Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
507
w
www.oriens.uz
September
2021
milliy g‘oya, mafkura va millatga xos bo‘lgan yangilanish jarayonlari jadal
rivojlanmog‘i lozim.
XULOSA
“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyili asosida rivojlanish yo’lini
tanlagan Yangi O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini
oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan texnologiyalari yutuqlari bilan
muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini
ma'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni
egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatga ega
bo‘lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi mamlakatimizning intellektual
salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy ta'lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida
takomillashtirishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tayyorlashga
bevosita bog‘liq.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta'lim
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
Yosh avlodga ta'lim-tarbiya, bilim berish, uni ijtimoiy hayot va faoliyatga
tayyorlash jamiyatning asosiy mezonlaridan biridir. Ta'lim-tarbiya orqali yoshlarning
milliy qadriyatlar sirasiga kiruvchi axloqiy fazilatlarni shakllantirish, jamiyatdagi
g‘oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga nisbatan munosabatini o‘zgartirib va barkamol
shaxs bo‘lib yetishishida xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlardan unumli
foydalanish muhim ahamiyat kasb yetadi.
Xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlarimiz yosh avlodga ma'naviy-axloqiy
tarbiya berishning muhim jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ya'ni ta'lim-tarbiya
jarayonida xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlarimiz o‘sib kelayotgan yosh avlodga
quyidagi sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi:
- insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi, do‘st-birodarlik, ahillik,
mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat;
- yaxshilik va yomonlikning oqibati;
- halollik, to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi;
- adolat, insof va insofsizlik, do‘stlik, mehr-oqibat va insonparvarlik;
- botirlik va qo‘rqoqlik, odob va odobsizlik, mehmon va mehmondo‘stlik,
saxiylik, baxillik va kamtarlik, sabr-qanoat va sabrsizlikning oqibati; - qadr va
qadrsizlik, muhabbat, vafo va bevafolik, kaltabinlik va ishonchsizlik, or-nomus va
nomussizlik, samimiylik va nosamimiylik, andisha va andishasizlik, farosat va
farosatsizlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, me'yor va me'yorsizlik, ma'suliyat va
Do'stlaringiz bilan baham: |