Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet49/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

Norbo‘tabiy madrasasi

N orbo‘tabiy madrasasi minglar sulolasiga mansub bo‘lgan Qo‘qon xoniNorbo‘tabiy tomonidan bunyod etilgan.


Madrasaning bunyod etilishiga homiylik qilgan Norbo‘tabiy (taxminan 1749-1798) – Qo‘qon xoni (taxminan 1763-1798),Abdukarimbiyning o‘g‘li, xonlik taxtiga 14 yoshida chiqqan. Namangan beklarining separatizmini bostirgan. Qo‘zg‘olon ko‘targan Xo‘jand bekini yengib, shaharni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ammo O‘ratepa nomigagina Buxoroga tobe bo‘lib qolgan. Norbo‘tabiy hukmronligining so‘nggi yillarida akasi Hojibek O‘ratepa va Qurama hokimlari yordamida isyon ko‘tarmoqchi bo‘lganva To‘raqo‘rg‘on va Andijonni qo‘rg‘on tutgan. Norbo‘tabek Andijonga qo‘shin tortib, akasi bilan sulh tuzgan.
Norbo‘tabiy madrasasi Qo‘qondagi Erdonaxon maqbarasi yaqinida, so‘nggi o‘rta asrlarning oxirlarida, 1798-yilda qurilishi nihoyasiga yetgan.
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgang‘isht, marmar, quyma ganch, parket, har xil o‘lchandagi tosh, yog‘och, tunuka, qimmatbaho toshlarva boshqa ashyolar ishlatilgan.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoitga to‘xtaladigan bo‘lsak, Norbo‘tabek davrida Farg‘ona vodiysini birlashtirish jarayoni tugagan, iqtisod tiklangan, mo‘l-ko‘lchilik, arzonchilik bo‘lgan. Bu esa Farg‘onaga ko‘chib kelishga imkon yaratgan. So‘ngra u Qo‘qon vodiyning madaniy-iqtisodiy markaziga aylangan.
Norbo‘tabiy madrasasi bir qavatli, hovlili, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (52x72m), 4 burchagiga minora guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofida qator ravoqli hujralar joylashgan. Peshtoqi shimolga qaragan. Miyonsaroyning ikkinchi tarafida peshtoq bo‘ylab tutashgan gumbazli masjid va 12 ta derazali darsxona mavjud. Norbo‘tabiy madrasasining asosiy qismi pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Xonalarning ichki qismi ganjsuvoq qilingan. Madrasaning gumbaz osti sharafasi va mehrobining yulduzsimon bezaklari serhasham ko‘rinishda ishlangan. Eshiklari girrix naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa o‘ymakori islimiy naqshlar qo‘llanilgan.
Madrasa Sharq an’analarining gumbazsimon uslubida qurilgan.Norbo‘tabek madrasasi o‘z nomidan ham ma’lumki, ta’lim maskani sifatida faoliyat yuritgan.
Madrasa Norbo‘tabiy tomonidan bunyod etilganligiga qaramay, u xalq orasida Mir nomi bilan mashhur bo‘lgan.Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, inshoot Qo‘qonda qad ko‘targanligiga qaramay, uning tashqi ko‘rinishi Buxoro me’morchilik maktabi uslubiga xosligi insonni hayratga soladi.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, yurtimizdagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Norbo‘tabiy madrasasi ham ta’mirlandi. Me’moriy obida atroflari 2001-yilda ko‘kalamzorlashtirilgan.
Me’moriy obida, yuqorida aytib o‘tilganidek, mamlakatimiz mustaqilligi yillarida qayta ta’mirdan chiqdi, atroflari ko‘kalamzorlashtirildi.YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.



Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish