Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo‘lgan. Boburning yozilishicha,
Ulug‘bek rasadxonaning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan.
Ulug‘bek rasadxonasi me’morchilikning o‘ziga xos, teng diametrli yumaloq
uslubida bunyod etilgan.
Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m.li qo‘shaloq yoydan iborat kvadrat
qurilma hisoblanadi. Kvadratning janubiy qismi yer ostida, qolgan qismi shimoliy
tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus
yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga to‘g‘ri keladi. Rasadxona o‘rta
asrlarda asbob-uskunasi jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Asbob astronomiyaning
asosiy doimiyliklari – ekvator va ekleptika orasidagi burchakni o‘lchash, yillik
protsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik
doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik
asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” ham rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va
keyingi ilmiy faoliyati Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan mashhur olimlar
G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi
bilan bog‘liq.
Rasadxona o‘z davrida yirik astronomik kuzatuv majmuasi vazifasini
o‘tagan. Unda mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar
yordamida quyosh, oy, sayyoralar va alohida
yulduzlar kuzatilgan.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati
haqida
gapiradigan
bo‘lsak,
mustaqillikka
erishganimizdan keyin mamlakatimizdagi boshqa
me’moriy obidalar singari ta’mirtalab qismlari
qayta tiklandi. Bundan tashqari Samarqand
shahrining 2750 yilligi munosabati bilan ko‘pgina
ishlar amalga oshirildi.
Shayboniyxon madrasasi.
Shayboniyxon madrasasi Mehr Nigor xonim madrasasi deb ham ataladi.
Chunki bu madrasani Shayboniyxon suyukli xotini Mehr Nigorga atab bunyod
ettirgan.
Me’moriy obidani bunyod ettirishga homiylik qilgan Sulton Muhammad
Shayboniyxon (1451-1510) Movarounnahrdagi shayboniylar sulolasi asoschisi,
Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog‘ sultonning o‘g‘li. Abulxayrxon unga
Shohbaxt deb laqab qo‘ygan. Otasining erta vafotidan so‘ng bobosining
qaramog‘ida qolgan Sulton Muhammad Shaybon Boyshayx otalig‘ida voyaga
yetgan. U XV asrning 80-yillarida Abulxayrxon vafotidan so‘ng Dashti
Qipchoqning asosiy hududida o‘z hukmronligini o‘rnatmoqchi bo‘lgan. U 1490-
yillardan o‘zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan
Temuriylar hududi bo‘lgan Movarounnahrda ham o‘z hukmronligini o‘rnatish
Do'stlaringiz bilan baham: |