Akademik ijrochilik



Download 322,25 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi322,25 Kb.
#238736
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Toshboyev Sunnat

2. Asosiy qism

2.1. Muxtorjon Murtazoyev xayot yo‘llari.

Muxtorjon Murtazoyev Farg‘ona vodiysining musiqa san’ati an’analarida o‘z ijodi bilan tanilgan, o‘zbek mumtoz musiqa ijrochiligi rivojiga samarali xissa qo‘shgan sozanda yosh avlodni tarbiyasida munosib xizmatalari singan qadrli ustoz va xassos bastakordir. Muxtorjon Murtazoyev 1909-yil 5-mayda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shaxrida yaqin bo‘lgan Nursux qishlog‘ida, ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Kattaxo‘jayev Murtazo o‘z davrining bilim maskani bo‘lmish madrasada o‘qituvchilik qilgan. Bo‘lajak bastakorning otasi yetti yoshda 1916-yilda vafot etdi. Onasi Kattaxo‘jayeva Tojixon qo‘lida, Muxtorjon va singillari Mo‘tabar, Saboxonlar yetim qoldilar. Yosh Muxtorjon oilasini saqlab qolish maqsadida xamda ukalarini moddiy tomonlama qo‘llab-quvatlash uchun o‘zi tug‘ulib o‘sgan Nursux qishlog‘ida (xozirgi O‘zbekiston tumani)da ishlaydi.Undan tog‘asi Matmusa aka o‘z yordamini ayamadi. Tog‘asi Nurxusning mashxur ashullachilaridan biri bo‘lib, o‘z jiyani Muxtorjonga xalq yo‘llariga mansub bo‘lgan qo‘shiq va ashullalar o‘rgatadi. Zukku Muxtojon mavridi kelganda ularga qo‘shilib katta ashullalar aytishni xam sekin –asta o‘zlashtirib boradi. Bora-bora uning ovozi xalq sayillarida, to‘y xashamlarida yangray boshlaydi.

Bu ovoz ko‘plab qatori o‘sha davrning mashxur va taniqli ashullachilaridan biri Maxram Shodiyev nazariga tushadi. So‘ngra, ustoz iqtidorli yosh Muxtorjonni o‘z ta’limiga olib, 1924-yili Yaypan qishlog‘idagi bolalar internetiga o‘qishga joylaydi. U yerda turli musiqa janrlari, ommalashgan yalla va patnisaki ashullalarini o‘rganadi.

Yoshlik chog‘laridan musiqaga mexr qo‘ygan Muxtorjon Murtazoyev zamonasining ko‘zga ko‘ringan tanbur va dutor sozlarining moxir sozandachilik san’atini o‘rgandi. Keyinchalik o‘z zamonasining nazariga tushgan sunray qo‘shnay ijrochilik maktabini yaratilishiga katta xissa qo‘shgan usta Axmadjon Umrzoqov, g‘ijjakchi Qodirjon Xamdamov va boshqa ustoz san’atkorlardan mumtoz musiqa sirlarini, g‘ijjakda ansambl bilan kuy chalishni, ashulalarga jo‘r bo‘lishni o‘rganadi.

Musiqada ijod qilish bir qatorda Muxtorjon Murtazoyev 1928-1930-yillarda Nursux qishloq kengashidakotib lavozimida ishlaydi.Uning initilishlari, ustozlarining amaliy ishlariga, mashg‘ulotlariga ergashishi, keksa san’atkorlarning mexrini qozonishga sabab bo‘ladi. Ustozlarinning takliflari bilan 1930-yildan boshlab, viloyat temiryo‘lchilar klubida tashkil etilgan san’atkorlar guruhiga, musiqa raxbari lavozimida ish faoliyatini davom ettiradi. Endi nafaqt o‘zi o‘rganishi, balki unga qarashli bo‘lgan sozandalarga musiqani sof xamda to‘g‘ri chalishni o‘rgatishi xam kerak edi. Ana shunda uni ustozlardan olgan sabog‘i, musiqa merosidan o‘zlashtirgan bilimi yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu davrlarga kelib Muxtorjon Murtazoyev saboq olishni muntazam tarzda davom ettirib,(1936-1942-yillarda) Qo‘qon shaxridagi X.X.Niyoziy nomidagi musiqali drama teatrida jo‘rnavoz (kontsertmeyster) sifatida xam ishlaydi.

Musiqashunos K.Olimboyeva yozadilar: “Ulug‘ xalaq qo‘shiqchilari”, “Log‘an”, “Katta Farg‘ona”, “Shimoliy Farg‘ona”, “Janubiy So‘x”, Kirov nomli kanallarda va “Farxod GES”ida Muxtorjon Murtazoyev o‘zining konsert birgadasi bilan san’atini namoyish qiladi, ularga atab: “Kanalimga eling”, “Kanalim”, “E go‘zal, obod elim”singari qator qo‘shiqlarni xam yaratdi.

1942-yilning 19-aprelida davlat raxbari Usmon Yusupovning shaxsan takli bilan Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan Muqumiy nomidagi Ynagiyo‘l musiqali drama va komediya teatriga kontsermeyster lavozimiga ishga keladi.O‘sha davrda teatr musiqa ansambli raxbari, taniqli arbob va bastakor, san’atkorlarning ustozi To‘xtasun Jalilov edi. Qolaversa, teatr jamosiga zamonaning eng yetuk ustozlarijalb qilingan edi. Ular qatorida Xalq xofizlari Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Saidjon Kalonov, Yunus Rajabiy, G‘anijon Toshmatov, Zokirjon Sultonov, Abdullajon Oxunov, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, Farog‘at Raxmatova, Zaynab Smiyeva, Toshtemir Nazarov, shoirlardan Xabibiy domla, Sobir Abdulla, Chustiy domla, bosh drijyor Fazliddin Shamsiddinov, Yetim Bobojonov va boshqalar boredi. Muxtorjon Murtazoyev ustozlari bilan birga ishlash mobaynida, ulardan o‘zbek musiqasining ulkan merosini, musiqa ilmining bexisob sirlarini o‘rganadi.

O‘zbekiston radiosi raxbarlari tomonidan, Muxtorjon Murtazoyev 1957-1959-yillarda Farg‘onadagi M.Gorkiy nomidagi musiqali drama teatriga musiqa raxbari lavozimiga ishga yuboriladi. 1960-yildan 1965-yillarga qadar Muqumiy nomidagi Qo‘qon pedagogik inustitutida musiqa o‘qituvchisi bo‘lib talabalarga saboq beradi.1972-1974-yillarda Frunze viloyatidagi madaniyat uyida badiiy raxbar sifatida faoliyat yuritadi. U yerda “Oq oltin” maqomchilar ansamblini tashkil qilib, unga raxbarlik qiladi2.

Bastakorning elimizga qilgan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. 1968-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, respublik, viloyat va shahar hokimyatlari faxriy yorliqlari bilan bir necha bor taqdirlangan. Batakor 85 yoshida, 1994-yil 25-martda vafot etadi.

Muxtorjon Murtazoyev shogirdlari davrasida.


Download 322,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish