Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet51/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

Raboti Malik

R aboti Malik karvonsaroyi Karmanadan 18 kmg‘arbda joylashgan, Cho‘li Malikda barpo etilgan o‘z davrining buyuk qasrlaridan biri bo‘lgan. Rabotlar arablar Sharqqa qarab yurish boshlagan paytlardan boshlab, chegaralarda otliq soqchilarning turishlari va chegarani qo‘riqlashlariga mo‘ljallab qurila boshlangan. Dastlabki rabotlar VIII asrda Xurosonda vujudga kelgan. VIII asrda ummaviylar xalifasi Amros ibn Abdulloh (727-729 yillar) birinchi rabotni qurdirgani haqida ma'lumotlar mavjud. Bular orasida Xurosondagi IX asr yodgorliklari – Raboti Sharif va Raboti Sulton eng mashhurlari bo‘lgan. Keyinchalik rabotlar yo‘llar ustida qurilib, ular mehmonxona vazifasini bajarib kelgan. Xuddi shuningdek, Cho‘li Malikda qurilgan Raboti Malik ham Buyuk Ipak yo‘li ustida qurilgan karvonsaroy – mehmonxona vazifasini bajargan.


Raboti Malik Markaziy Osiyodagi eng qadimgi monumental arxitektura yodgorligi hisoblanadi. U karvonsaroydan tashqari, atrof va chegarani qo‘riqlash istehkomi vazifalarini ham bajargan. Shuningdek, Karmana va Tavois o‘rtasida Buyuk Ipak yo‘lidan o‘tuvchi yo‘lovchilar uchun muhim va zaruriy qo‘nalg‘a xizmatini ado etgan.
Raboti Malik 1069-1079-yillar orasida Buxoroda hukmronlik qilgan qoraxoniy sultonlardan bo‘lgan Tamg‘achxon Ibrohim (1046-1068)ning o‘g‘li Malik Shamsulmulk Nosir ibn Ibrohim (1068-1080) davrida qurilgan.Shamsulmulk Buxoroning mahalliy noiblaridan biri bo‘lib, Buxoro va unga qarashli hududlar atrofida qator imoratlar qurdirgan.
Raboti Malik chorsu hovli va atrofini o‘ragan xona – hujralardan iborat bo‘lib, unga janub tomondagi peshtoqli darvoza orqali kirilgan. Bino tashqi kungurador devorlarining uzunligi 100 metrga yaqin bo‘lib, balandligi 12 metrgacha bo‘lgan. Devorning balandligi uning orqasidagi xonalar ikki qavatli bo‘lganligidan darak beradi. Rabotning o‘rtasida ulkan peshtoq bo‘lib, uning bo‘yi 18 metr, eni 12 metrni egallagan. Darvoza qurilishi jihatdan Markaziy Osiyodagi qadimgi me'moriy bino hisoblanib, unda sakkiz qirrali yulduzlar, turli geometrik shakllar mavjud. Peshtoq chekkasida ikki burj yasalib, ular o‘zaro baland devor bilan o‘ralgan. Devor o‘rtasida pil – tovar burjlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bog‘langan.
Devor yuqorisida forscha yozuv bo‘lib, unda “Jahon Sultoni tomonidan qurilgan bu bino Allohning ijobati bilan jannatga aylanur” so‘zlari bitilgan. Janubi-g‘arbdagi minora yozuvida esa Qur’oni Karimning 3-surasidan oyat bitilgan. Shuningdek, ko‘shk ostida ganchdan yasalgan ikki qator yirik sharafa kufiy xat halqasi ko‘zga tashlanadi.
Rabot devorlari o‘zagi xom g‘ishtdan (28x28x6,5 sm) terilgan, tashqarisi pishiq g‘isht (24x24x4 sm) bilan qoplangan.
Raboti Maliqda katta karvonsaroy bo‘lib, uning maydoni 400 kv.m atrofida bo‘lgan. Unda 10 qator qilib, oltitadan diametri 1 mm baland eshik ustunlar o‘rnatilgan. Ustunlar o‘rni hozirga qadar saqlanib qolgan. Oltmish ustunli bunday saroy Markaziy Osiyodagi eng katta karvonsaroylardan bo‘lib, taxmin qilinishicha, bu yerda tuya, ot va ularning yuklari saqlangan. Karvonsaroy devorlarining to‘rtta burchagida 18 metrli 4 ta minora bo‘lgan va “Guldasta” deb atalgan.Karvonsaroy ichida sopoldan yasalgan quvurlar orqali sardobadan vodoprovod o‘tkazilib, yo‘lovchilar suv bilan ta'minlangan.
Raboti Malikdagi karvonsaroyda hududimiz aholisi ham o‘zining hunarmandchilik, zargarlik, tosh va marmar buyumlari orqali chet el savdogarlari bilan tovar ayirboshlab, savdo-sotiq ishlarini olib borgan.
Raboti Maliqdagi ba'zi me'morchilik motivlari Arabota maqbarasi, Mog‘oki Attori masjidi (IX-X asrlar) bezaklarida ham uchraydi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1238-yilda Raboti Malikda mo‘g‘ul istilochilari ustidan Mahmud Torobiy g‘alaba qozonganligi va keying janglarda o‘zining eng yaqin safdoshi Shamsiddin Mahbubiy bilan birgalikda shuyerda shahid bo‘lgan.
XIX asr oxirida Raboti Malikdagi saroylar ancha xarobaga aylanganligi N. Maev ekspeditsiyasi davomida aniqlangan.
1924-1925-yillar davomida Buxoro Xalq Respublikasi ixtiyorida bo‘lgan tarixiy yodgorliklar Sredazkomstaris ixtiyoriga o‘tadi. Sredazkomstaris 1925-yilning kuzida Raboti Malikning xarobalarini tekshirish uchun injener V.A.Krasilnikov va arxeolog V.R.Cheylitkoni safarga yo‘llaydi. Ular bu joyni ta’mirlash haqida takliflar kiritadilar.
1926-yili arxeolog olim Muso Saidjonov, V.K.Kostkova, injener M.M.Loginov boshchiligidagi ekspeditsiya Raboti Malikda bir necha kun bo‘lib, bu joyni o‘rganish va ta’mirlash rejalarini tuzadi.1927-yilda B.N.Zasipkinning tavsiyasi bilan Raboti Malikda ta’mirlash ishlari boshlangan.
1934-yil may oyida Karmana rayon ijroiya komiteti Raboti Malik tarixiy yodgorligining g‘ishtlarini olib, boshqa qurilishlarga ishlatish uchun ruxsat so‘rab, O‘zkomstaris (Yodgorliklarni asrash va himoya qilish Respublika tashkiloti)ga murojaat qiladi. Yaxshiyamki, tashkilot bu taklifni rad etib, Raboti Malikni buzishga qarshilik ko‘rsatadi.Shundan keyingi davrda Raboti Malikni o‘rganish va ta’mirlash ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Faqat 1973, 1975, 1977-yillarda bir guruh arxeolog va arxitektorlar inshootni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi. Bryuxovetskaya boshchiligida RabotiMalikda arxeologik tadqiqotlar olib boradilar. Bu ishda O‘zbekiston Respublikasidagi Madaniyat vazirligiga qarashli Hamza nomidagi San'atshunoslik institutining N.B.Nemseva boshchiligidagi olimlari ham ishtirok etadilar.
Keyingi paytlarda esa yo‘l quruvchi tashkilotlarning tarixiy yodgorliklarga e'tiborsizligi natijasida Sardoba bilan Raboti Malik o‘rtasini ikkiga kesuvchi avtomobil trassasi o‘tkazildi va bu joyning xarobaga aylanishi tezlashdi.
Bugun Raboti Malik xarobalarida N.B.Nemseva boshchiligidagi bir guruh olim va tadqiqotchilar arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ular bu joy haqida yangi tarixiy ma'lumotlarni kashf etmoqdalar. Jumladan, mustaqillikning birinchi yillarida N.B.Nemseva, M.Xushnazarovlar boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi bu joydan Amir Temur davrida zarb etilgan tangani va eski asfalt yo‘li qoldiqlari ostidan oziq-ovqat mahsulotlarini salqin saqlaydigan to‘la omborxonani topdilar.
Demak, Raboti Malikning ulkan hududda qoraxoniylar davrida tashkil topishi, bir tomondan, Bolasog‘un bilan uzoq va yaqin viloyatlar o‘rtasida aloqalarning muttasil ravishda olib borilishiga hamda savdo-karvon yo‘lining jonlanishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xon va eloqxonlarning bunday yo‘llar orqali yurishlarining uzluksiz bo‘lib turishi karvon yo‘lida nafaqat oddiy rabot-u karvonsaroylarning qad ko‘tarishiga, balki yirik shaharlarga yaqin joylarda podshohlar uchun ham maxsus shohona, muhtasham rabotlar va sardobalar qurilishini talab etardi. Shularni nazarga olsak, Raboti Malik podshohlar qo‘nalg‘asi sifatida talqin etilsa shubhaga o‘rin qolmaydi. Chunki Raboti Malik toponimi etimologiyasining o‘zi “Hukmdor Raboti” ma'nosini anglatadi.



Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish