Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qo‘mitasi



Download 280,98 Kb.
bet46/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

82-modda. Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qo‘mitasi
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga nomzodlar bo‘yicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hozir bo‘lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar ko‘rsatmagan yoxud aksiyadorlarning o‘tkazilayotgan umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga jamiyatning direktori, boshqaruv a’zolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchisi etib) saylangan shaxslar kirishi mumkin emas.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolatiga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
(82-modda beshinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi a’zolarining soni jamiyat ustavida belgilanadi.
Minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot beradi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining raisi ushbu qo‘mita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolari tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining raisi minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2712, 27.08.2015-y.).

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish