2.2. Bastakorning ijodiy faoliyati.
Xalqimizda, “ijod-insonning ikkinchi xayoti” degan naql bor. Musiqiy ijod negizini bastakorlik, yaratuvchilik, sozandalik, xonandalik,badixg‘o‘ylik kabi tarmoqlari tashkil qiladi. Musiqa ijodiyoti Farg‘ona vodiysi sharoitida albatta og‘zaki an’anaga xos, qolaversa maxalliy urf-odat, azaliy udumlar va an’anviy tarzda kelayotgan qadryatlar. Musiqiy ijodiyotning eng mukammal janri maqomlar xisoblanib kelgan. O‘z o‘rnida maqomlar xam bastakorlar uchun ijod manbai bo‘lib xizmat qilgan va bu jarayon zamon va mqaom tamoyili negizida o‘ziga xos davom etib kelmoqda.Bu xususida maqomdon olim Isxox Rajabov yozadilar: “Maqomlarning ro‘yobga chiqishida avvalo ijorichi sozanda, xonanda bastakorlar yetishib chiqishi lozim edi. Yunus Rajabiydan ta’lim olgan san’atkkorlar mqaom yo‘llaridan xabardor bo‘lib yetishdilar. Bu o‘rinda T.Jalilov, D.Zokirov, F.Sodiqov, N.Xasanov, S.Kalonov, D.Soatqulov, M.Murtazoyev, O.Qosimov, R.Xamroyev kabi kompozitorlarimizni sanab o‘tish mumkin”3. Muxtorjon Murtazoyev -xam ana shunday iste’dod egasi edi. U 20-yillarning oxirida o‘sha davr ustozlar an’anaviy ijrochilik bilimdonlaridan
olayotgan saboqdayoq ustozlar nazariga tushgan edi. Shu bois u xar bir muisqani o‘rganishga va talqin etishga o‘zgacharoq yondashar edi.
Muxtorjon Murtazoyev mumtoz ijrochilik an’analari Qo‘qon “Temir yo‘l” teatrga kelishdan oldin, o‘z davrining usta san’atkorlaridan o‘rganadi.U xofizlar Akbar Xaydarov, Turg‘un Karimovlar bilan xamkorlik qiladi. Keyinchalik zamonasining ustozi Madumar xofizdan xonandalik sirlarini, Umarjon xofizfdan skripka chalishni o‘zlashtiradi. U aynan “Dugox”, “Chapandozi Bayot”, “Surnay navosi” kabi Farg‘ona cholg‘u yo‘llariga mansub asarlarni qunt bilan o‘rganadi.
Muxtorjon Murtazoyevning Farg‘ona vodiysiga xos katta ashula ijrochiligi maktabini o‘zlashtirishi, katta ashulalar bilan doimo xamnafasbo‘lib turishi uning ijodiy tafakkurining shakllanishida juda katta axamiyat kasb etgan. Uning bevosita ijodiy faoliyatini ilk davri 1930-yillarda Qo‘qon“Temir yo‘l” teatrida ishlab yurgan kezlarida namoyon bo‘la boshlaydi. U o‘zining ilk shogirdlari: Saodat Ochildiyeva, Axmadjon Ermatov, Nabijon G‘ofurov, Sodir Ochildiyevlar bilan birga musiqiy spektakllarni saxnalashtirib, imkon darajada kuy va ashulalar bilan bezak qildi.Muxtorjon Murtazoyev teatrda saxnalashtirgan “Ichkarida”, “Arshin mol-olon” musiqali dramalariga xoc qo‘shiq va kuylarni tayyorlashda, ijrochilarga qo‘shiqlarni o‘rgatishda va yangi konsert dasturlari tayyorlashda ancha samarali mexnat qiladi. O‘zi bilan ijod qilgan ustozlari Axmadjon Umrzoqov, Mashrabjon Yunusov, Roxatoy va Xavoxonlarga bilganini o‘rgatdi va o‘z navbatida ulardan xam o‘rganishga xarakat qilar edi. Muxtorjon Murtazoyev atoqli san’atkor Axmadjon Umrzoqov yordamida Abdulla Qodiriyning “Xamma dalaga”, “Uchinchi ko‘klam”intsenirovkalariga ilk bor kuy yaratdi. Bu uning mustaqil tarzda bastakorlikda sinab ko‘rgan boshlang‘ich amali edi. Shundan so‘ng ustozning orginal yaratuvchanlik ijodi boshlandi. “G‘unchalar”, “Xalima”, “Maysaraning ishi” singari asarlar musiqasini ansambl bilan tayyorlashda ortirgan tajribalariga tayanib, “Xolisxon” spektaklining birinchi variantiga musiqa yozadi. Bu asar ayniqsa, X.X.Niyoziy qalamiga mansub “Bir ishva bilan janon” qo‘shig‘ini yaratgandan so‘ng yaqqol namoyon bo‘ldi.Asarlardagi qaxramonlar obrazi xamda xarakteriga mos tarzda yaratgan kuylar va ayniqsa, uyg‘ur yigit mavzusi, uyg‘ur milliy musiqa uslubiga xos oxangdagi “Ko‘z yetmas baland tog‘lar”, “Sabo” ariyalari bastakorning muvaffaqiyatlaridan biri edi.
