Umumiy bazali sxema maksimal past kiruvchi va baland chiquvchi qarshiliklarga ega, tok bo’yicha kuchaytirmaydi, kuchlanish bo’yicha kuchaytiradi va yaxshi chastotali xususiyatlari bor. Bu holda kaskadning mumkin bo’lgan sxemali yechimi va ishlashini vaqtli diagrammalari 17.9 – rasmda berilgan.
4.9 –rasm. Umumiy baza bilan ulanish sxemasi 17
4.10 – rasm.
Bu holda tranzistor bazasi umumiy sim bilan ulangan. Kiruvchi signal emitterga kondensator orqali boradi, chiquvchi signal esa kollektordan uzib qo’yiladi. Baza umumiy sim bilan doimiy tok bo’yicha ulangani sababli, normal rejimga ega bo’lish uchun, emitterli zanjirni boshqa qutb mambai bilan ta’minlashga to’gri keladi. Bunda emitterli tok R1 qarshilik va E2 manba kuchlanishi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |