Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
502
w
www.oriens.uz
September
2021
turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb
muammolarga javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik
mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va
hamjihatlik yo‘lida birlashishga da'vat etadigan teran ma'noli fikr va g‘oyalar bugun
ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros
vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish,
xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga
yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak. Biz diniy
jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko‘p
gapiramiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Lekin ma'rifat, ma'rifiy bilimlar qaerda-avvalo ota-
bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo‘tabar kitoblarda emasmi?
3
”
degan edilar. Shuningdek Prezidentimiz tomonidan avloddan-avlodga o‘tib
kelayotgan xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uni
rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qaror va farmonlari qabul qilindi. Bular quyidagilar:
- “Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 may, PQ-4320-sonli qarori;
- “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har
tomonlama qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari” hamda “Xalqaro
hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5841-son Farmoni.
Prezidentimizning shunday muhim qarorlaridan yana biri sifatida “O‘zbek milliy
maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Miromonovichning 2017 yil 17
noyabrdagi PQ-3391-son Qarori hamda “Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevral,
PQ-4584-son Qarorini keltirishimiz mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi “Surxondaryo viloyati
hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda 27
apreldagi Bayoniga muvofiq, “Boysun bahori” ochiq folklor festivali qayta
tiklanganligini alohida e’tirof etish lozim..
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini yanada uyushqoqlik bilan
o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlari shular jumlasidan bo‘lib, bularning barchasi
yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e'tiborini yanada oshirmoqda.
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning Oliy majlisga murojaatnomasidagi nutqidan.
22.12.2017
.
Do'stlaringiz bilan baham: |