“Bir ishva bilan” qo‘shig‘i iloxiy ilxomning bi mo‘jizasi sifatida dunyoga kelgan Bastakorlikning siri xam ana shu onda, Ya’ni, g‘aybdan kelgan oxangda. G‘aybdan kelgan oxang- bir onda keladi va albatda shuxrat topadi.
Muxtorjon Murtazoyevning ijodida bunday xol ko‘p uchraydi. Ulardan biri “Bir ishva bilan”asari bo‘lsa ikkinchisi “Bizni tashlab” musiqiy namunasidir.Farg‘ona bulbuli nomiga musharaf bolgan xonanda, taniqli san’atkorTavakkal Qodirov xikoya qiladi: “Biz xali yosh edik.Kunlarni birida Ustoz Muxtojan aka bilan choyxonada uchrashib qoldik. Do‘stin Jalolxon Oxunov bilan birga ustozni duoasini oldik. Shunda, Muxtorjon aka menga qarab «Sizni ijroingiz menga ma’qul» dedilar. So‘ngra, to biz qozon boshida u- bu ishlar bilan band bo‘lib, oshni pishirib tayyorlaguncha, bir narsani qog‘ozga qoralabdilar. Mani chaqirib- “mana shuasarni sizga yozdim. Yaxshilab o‘rganib ayting” dedilar. Qarasam “Bizni tashlab” ashulasi. Ustozni aytganini qilib, sozga solib yaxshilab o‘rgandim. Shundan so‘ng konsert chiqishlarimning biida ijro etdim.Bu ashulla menga baxt keltirdi. Sababi shu damlarda ko‘pchilik oilalarning farzandlari, otalari urushga ketib qaytmaganlari ko‘p edi. Shu bois bo‘lsa kerak xalqimizga shu paytda juda keraklidek, bir katta xayajon bilan kutib olishgan edi. Xar bir konsertlarda 2-3 marotaba takrorlashga to‘g‘ri keladi”4. Bastakorning yaratgan asarlari zamon zayli bilan “Paxta tering oralab”, “Staxanovchilar” singari bir qator qo‘shiq va laparlar o‘sha vaqtlardayoq kishilar qalbiga yo‘l topdi.
Bastakor 1936-yilda X.X.Niyoziy nomidagi Qo‘qon teatriga o‘z faoiyatini davom ettiradi. Uning ijodi yanada kengayadi va teatr xonandalariuchun mos asarlar yaratadi. Xonanda xofizlardan: M.Axmedov, V.Xamroyev, S.Karimovalar ustoz bastalagn qo‘shiqlarni me’yoriga yetkazib ijro etishadi. “Jon jo‘rajonim”, “Yigit qo‘shig‘i”,“Xur diyor”, “Umring ziyoda bo‘lsin” kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari Muxtorjon Murtazoyev shoir Charxiy domla bilan ko‘p yillik ijodiy xamkorlik qilganlar. Shu davrda bastakor ko‘proq mumtoz shoirlar ijodiga murojaat etib, “Barnolig‘ingizdan”, “Vafodorlar”, “Maloxat”, “Sunbullaringdan”, “O‘rgilay” Navoiy g‘azaliga muxammas “O‘n sakkiz yoshingdadur”, Muqumiy g‘azaliga muxammas “Yor bo‘lsin”, “Shaxlolaringmu” kabi bir qato aslasarlar yaratadi. O‘zbekiston xalq artisti Fazliddin Shamsuddinov va urush yillarida evakuvatsiya tufayli O‘zbekistonda kelib qolgan mashxur rus kompozitozlari: N.Mironov, Shtumberg, B.A.Arabov, M.F.Gnesinlar bilan bo‘lgan ijodiy xamdo‘stlik unga jahon musiqasining eng yaxshi durdonalari bilan tanishishga sabab bo‘ldi. 1957-yillarning oxiriga kelib, Muxtorjon Murtazoyev Gorkiy nomli Farg‘ona musiqali drama va komediya teatrida kontsertmeyster lavozimida ishlay boshlaydi. Bu jamoada mashxur atoqli qo‘shiqchilar Sattor Yarashev, Farog‘at Yarashova, Mahmudjon G‘ofurov, Abdullajon Oxunov, Xafiza Ibroximova, Xursanoy Qozoqovalar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatadi.Shu bilab birga vazifasidan kelib chiqib u ustozlik qilar, yoshlarga sozanda-xonandalik sirlarini o‘rgtar edi. Shu zaylda “Farxod va Shirin”, “Toxir va Zuxra”, “Qo‘chqor Turdiyev”, “Muqanna”, “Aziz va Sanam”, “Farg‘ona xikoyasi”, “Alpomish”, “Gul va Navro‘z”, “Vatan ishqi”,xamda “Ishq obod” nomli musiqali drama5 singari bir talay spektakllardagi qo‘shiqlarni o‘zlashtirishda, yangi xalq qo‘shiqlarini tayyorlashda bosh-qosh bo‘lib, ustozlik qiladi.
Shu yillarga kelib, to‘plagan bilim va tajribalariga tayanib, dramaturg Jalol Mashrabiyning “Qumrining murodi” musiqali dramasini yaratadi.Bastakor 1958-yildan 1968-yilgacha yana o‘zining qadrdon jamoasi bilan birga ishlashga muvaffaq bo‘ladi, ya’ni u Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida faoliyat olib boradi.
1962-yil Moskva shaxrida o‘tkazilgan “Xalq teatrlari festivali”da qatnashgan marg‘ilon xalq artistlari va san’at namoyondalari. Muxtorjon Murtazoyev ikkinchi qatorda chapdan oltinchi.
Aynan bu davrlarda quyidagi shogirdlardan: O‘zbekiston artistlaridan: Yaxyoxon Mamatxonov, M.Qosimov, S.Axmedov, xamda I,Xo‘jayev, T.Xafizova, T.Xatamov, M.Aliyev, Y.Oripov, T.Nabiyevbastakor bilan ijodiy xamkorlikda bo‘lganlar.
1972-yil bastakorning tug‘ilb o‘sgan Nursux qi’shog‘I madaniy muxitida o‘ziga xos o‘zgarish yuz berdi. Qishloqning ko‘zga ko‘ringan, moxir sozanda ,xonandalari jamlanib ijodiy jamoa tuzishga bel bog‘lashdi. San’atkorlar guruhi tashkil etilib unga “Oq oltin” nomidagi ansambli deb nom berildi. Ansambl xalq og‘zaki yo‘llaridagi qo‘shiq, lapar va ashulalar bilan birga, asosiy vazifa sifatida maqom yo‘llaridagi asarlar ijrochiligi va targ‘ibotiga katta axamiyat qaratadi. Ular o‘z imkoniyatlari doirasida faoliyat ko‘rsatadilar. Lekin, ansamblning doimo bilimdon ustoz ko‘magiga muxtojligi faoliyat davomida sezilib turar edi. Shu bois, jamoa bilan kelishgan xolda bamaslaxat 1975-yilda shu ansamblga Muxtorjon Murtazoyevni raxbarlik qilishni so‘rashadi.
Xaziyniy so‘ziga yozgan “Farg‘ona tong otguncha”, Kamtar so‘zi bilan“Tamanno”, Miskin so‘ziga yozgan “Bizni yashlab”, xamza so‘ziga “Bir ishva bilan” kabi ashulalarda yaqqol ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |