddat tugaganidan so‘ng o‘n kundan kechiktirmay ularni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga, xuddi shuningdek ko‘rsatilgan nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan mustasno:
ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan rioya etilmagan bo‘lsa;
aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa;
takliflar ushbu Qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarori masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorlarga (aksiyadorga) qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish