103
1.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand
viloyatlari bilan che-
garadosh davlat va viloyatlarni xaritadan aniqlang.
2.
Bu viloyatlar har birining egallagan maydoni, aholi
soni, asosiy shaharlarini aytib bering.
3.
Jizzax va Samarqand viloyatlari hududida qanday
foydali qazilmalar bor?
4.
Viloyatlarda qanday o‘simliklar o‘sadi?
5.
Bu viloyatlarning hayvonot olami haqida nimalarni
bilasiz?
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining
tabiiy
xaritasidan foydalanib, yozuvsiz xaritada
bu viloyat lar hududini turli ranglarda bo‘yang.
65-rasm.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining
tabiiy xaritasi.
QASHQADARYO VA
SURXONDARYO VILOYATLARI
ni Hisor tog‘ tiz-
masi Surxondaryo viloyatidan ajratib tura-
shahri. Viloyatda Koson, Shahrisabz, Kitob,
Chiroq-
chi, Qama shi, G‘uzor, Muborak, Yakkabog‘ va bosh-
qa shaharlar bor.
Viloyatning asosiy daryosi – Qashqa daryo. Vilo-
yat hududini suv bilan ta’minlash uchun Talimarjon,
Chimqo‘rg‘on, Pachkamar kabi suv omborlari, Qar-
shi magistral, Eski Anhor kabi kanallar qazilgan.
Qashqadaryo
viloyati hududida neft, tabiiy gaz,
osh tuzi, marmar kabi foydali qazilma konlari bor.
Qashqadaryo viloyatining g‘arbiy qismini Qar shi
cho‘li egallagan. Cho‘lning qumli joylarida juzg‘un,
iloq, selin, kavrak, qizil qandim, saksovul, gilli yer-
larida
esa shuvoq, sho‘ra, mingbosh, turli boshoqli
o‘simliklar uchraydi.
ning maydoni – 20
100 kv. km,
Surxondaryo viloyati hududida Boysuntog‘, Bobo-
tog‘, Hisor va Ko‘hi tang tog‘ tizmalari bor. Amudaryo,
Surxon daryo, Sherobod , To‘palang kabi daryolar
oqib o‘tadi.
Janubiy Surxon, To‘palang kabi suv om-
borlari qurilgan. O‘zlashtirilgan yerlarga suv chiqa-
rish uchun esa Sherobod, Zang va boshqa kanallar
qazilgan.
Neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, osh tuzi, marmar,
ohak tosh viloyatdagi asosiy foydali qazilmalar hisob-
lanadi.
Viloyat markazi – Termiz shahri. Viloyatda Denov,
Boysun, Sho‘rchi, Sherobod, Jarqo‘rg‘on va boshqa
shaharlar ham bor.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining adirla-
rida yulg‘un, bug‘doyiq, kavrak, astra gal kabilar o‘sadi.
Tog‘ yonbag‘irlari shirach, rovoch, itburun, bodom,
xandonpista, do‘lana, na’matak, archa, yong‘oq, za-
rang, qayin kabilar bilan qoplangan.
Cho‘llarda
sariq yumronqoziq, qo‘shoyoq, kalta-
Daryo bo‘ylaridagi to‘qaylarda chiyabo‘ri, qirg‘ovul,
to‘qay mushugi uchraydi. Tog‘li hududlarda silovsin,
ayiq, qoplon, kiyik, tog‘ echkisi, tog‘ qo‘yi, bo‘rsiq,
to‘ng‘iz, suvsar, jayra kabi hayvonlar yashaydi.
Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarining tog‘li
o‘lka larida noyob o‘simlik va hayvonlarni muhofaza
qilish maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.
Mamlakatimizning janubiy qismida – Ko‘hitangtog‘
tizmasida
joylashgan.
Qo‘riqxonada burama shoxli tog‘ echkisi, arxar, Tur-
kiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, qoplon,
kapcha ilon,
burgut kabilar muhofazaga olingan.
Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida
Do'stlaringiz bilan baham: