1- MA'RUZA
KIRISH
Elektron elementlarning bazasini rivojlantirish tezligi kundan-kunga oshib bormoqda. Elektron mahsulotlari avlodini ishlab chiqarish ularning ishonchliligi va xizmat muddatini oshirish, umumiy o'lchamlarni kamaytirish, massaviy, iqtisodiy va iste'mol qilinadigan energiyani tejash, texnologiyani soddalashtirish va elektron uskunalar parametrlarini takomillashtirish yo'nalishlarini kengaytiradi.
Mikroelektronika mahsulotlari: turli darajadagi integral mikrosxemalar, mikroprosessorlar, mini-va mikro-kompyuterlar - ilgari avlodlardan oldingi avlodlardan farqli, funktsional jihatdan murakkab radio va hisoblash uskunalarini ishlab chiqarishga imkon berdi, bu esa yaxshi ko'rsatkichlar: ishonchliligi va xizmat muddati oshdi, energiya va sarf-xarajatlar tejaldi. Mikroelektronik mahsulotlar asosidagi uskunalar inson faoliyatining barcha sohalarida keng qo'llaniladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarda, sanoat robotlari, avtomatika va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarida, kommunikatsiya uskunalari va boshqa ko'plab tizimlar yaratilishida mikroelektronika katta ahamiyatga ega.
Xo’jalik faoliyatining turli sohalariga va avvalo, loyihalashga, asbob-uskunalarni va texnologiya jarayonlarini boshqarishga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasini taxminan ikki baravar oshirish. Tez va tejamli qayta quriladigan kompleks avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni barpo etish ko’zda tutilgan.
Xalq xo’jaligi sohalarida hisoblash texnikasi birinchi navbatda katta integrally sxema asosida qurilgan mikroprotsessor texnikasini qo’llash bilan bunday masalalar echiladi.
Mikroprotsessor (MP) lar va kompyuterlarda foydalaniladigan dastur vositasida boshqarish universal qurilmalar xususiyatiga ega bo’lgani uchun ulardan ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash va raqamli boshqarish usullaridan ilgari foydalanish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamagan texnika va xalq xo’jaligi sohalariga qo’llash imkonini beradi.
MP va kompyuterlarni keng ko’lamda ishlab chiqarish, ularning texnik ko’rsatkichlarini yaxshilanishini hamda arzonlashishi tufayli yaqin yillarda MP va kompyuterlar avtomatika, telemexanika va aloqa tizimlari qurilmalarida foydalaniladi. MP va kompyuterlarni avtomatika local qurilmalari va texnologik jarayonlar hamda ob’ektlarni boshqarish tizimlarida qo’llash tajribasi MP lardan foydalanish sifat jihatdan yangi intellectual xususiyatlarga ega bo’lgan avtomatika tizimlarini yaratish va bu qurilma hamda tizimlarning nihoyatda yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ta’minlash va funktsional imkoniyatlarini kengaytirishdan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |