Musiqali dramalar:
“Qumrining murodi”- Jalol Mashrabiy asari
“Ishq-obod”-Sobir Abdulla asari,musiqasini Muxtorjon Murtazoyev va Dexqonboy Jalilov hamkorlikda bastalagan.
Xulosa:
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘zbek sa’atining asl ma’naviy ildizlari haqida katta va keng fikr bildirish uchun xizmat qiladigan milliy boyligimiz bu albatta, maqomlardir. Shu nuqtai-nazaridan esa maqomlar vaqtlar sinovidan o‘tgan ulkan qadryatlardir. Bu cheksiz ummon bisotidagi baiz uchun eng qimatli meros bugun ham nazarda qolmay kelayotgan an’analardir. Har qanday ijodkor o‘zi yaratgan asarlarni elga manzur bo‘lishi, tarix sahifada muhrilanishini istaydi. Muxtorjon Murtazoyevning kelajak avlod uchun meros qilib qoldirgan asarlari alla qachonlar xalqimiz dilidan joy olgan, musiqiy merosimiz mulkiga aylangan, desak adashmagan bo‘lamiz.
Ustoz ijjodidan bahramand bo‘lish, aynan eshitish mumkin bo‘lgan, jonli kuy va ohanglarni maqom jinsining javxalari desak, adashmaymiz! Shuning uchun ham zehnli o‘tkir buyuk musiqachi ustozlarga faqat yodgorlik nishonasi deb qaramasdan, ularga bevosita intilib, talpinib yashash har bir musiqa foydasi uchun ham farz,ham qarzdir. Ustoz-shogirdlik an’analri ustoz oldiga ham, shogird oldinga ham, katta ma’suliyat yuklaydi. Usto-shogirdlik an’anasi faqat xofizlar orasida emas, balki sozandalar, bastakorlar orasida ham, xatto oddiy xat-savod o‘rganish borasida ham keng qo‘llanib kelingan.
Muxtorjon Murtazoyev ustozning musiqa san’ati kishiga butun bir yuksak tuyg‘ular, zavq-shavq, yangi g‘oyalar olamini ochib beradi. Ustoning yaratgan musiqalari odamlarni ma’naviy jixatdan boy, sof, va barkamol qiladi.
Darxaqiqat, Muxtorjon Murtazoyev O‘zbekiston musika san'ati tarixida uning ulkan namoyandalari qatorida buyuk sozanda, atoqli bastakor xamda moxir ustoz-muallim bo‘lib o‘rin oldi.
Muxtorjon Murtazoyevning qiziqishlari keng, irodasi kuchli, xotirasi mustahkam, bilimlari teran, ilg‘or tafakkurga ega inson edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Soibjon Begmatov – “Bastakorlar ijodi”.T.2017.
A. H. Jabborov. – “O‘zbekiston Bastakorlari va Musiqashunoslari.T.2004.
Abdullayev.R. Maqomi i katta ashula.T. 1981
Soibjon Begmatov – Orifxon Xotamov,“Yangi asr avlodi”.T.2000.
Matyoqubov O. Og‘zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga kirish T. “O‘qituvchi” 1983
Matyoqubov O. “Maqomot” T. “Musiqa” 2004
Rajabov I. Mqaom masalalariga doir. T. Fan. 1953
Sarimsaqov B. Adabiyotshunoslik terminalarining izoli lug‘ati. T. “O‘qituvchi” 1979
O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi.Davlat ilmiy nashryoti, T,. 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |